Dubayda hordiq chiqarayotgan xonanda Munisa Rizayeva Instagram’dagi jonli efirda muxlislarining qachon turmushga chiqishi haqidagi savollariga javob berdi.
“To‘y boshlavordik, turmushga chiqyapman. Xudo xohlasa, yanvar yoki fevralda to‘yim bo‘ladi. Oshga kelasizlar. Muxlislarim uchun alohida to‘y qilaman”, — deydi xonanda.
Munisa Rizayeva bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘i o‘zidan kichik ekanligini ta’kidladi.
“Oddiy, yaxshi inson. Meni yaxshi ko‘radigan. Mendan kichkinalar. Men uchun hamma narsaga tayyorlar. Eng asosiysi, menga ijod qilishga, qo‘shiq aytishga ruxsat beradilar. Ular san’at sohasidan emas”, — deydi xonanda.
Avvalroq xonanda Dubayda Luis Kasper Dunveber ismli millioner bilan ovqatlangani hamda birga vaqt o‘tkazgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga doir:
- Atirgullardan yasalgan ulkan yurak, sharlar va serenada: Munisa Rizayevaning sirli oshig‘i uni har kuni hayratlantirmoqda (video)
- “Yigitlardan ko‘nglim qolgan”. 34 yoshli xonanda Munisa Rizayeva turmushga chiqishni istamasligini bildirdi (video)
- Foto: O‘zbek shou-biznesi vakillarining avvalgi va hozirgi ko‘rinishi (foto)
Izoh (0)