Consumer Intelligence Research Partners agentligi mutaxassislari yangi iPhone qurilmalarining AQShdagi savdolari borasida o‘tkazgan tadqiqotlari natijasi bilan bo‘lishdi. Ushbu ma’lumotlar Apple’ning eng talabgir smartfonlari reytingini tuzishga yordam berdi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, eng talabgir model yangi iPhone 12 lineykasidagi smartfonlar bo‘lib chiqdi. E’lon qilingan ma’lumotlarda butun seriya iPhone bozorining 76 foiz ulushini egallashi ma’lum qilingan. Ushbu seriyadagi barcha qurilmalar deyarli bir xil ulushga ega bo‘lganiga qaramay, AQShda asosan iPhone 12 modeli ko‘proq sotilgan (27 foiz).
iPhone 12 mini esa u qadar mashhurlikka erishmagan — sotilgan iPhone’larning 6 foizini tashkil etmoqda. Mutaxassislarning taxminicha, foydalanuvchilar ishlab chiqaruvchining biroz arzon smartfonlari, masalan, iPhone XR, iPhone SE hamda iPhone 11 xarid qilishni ma’qul ko‘rmoqda.
Izoh (0)