SAIC kompaniyasi 5G V2X terminali va 5G aloqa tarmog‘i telekommunikatsiyasi qurilmalariga ega bo‘lgan birinchi “aqlli” elektromobillar brendiga aylandi. Kompaniyaga ikkitalik sertifikat Xitoy Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi tomonidan berilgan, deb yozadi IXBT.
Bunga qadar SAIC vakillari Roewe Marvel R elektroyo‘ltanlamasi 5G telekommunikatsiya terminali qurilmalaridan foydalanish uchun litsenziya olish yo‘lida zaruriy sertifikatlashlardan o‘tayotganini ma’lum qilgandi.
Ayni vaqtda Roewe Marvel R 5G V2X funksiyasini qo‘llab-quvvatlovchi yagona avtomobilga aylangan. Gap avtomobillarda faol xavfsizlikni ta’minlashda foydalaniladigan radiotexnologiyalar haqida ketmoqda. Mashina atrofida internetga ulana oladigan barcha “aqlli” qurilmalar bilan aloqa o‘rnata oladi. Bu kabi texnologiya kelajakda haydovchisiz boshqariladigan transport vositalarida to‘liq foydalanishga o‘tilishi kerak. V2X texnologiyasi yordamida “aqlli” avtomobillar haydovchiga ko‘zi ilg‘amagan joylarda ham sodir bo‘layotgan narsalar haqida ma’lumot beradi. Ushbu texnologiya nafaqat YTHlardan qochishga, balki shahardagi avtomobillar trafigini barqarorlashtirish va yoqilg‘ini tejash uchun turli ma’lumotlarni yuborish hamda olishga xizmat qiladi.
Roewe Marvel R elektroyo‘ltanlamasi asosini bir kristalli Mobileye EyeQ4H tizimi tashkil etadigan Huawei Balong 5000 5G modemi bilan jihozlangan.
Avtomobil 2020-yilda taqdim etilgan bo‘lib, uni 34 ming dollar evaziga oldindan buyurtma qilish mumkin. Mashina uchta elektrodvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, uning yordamida avtomobil soatiga 100 kilometr tezlikka 4,8 soniyada erishadi.
Izoh (0)