Oliy Majlis Senatining o‘n birinchi yalpi majlisida Senat raisi Tanzila Norboyeva hokimlar sarflab bo‘lingan budjetni tasdiqqa olib kirayotganini aytib o‘tdi.
Tanzila Norboyevaning ma’lum qilishicha, hokimlarning sarflab bo‘lingan budjetni tasdiqqa olib kirishi noto‘g‘ri. Mahalliy kengashlar bunga yo‘l qo‘yishi kerak emas.
“Umuman olganda, budjetni ijroga yo‘naltirishga ruxsat berish kerak. Nega respublika budjeti bir tiyin mablag‘ini Oliy Majlis quyi palatasi va Senat orqali tasdiqlanib, qonun sifatida Prezident tomonidan imzolanganidan keyin sarflay boshlaydi? Nega respublika darajasida bu tartib-tamoyilga amal qilinadiyu, mahalliy hokimliklar esa bunga amal qilmaydi?”, — dedi Senat raisi.
Mavzuga doir: Tanzila Norboyeva: Senat va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘rtasida hamkorlik kuzatilmadi
Eslatib o‘tamiz, videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tayotgan yalpi majlisda bir qator masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan vazifalar shular jumlasidandir.
Bundan tashqari, “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida”gi, “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari muhokama qilinishi nazarda tutilgan.
Izoh (0)