• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Koinot

    Deep Impact zondi. Yerliklarning kometaga ilk tashrifi haqida

    Biz 2020-yilning ilmiy yutuqlari haqidagi maqolamizda bu yil naq ikkita zond (Xayabusa-2 va OSIRIS-Rex apparatlari) kometalarga qo‘nishga va uning jinsidan namuna olishga muvaffaq bo‘lgani haqida yozgan edik. 2020-yil uchun bu yutuqlar katta voqea sanaladi. Lekin bunday yirik astronomik ilmiy natijalarga erishish borasida insoniyat tarixida ilk bora kometaga qo‘nishni uddalagan zond – Deep Impact bo‘lganini eslab o‘tmaslik adolatdan bo‘lmaydi. O‘sha zondning uchirilganiga roppa-rosa 16 yil to‘ldi. “Daryo” sana munosabati bilan Deep Impact zondi va uning missiyasi haqida qisqacha ma’lumot beradi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Deep Impact zondi 2005-yilning 12-yanvar sanasida Kanaveral burnidan uchirildi. O‘sha paytda u 650 kg tosh bosgan bo‘lib, nikel-vodorodli akkumulyatordan energiya ta’minoti olish evaziga ishlar edi. Zondni uchirishdan asosiy maqsad Yupiter guruhiga kiruvchi Tempel 1 kometasini yaqindan o‘rganish va imkon qadar uning sathiga misdan yasalgan zondni uloqtirishni amalga oshirish bo‘ldi.

    Konstruksiyaga ko‘ra, apparat ikki modulli qilib loyihalangan va ulardan biri kometaning yaqinidan uchib o‘tib ketishi, uni fazodan turib kuzatishi maqsad qilingan bo‘lsa, ikkinchisi – bevosita zond qismi kometa sathiga kelib tushishi kerak edi. Yadroga tushirilishi maqsad qilingan zond asosan mis moddasidan tashkil topgan modul bo‘lib, u deyarli 100 kg massaga ega sof mis bo‘lagi ko‘rinishida edi.

    Zond deyarli yarim yil muddatda, aniqrog‘i, 2005-yilning iyul oyida ko‘zlangan maqsadga yetib bordi va Tempel 1  kometasini masofadan turib suratga tushirib, Yerga yubordi. Keyin esa o‘sha misdan yasalgan zondni kometa yadrosiga uloqtirdi. Zond soniyasiga 10 metrga yetadigan shiddatli tezlik bilan kometa sirtiga borib urildi. Natijada, hisob-kitoblarga ko‘ra, taxminan besh tonna dinamit portlashiga yaqin ekvivalent bilan zarba kuchi yuzaga keldi.

    Zond borib urilgan joy kometa yadrosida 10 metrga yaqin chuqurlikdagi krater hosil qildi, kraterning diametri 30 metr atrofida edi. Kometa yadrosidan 10 ming tonnaga yaqin gaz-chang moddasi to‘zg‘ib, samoga ko‘tarildi. Ko‘tarilgan (to‘zg‘igan) moddalarning Quyosh nurlaridan akslanishi evaziga Tempel 1 kometasining tungi osmondagi yorqinligi qisqa muddatga juda keskin ortib, olimlarga kometani tashkil qiluvchi moddalarning spektral tahlilini amalga oshirish imkonini hosil qilib berdi. Tahlillar mazkur kometani asosan suv muzi, karbonatlar, aromatik uglevodorodlar hamda sulfidlardan tashkil topganini ko‘rsatdi.

    Zondning kometaga qo‘ngan (aniqrog‘i, urilgan) asosiy qismi borasida maqsadga erishilgach, NASA missiyani imkoni yetganicha yana davom ettirishga qaror qildi va uning nomini EPOXI (Extrasolar Planet Observation and Deep Impact Extended Investigation) tarzida qayta nomlab, navbatdagi manzil – Botin kometasi (85P/Botein) tomon yo‘lladi. Biroq keyingi maslahatlashuvlardan keyin Botin kometasining orbitasi yetarli aniqlikda hisoblanmaganini inobatga olib, olimlar zondni Xartli-2 kometasi (103P/Hartley) tomon yo‘llashga qaror qildi. EPOXI 2010-yilning 4-noyabr kuni Xartli-2 kometasiga ham yetib borib, uning tiniq suratlarini Yerga yubordi.

    Deep Impact va uning keyingi nomi EPOXImissiyalari so‘nggi bor 2013-yilning 8-avgustida Yer bilan aloqada bo‘ldi, shundan so‘ng u bilan boshqa bog‘lanib bo‘lmadi.

    Muzaffar Qosimov tayyorladi.

    13.01.2021, 06:14   Izoh (0)   11604
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Suratkash Oyning “raqsi”ni namoyish etdi (video)

    12.01.2021, 18:46

    Marsning yangi orbital suratlari namoyish etildi

    07.01.2021, 08:44

    NASA Yerning 2020-yildagi eng yaxshi suratlarini e’lon qildi

    06.01.2021, 18:23

    2021-yilda Yer aholisi to‘rtta Quyosh va Oy tutilishiga guvoh bo‘ladi

    30.12.2020, 19:24

    NASA oyoq kiyim qutisidek keladigan planetoxodni sinovdan o‘tkazdi (video)

    30.12.2020, 10:57

    Hubble spiralsimon yorqin galaktikani suratga oldi

    29.12.2020, 19:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.