• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQShda Kapitoliy shturmida qatnashganlar hibsga olindi. Ular orasida QAnon “shomoni” ham bor

    AQShda Vashington shahridagi Kapitoliy binosiga uyushtirilgan bosqinda ishtirok etgan besh kishi hibsga olindi, deya xabar bermoqda The New York Times.

    https://twitter.com/YourAnonCentral/status/1347973618639142913

    Hibsga olinganlar orasida 33 yoshli arizonalik, QAnon konspirologiya harakati a’zosi, Jeyk Anjeli yoki Q Shaman nomi bilan tanilgan Jeykob Entoni Chensli ham bor. U Kapitoliyga ko‘ylakchang holda, shoxi bor mo‘ynali qalpoq kiyib bostirib kirgan edi, uning yuzi Amerika bayrog‘i ranglariga bo‘yalgan, qo‘lida esa AQSh bayrog‘i o‘rnatilgan nayza bor edi. Jeyk Anjeliga bezorilik va davlat muassasasi hududiga zo‘rlik ishlatib kirish moddalari bilan ayblov e’lon qilingan.

    Mavzuga doir: Ijtimoiy tarmoqlarda Kapitoliyga uyushtirilgan hujum memlarga aylanib ketdi. Hazilning bosh qahramoni — viking kostyumidagi yigit

    Shuningdek, floridalik 36 yoshli Adam Jonson ham hibsga olingan. U Kapitoliy shturmi vaqtida AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosiga tegishli kafedra (minbar)ni olib qochayotgani bilan yodda qolgan edi. Jonson dalvat mulkini o‘g‘irlash, binoga zo‘rlik ishlatib kirish va Kapitoliy hududida bezorilik qilishda ayblanmoqda.

    https://twitter.com/shaunking/status/1347918858720600065

    Bundan tashqari, G‘arbiy Virjiniya shtati qonunchilik majlisi vakili, 35 yoshli respublikachi Derrik Evans ham hibsga olingan — u internetda Kapitoliy binosiga shturmning boshqa ishtirokchilari bilan birga kirib borayotgani aks etgan videoni e’lon qilgan edi. Evans davlat muassasasi hududiga zo‘rlik ishlatib kirish va bezorilikda ayblanmoqda. U 9-yanvar kuni egallab turgan lavozimini bo‘shatgan.

    Dug Jensen ham shturm vaqtida videoga tushib qolganlardan biri. U politsiyachilarga xalal berish, shuningdek, Kapitoliy binosida namoyish o‘tkazishda ayblanmoqda. Arkanzaslik 60 yoshli Richard Barnett esa hibsga olinganlarning beshinchisi bo‘lib, u shturm vaqtida Nensi Pelosining xonasida oyog‘ini stolga qo‘yib o‘tirgan.

    https://twitter.com/cnnbrk/status/1347618963488985098

    Kapitoliydagi tartibsizliklardan so‘ng shturmning jami 13 nafar ishtirokchisiga nisbatan ayblov e’lon qilingan. Ular, jumladan, Kapitoliy hududiga zo‘rlik ishlatib kirish va bezorilikda ayblanmoqda. NYT’ning qayd etishicha, hibsga olinganlar soni hali o‘sishi mumkin, chunki tergovchilar shturm ishtirokchilarining shaxsini aniqlash uchun ijtimoiy tarmoqlarni diqqat bilan o‘rganmoqda.

    Politsiya “shturmchi”larning shaxsini aniqlashga yordam berganlarga 1000 dollardan va’da qilmoqda

    Avvalroq Kolumbiya okrugi politsiyasi Kapitoliy shturmida qatnashganlarning suratlarini e’lon qilib, ularning shaxsini aniqlashda jamoatchilikdan yordam so‘ragan edi. Suratda aks etganlarning har biri haqida berilgan axborot uchun 1000 dollar miqdorida mukofot puli ham va’da qilingan. Reuters’ning yozishicha, Federal tergov byurosi (FTB) ham tartibsizliklarda qatnashganlarning shaxsini aniqlashda xuddi shunday yordam so‘rab amerikaliklarga murojaat qilgan.

