• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev raisligida Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

    Shavkat Mirziyoyev 12-yanvar kuni O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil topganining 29-yilligi va Vatan himoyachilari kuni arafasida Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlat rahbari o‘quv muassasasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va u yerda yaratilgan ta’lim infratuzilmasi obyektlari, shuningdek, Qurolli Kuchlarning zamonaviy qurol va harbiy texnika namunalari hamda milliy mudofaa sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan tanishdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shundan so‘ng akademiyada O‘zbekiston Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni raisligida Qurolli Kuchlar va harbiy-ma’muriy sektorlar faoliyatining 2020-yil yakunlari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda Xavfsizlik kengashi a’zolari, Qurolli Kuchlarning rahbar va qo‘mondonlik tarkibi, joylardagi davlat hokimiyati organlari rahbarlari hamda jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

    Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mamlakat mudofaa qobiliyatini yanada oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar, Qurolli Kuchlarni rivojlantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlar va ularning natijalari batafsil sarhisob qilindi. Vazirlik va idoralar hamda joylardagi davlat hokimiyati organlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyatiga tanqidiy baho berildi.

    Prezident tomonidan O‘zbekiston Respublikasini 2017–2021-yillarda rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida, mamlakat hayotining boshqa jabhalari bilan bir qatorda, harbiy sohaning eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha zamon talablariga mos qarorlar qabul qilinganligi, amalga oshirilgan tizimli va strategik kompleks chora-tadbirlar natijasida qisqa davr ichida milliy armiyaning jangovar shayligi va umuman mamlakatning mudofaa qobiliyati sezilarli darajada oshgani ta’kidlab o‘tildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yig‘ilishda davlat rahbari Qurolli Kuchlarni rivojlantirish va mamlakat mudofaa qobiliyatini yana-da mustahkamlash hamda bu borada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilg‘or innovatsiyalarni keng tatbiq etish bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar berdi.

    Jumladan, barcha darajadagi qo‘mondonlik va boshqaruv organlari faoliyatini takomillashtirish, qo‘shinlarda avtomatlashtirilgan boshqaruv vositalari va komplekslarni joriy qilish orqali ularning hamkorlikdagi operativ va jangovar tayyorgarlik darajasini oshirish, axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash istiqboldagi dolzarb vazifalardan bo‘lib qoladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Harbiy kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda harbiy ilmni rivojlantirish borasida Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni tomonidan harbiy mojarolar va zamonaviy jang amaliyotlarini hamda milliy harbiy san’at tarixini chuqur o‘rganib, qo‘shinlarning tayyorgarlik usul va uslublarini yana-da takomillashtirish vazifasi qo‘yildi.

    Bunda harbiy ta’lim tizimida boshlangan islohotlarni uzviy davom ettirish, oliy harbiy bilim yurtlari, litsey va kollejlar, jumladan, “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseylari faoliyatini takomillashtirish, ularda ta’lim olayotgan o‘quvchilar qalbida milliy ruh, ona vatanga mehr va sadoqat, adolat tuyg‘usini har tomonlama kuchaytirish, buyuk ajdodlar, jumladan, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Shohruh Mirzo, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi sarkardalarning boy jang san’atidan keng foydalanish muhimligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

    Shuningdek, Toshkent shahrida barpo etilgan “G‘alaba bog‘i” va “Shon-sharaf” muzeyi majmuasini harbiy xizmatchilar, yurt aholisi, ayniqsa, yoshlar uchun harbiy tarixni va buyuk ajdodlar qahramonligini o‘rganish ilmiy markaziga aylantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ta’kidlanishicha, bugungi kunda global axborot makonidagi qarama-qarshilik, inson, ayniqsa yosh avlodning ongi va qalbi uchun kurashning kuchayishi sharoitida harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining roli va ahamiyati ortib bormoqda.

