Butun Pokiston hududi elektr energiyasidan uzilib qoldi, deb yozadi “RBK”. Bu haqda mahalliy Dawn gazetasi mamlakat energetika vaziri Umar Ayub bayonotiga tayanib xabar bergan.
https://twitter.com/arcturut/status/1347983038769033216
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, uzilish natijasida butun mamlakat hududi bo‘ylab qariyb 200 million kishi elektr tokisiz qolgan. Uzilishlar Pokistonning Karachi, Islomobod, Lahor, Multon, Kasur kabi yirik shaharlarida va boshqa shaharlarda ham kuzatildi.
Pokiston energetika vaziri vaziyatni shaxsan o‘zi nazorat ostiga olganiga ishontirdi. U aholini yuzaga kelgan vaziyatda xotirjamlikni saqlashga chaqirdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Pokiston hukumati energiya uzatilishini Tarbeldagi elektrostansiya orqali qisman qayta tiklashga urinmoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, uzilishga elektr energiyasini taqsimlash tizimidagi texnik nosozlik sabab bo‘lgan.
O‘z navbatida, bosh vazirning maxsus yordamchisi Shahboz Gill ma’lum qilishicha, energetika vaziri va butun idora avariya sabablarini aniqlashi kerak bo‘ladi.
Mavzuga doir:
- Pokiston tibbiy komissiyasi O‘zbekistonning 6 ta tibbiyot OTMlari diplomini tan olmadi. Pokistonlik talabalar bundan norozi
- Pokistonda sud zo‘ravonlikka uchragan ayollar uchun bokiralik tekshiruvini bekor qildi
- Qozog‘iston va Qirg‘iziston elektr uzilishlariga O‘zbekiston elektr tizimidagi muammolarni sabab qilib ko‘rsatdi
Izoh (0)