Tailandda Tem laqabli it donli ekinlar yig‘im-terimiga mo‘ljallangan kombaynni ulkan taroqqa aylantirdi, deb xabar beradi Meduza.
It yelkasi bilan kombaynga ilashib qolgan poxollarga ishqalansa, juda sifatli massaj bo‘lishini tushunib qolgan. Bu kabi holat itga shu qadar yoqqanidan Tem jarayon davomida mamnuniyat bilan boshini qimirlatganini ko‘rish mumkin.
Itning egasini so‘zlariga ko‘ra, Tem soatlab kombayn atrofida aylanishi mumkin, yelkalarni qashish — uning uchun meditatsiyaga aylangan. Shu bilan birga, kombayn “tishlari”da poxol bo‘lmasa, it unga qayrilib ham qaramaydi.
“Bu unga juda katta zavq bag‘ishlaydi. Biz uchun bu qiziq kulgili tuyulgani bilan, itim baxtli”, — deydi Temning xo‘jayini.
Avvalroq Fransiya prezidentining iti boshpanasiz hayvonlarga yordam ko‘rsatishga chaqiruvchi rolikda suratga tushgan edi.
Izoh (0)