Buxoro viloyatining Buxoro tumanidagi “Jondor” avtoturargohida avtobus yonib ketgani xabar berilgandi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, yong‘in avtobusning dvigatel qismidagi elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab kelib chiqqan.
Ta’kidlanishicha, bugun, 17-yanvar, yakshanba kuni soat 09:18 da Buxoro tumanidagi “Shergiron” mahallasi hududida joylashgan avtobekatda haydovchi Z.O. boshqaruvidagi Isuzu’da yong‘in chiqqan.
“Amir Trans” MChJga tegishli 2016-yilda ishlab chiqarilgan oq rangli, davlat raqami 80 870 EAA bo‘lgan Isuzu avtobusining motor va salon qismi yonib ketgan.
Yong‘in haqidagi xabar tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limining navbatchilik qismiga soat 09:19 da kelib tushgan bo‘lib, 2 ta yong‘inga qarshi ekipaj olovni 09:33 da o‘chirgan.
Mavzuga doir: Qamchiq dovonida Mercedes yuk mashinasi yonib ketdi
Izoh (0)