Samsung 14-yanvar kuni o‘tkaziladigan taqdimotga rasmiy taklifnomalar yo‘llashni boshladi — aynan shu kunda kompaniya o‘zining yangi modelini taqdim etadi, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

2021-yilda Samsung fevral oyidagi an’anaviy taqdimotidan voz kechdi. Bunga joriy yilgi MWC ko‘rgazmasi koronavirus sabab yozga ko‘chirilgani sabab bo‘lgan.

14-yanvar kuni Samsung o‘zining yangi flagmanlari lineykasini namoyish etadi. Xuddi o‘tgan yilgidek bir vaqtning o‘zida uchta model — Galaxy S21, S21+ va S21 Ultra taqdim etiladi. Barcha smartfonlar haqida yetarlicha ma’lumotlar mavjud: texnik tavsifi, narxi va hatto “jonli” suratlari ma’lum.

Mish-mishlarga ko‘ra, Ultra versiya alohida aksessuar sifatida stilusga ega bo‘ladi. Shu orqali kompaniya asosiy o‘ziga xosligi S Pen stilusi bo‘lgan Galaxy Note lineykasidan sekin-asta voz kechishi mumkin.

Muhokamalarga sabab bo‘ladigan yana bir jihati — smartfonlar jamlanmasida naushnik va quvvatlantirgich bo‘lmaydi. Agarda mish-mishlar to‘g‘ri bo‘lsa, Samsung Apple’dan keyin ushbu ishni amalga oshirgan ikkinchi kompaniyaga aylanadi. Birinchisi — Xiaomi. Kuzda ikkala kompaniya ham Apple’ning bu kabi qarori ustidan kulgan edi.

Yangi Galaxy S21 o‘tgan yilgi Galaxy S20’dan 50 dollarga arzon bo‘lishi kutilmoqda.