    Shuning uchun davlat rahbari tomonidan aholining va birinchi navbatda yoshlarning harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi tizimini takomillashtirish, ularni mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoniga jalb qilish, intellektual va ijodiy salohiyatni namoyon qilishga sharoit yaratish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

    Mamlakat aholisini va yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish bilan bog‘liq ishlarni “Jasur jangchi – yoshlar uchun namuna” shiori ostida yana-da jadallashtirish, harbiy okruglar qo‘mondonliklariga kamida 10 tadan maktabni otaliqqa olish hamda harbiy qism komandirlari tomonidan ularda vatanparvarlik va harbiy shon-sharaf darslarini yo‘lga qo‘yish vazifasi qo‘yildi.

    Qurolli Kuchlarda yaratilgan zamonaviy infratuzilmadan foydalangan holda uyushmagan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan birga, mehnat bozorida talab qilinadigan kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha ishlarni tashkil etish vazifasi ham qo‘yildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shuningdek, davlat rahbari “o‘z farzandlarida yuksak vatanparvarlik ruhini kamol toptira olmagan davlat, qanday qudratli qurolga ega bo‘lmasin, mudofaa qobiliyatini mustahkamlay olmaydi”, deya ta’kidlab o‘tdi.

    Bundan tashqari, yig‘ilishda mamlakat mudofaa sanoati kompleksini yana-da rivojlantirish, davlat chegaralarini qo‘riqlash tizimini takomillashtirish, favqulodda vaziyatlar prognoz va monitoring qilish hamda avariya va texnogen halokatlarning oldini olish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur topshiriqlar berildi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev harbiy oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash, sog‘lom turmush tarzi va bolalar tarbiyasiga yondashuvlarni namunali darajaga ko‘tarish, harbiylar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va uy-joy bilan ta’minlash ishlari kelgusida ham muhim va ustuvor yo‘nalish sifatida qolishini qayd etdi.

    Tadbir yakunida davlat rahbari Qurolli Kuchlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha olib borayotgan ishlar, birinchi navbatda, xalqning xavfsizligi, tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan yangi O‘zbekistonni barpo etish bosh talab ekanini ta’kidladi.

    Avvalroq Prezident 11-yanvar kuni Jizzaxdagi harbiy qismga tashrif buyurib, “Forish” tog‘ poligonida Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining jangovar tayyorgarligi bilan tanishgandi.

    12.01.2021, 22:11   Izoh (0)   35705
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namangan shahrining sobiq hokimi yangi lavozimga tayinlandi

    12.01.2021, 21:12

    Adashgan Yulduz Usmonova 5 nafar farzandi bilan Suriyadan Sirdaryoga qaytarildi

    12.01.2021, 20:56

    O‘zbekiston Markaziy banki endi xorijiy valyutalar kursini har kuni e’lon qiladi

    12.01.2021, 20:13

    O‘zbekistonda namunadagi 50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotlar va tangalarni almashtirish muddati uzaytirildi

    12.01.2021, 19:36

    Turkiyada hibsga olingan Abdukarim Mirzayev ozodlikka chiqarildi

    12.01.2021, 19:11

    Jizzaxda qulagan bino qo‘y naslchiligi bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaligi tomonidan qurilgani aniqlandi. Uning rahbari qurilishga aloqasi yo‘qligini aytmoqda

    12.01.2021, 18:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Sistit — bu uyat emas!


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda yozning ilk kunida harorat qanday bo‘ladi?

    O‘zbekiston | 31 may, 13:25

    Jeki Chan, Demi Mur va boshqa jahon yulduzlarining asl ismlarini bilasizmi?

    Layfstayl | 31 may, 12:30

    “Xohlaganimni gapiraman” deya ichki ishlar xodimini haqoratlagan ayol uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 11:55

    Yaqinlarining qistovi bilan mashhur rollarga rozi bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    Kino | 31 may, 11:40

    Qizil kitobga kiritilgan 15 ta ilonni O‘zbekistondan olib ketayotgan fuqaro qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 31 may, 11:20

    Tramp Putin va Zelenskiyni juda qaysar deb atadi

    Dunyo | 31 may, 10:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.