SpaceX va Tesla kompaniyalari rahbari Ilon Maskning boyligi 200 milliard dollardan oshdi, deb xabar bermoqda “RBK” Bloomberg Billionaires Index (BBI) reytingi ma’lumotlariga tayanib, unda sayyoraning 500 nafar eng boy odamining daromadlari haqida axborot taqdim etilgan.
Reytingga ko‘ra, amerikalik tadbirkorning boyligi 14,5 milliard dollarga o‘sgan. Reytingning ikkinchi pog‘onasini Amazon.com internet do‘koni asoschisi va rahbari, Blue Origin aerokosmik kompaniyasi asoschisi va egasi, shuningdek, The Washington Post nashriyot uyi xo‘jayini Jeff Bezos egalladi, uning davlati 1,09 milliard dollarga o‘sib, jami 186 milliard dollarga yetgan.
Reytingning uchinchi pog‘onasida Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts joylashdi, uning boyligi 225 million dollarga o‘sib, ayni paytda 134 milliard dollarga baholanmoqda.
To‘rtinchi o‘rinni Louis Vuitton Moёt Hennessy kompaniyalar guruhi prezidenti va CEO Bernar Arno egalladi, uning boyligi 3,03 milliard dollarga oshib, 117 milliard dollarga yetgan.
Reytingning yuqori beshligini 430 million dollar yo‘qotgan Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Sukerberg yakunladi. Endi uning davlati 101 milliard dollarga baholanmoqda.
7-yanvar kuni Tesla aksiyalari savdolar chog‘ida 5,38 foizga — 796,38 dollargacha o‘sdi, natijada Ilon Mask Jeff Bezosdan o‘zib ketib, dunyoning eng boy odamiga aylandi. O‘shanda Ilon Maskning bayligi taxminan 188,5 milliard dollarga baholangan edi.
Avvalroq Ilon Mask Marsda koloniya tashkil qilish yo‘lida o‘zining barcha davlatini sotib yuborishga qaror qilgani xabar berildi. Biznesmenning aytishicha, uning Marsda shahar qurish rejasi ancha katta mablag‘ni talab etadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu uni o‘z boyligi bilan xayrlashishga undovchi sabablardan biridir. Yana bir sabab, dedi Mask, u Marsda koloniya tashkil qilish borasida qanchalik qat’iy qarorga ega ekanligini butun dunyoga namoyish qilish istagidir.
Izoh (0)