• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Aktyor va dublyaj rejissori Shomahmud Shorasulov Isroilda oshxonada ishlab, ofitsiantlik qilgani haqida gapirib berdi (video)

    Muxlislar orasida “Sardor” serialidagi roli bilan mashhurlikka erishgan aktyor va dublyaj rejissori Shomahmud Shorasulov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

    Shomahmud Shorasulov suhbat davomida deyarli bir yil Isroil davlatida qahvahonada ofitsiantlik qilgani haqida gapirib berdi.

    Moddiy jihatdan juda ham qiynalib qolgandim deya olmayman, bu ham bir tasodif. To‘g‘ri, hammada ham moddiy talab va ehtiyojlarning chek-chegarasi yo‘q.

    Pulingiz ko‘p bo‘lsa orzu-havasingiz ortib boraveradi: hashamatli uy, qimmatbaho mashina, dang‘illama to‘y.

    Televideniyeda ishlab yurgan vaqtim, ayniqsa endi uylangan paytlarim, bolalarim yosh, maosh kam, zo‘rg‘a yetardi. Yosh oila bo‘lganmiz, moddiy qiyinchiliklar bo‘lgan.

    O‘sha paytda, bu ham Xudoning marhamati, mashhur aktrisa Gulira’no Hakimova Isroil davlatida bo‘lganlar. Biz avvallari televideniyeda jonli efirlarda dublyaj bilan shug‘ullangan vaqtlarimiz Gulira’no opa ham kelib turardilar. O‘shanda tanishganmiz, qadrdon bo‘lganmiz, xabarlashib turardik. Chet elda bo‘lsalar ham qo‘ng‘iroq qilib turardilar.

    Bir kuni qo‘ng‘iroq qilganlarida “Opa, meni ham olib ketsangiz-chi?” dedim, shunchaki. Umuman bu narsa amalga oshishi haqida o‘ylab ko‘rmagandim, gap kelganda aytgandim, xolos.

    “Kelasanmi?” dedilar,  “Boraman” dedim. Keyin yo‘l-yo‘riqlarini tushuntirdilar, xat-hujjatlarini qildik. Bu ham deyarli amalga oshmaydigan ish edi. Chunki Isroil yopiq davlat, bu davlatga viza olish deyarli imkonsiz edi. Lekin televideniyeda birga ishlagan do‘stlarimizning sa’y-harakatlari bilan bu ishlar hammasi o‘xshadi. Alloh rozi bo‘lsin ulardan.

    Bordim, ishladim, 10 oy Isroil davlatida bo‘ldim. 10 oy ichida Toshkentda bitta kvartiraga yetadigan pul ishlaganman. Lekin yanayam boyib ketay demadim. 10 oyda qaytdim. O‘sha uyni oldim, menga boshqa hech narsa kerak emasdi. O‘sha bir ta’mirlanmagan uy  men uchun saroy edi.

    Uyga qaytganimda ammam: “Bitta mashinalik ham bo‘lay, deb niyat qilmagan ekansanda” dedilar. Haqiqatan ham, ketayotganda  “Ey Xudo, menga bir vatan, bir uy ber” deb niyat qilib ketganman.

    Isroilga borganimda Gulira’no opa menga aytganlar: “Endi televideniyeni, rejissorligingni unutasan, bu yerda qora ishchisan”.

    Qahvaxonalarda ishlaganman,  pol, idish-tovoq yuvib, sabzavot archib, 1-2 oycha shunaqa ishlarga yordam berib yurganman. Til o‘rganishga bo‘lgan layoqatim, qiziqishim, oshxona ichida ishlab turib tilni o‘rganganman. Mening omadim kelgani shu bo‘lganki, keladigan odamlarning ko‘pchiligi russiyzabon edi. Ayrimlari mening o‘zbekligimni bilib turib, ivrid tilini bilmasligimni sezib ham ivrid tilida gapirardi.

    Sanoqni, taomnomadagi taomlarni, anjomlarni o‘rganib, ofitsiant bo‘lib ishlay boshladim. Mijozdan bemalol buyurtmani qabul qilib, buyurtmasini olib borib beradigan bo‘ldim. 8 oy ofitsiantlik qilganman.

    Isroil davlatiga 2002-yil yanvar oyining oxiri fevralning boshlarida ketib, dekabrda qaytib kelganman.

    Shomahmud Shorasulov, dublyaj rejissori, aktyor.

    Ma’lumot uchun, Shomahmud Shorasulov “Saroy javohiri”, “Yoz ifori” (Koreya) , “Ikki taqdir” (Hindiston), “Oila rishtalari” (Turkiya) “Telba”, “Jinoyat va jazo”, “O‘smir” (Dostoyevskiy asarlari asosida. Rossiya) “Urush va tinchlik” (BBC) kabi seriallarga, “Vanya tog‘a”, “Jamila” (Rossiya) “Iltijo”, “Tazarru”, “Orzu daraxti” (Gruziya) “Samoviy yog‘du”, “Yomg‘ir”, “Tilla baliqcha”, “Chumchuq qo‘shig‘i” (Eron) “Yovvoyi nok” (Turkiya) “Qo‘rqoq”, “Apu trillogiyasi”, “Qizil qalampir” (Hindiston) “Yo‘l”, “Qizil sahro” (Italiya) “Rasyomon”, “Qumlikdagi ayol” (Yaponiya) kabi badiiy filmlarning ovozlashtirish jarayoniga rejissorlik qilgan.

     

    Mavzuga doir: 

    • “Qachon dadam film suratga olsalar, o‘shanda o‘ynayman”. Aktyor Ulug‘bek Yunusov nima uchun filmlarda suratga tushmayotganini ma’lum qildi (video)
    • “Amerikada yillab quyoshni ko‘rmay ishlardim”. Behzod Muhammadkarimov AQShda mardikorlik qilgan kunlarini esladi (video)
    • “Shaytanat” serialidagi Anvar roli bilan tanilgan aktyor Bahrom Matchonov 17 yildan so‘ng O‘zbekistonga keldi (video)

    08.01.2021, 15:34   Izoh (0)   63863
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xonanda Jasur Umirovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sudga oshirildi. U voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda ayblanmoqda

    05.01.2021, 16:22

    Foto: Turk va yunon madaniyati qorishgan qadimiy qishloq — Sille

    03.01.2021, 11:36

    “Muhtasham yuz yil” serialidagi Sulton Sulaymon qarorgohi, Turkiyadagi eng ommabop ikkinchi muzey To‘pqopi saroyi (foto)

    02.01.2021, 08:33

    2020-yilda vafot etgan madaniyat va san’at sohasi vakillari (foto)

    31.12.2020, 10:54

    Afsuski, keyingi paytlarda ayrim obidalarimizga zarar yetkazish holatlari uchramoqda — Shavkat Mirziyoyev

    29.12.2020, 13:24

    Toshkentda yangi Milliy akademik drama teatri quriladi, Toshkent xalqaro kinofestivali qayta tiklanadi — Shavkat Mirziyoyev

    29.12.2020, 13:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.