    Twitter foydalanuvchilari ham Kapitoliy shturmida qatnashganlarning shaxsini aniqlashga faol kirishgan, deb yozadi Meduza. Tartibsizliklarning shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘lingan ayrim ishtirokchilari hatto ishidan ham ayrilib ulgurgan. Masalan, Navistar Direct Marketing kompaniyasining merilendlik xodimlaridan biri Kapitoliyga bostirib kirish jarayonida ishchi beyjini ham yechmay qatnashgan.

    Navistar Direct Marketing kompaniyasi xodimlarning so‘z erkinligiga bo‘lgan huquqini hurmat qilishini, biroq atrofdagilarning hayoti va salomatligiga xavf soladigan xulq-atvor egalari kompaniyada ishlay olmasliklarini ma’lum qilgan. Kompaniya ishdan haydalgan xodimning ismini oshkor etmagan.

    AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp tarafdorlari 6-yanvar kuni Kapitoliyga bostirib kirgan edi — bu vaqtda Kongressning har ikkala palatasi noyabrda o‘tgan prezident saylovi yakunlarini (unda demokrat Jo Bayden g‘alaba qozongan) tasdiqlayotgan edi. Tartibsizliklar davomida besh kishi, jumladan, Kapitoliy politsiyasining bir xodimi halok bo‘lgan. Tramp bu tartibsizliklarni, ular o‘z tarafdorlari tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa-da, qoralab, barcha aybdorlar javobgarlikka tortilishini ta’kidlagan edi.

    Huquq-tartibot organlarining shturm vaqtidagi xatti-harakatlari jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘ldi, xususan, Kongress quyi palatasi spikeri Nensi Pelosi ham ularni ham keskin tanqid qildi. Associated Press ma’lumotlariga ko‘ra, tartibsizliklar yuz berishidan bir necha kun avval Kapitoliy politsiyasiga ko‘mak sifatida Milliy gvardiya jangchilari va FTB agentlarini ajratish taklif qilingan, biroq politsiya bu imkoniyatdan foydalanmagan. Tartibsizliklardan so‘ng, Kapitoliy politsiyasi rahbari iste’fo berdi.

    10.01.2021, 17:40   Izoh (0)   32524
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dunyoning eng boy odami Ilon Mask Marsda shahar qurish uchun barcha mol-mulkini sotishga qaror qildi

    10.01.2021, 17:29

    AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens Baydenning inauguratsiyasida qatnashadi. Tramp esa — yo‘q

    10.01.2021, 16:16

    CNN: Mayk Pens Trampni chetlatish uchun 25-tuzatishni qo‘llashga qaror qildi

    10.01.2021, 15:29

    Indoneziyaning Sriwijaya Air kompaniyasi Boeing 737-500 samolyoti Jakartadan uchib chiqib halokatga uchradi. Asosiy ma’lumotlar

    10.01.2021, 14:27

    Butun Pokiston hududi elektr energiyasidan uzilib qoldi

    10.01.2021, 12:25

    Qirolicha Yelizaveta II va uning eri Filipp koronavirusga qarshi emlandi

    10.01.2021, 10:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring

     

    Tavsiya etamiz

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ishdagi ishq: suratga olish maydonchasida tanishgan Gollivud yulduzlari

    Layfstayl | 19 iyun, 21:40

    “Cho‘l-adirlarni o‘zlashtirishimizga shubha qilganlar shu bog‘ni kelib ko‘rsin” – prezident Shahrisabzdagi agroturizm majmuasini borib ko‘rdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 21:33

    Italiya AQSHga Eronga zarba berish uchun o‘z bazalarini taqdim etishi mumkin — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 21:30

    Kinotavsiya: Zerikarli kechani qiziqarli o‘tkazishga yordam beradigan qisqa turk seriallari

    Madaniyat | 19 iyun, 21:15

    Markaziy bank may oyida 13 ta bankka jarima sanksiyasi qo‘lladi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 21:05

    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing

    Reklama | 19 iyun, 21:00

    Shimoliy Koreya Xitoy tomonga o‘nlab ballistik raketa uchirdi

    Dunyo | 19 iyun, 20:50

    Shavkat Mirziyoyev “Hisorak”da 1,5 mln dollarga qurilgan kichik GESni ko‘zdan kechirdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 20:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.