Ukrainaning Sarni shahrida nostandart Mercedes-Benz G-Class sotuvga qo‘yildi. Sakkiz g‘ildirakli limuzinga aylantirilgan “Galendvagen” 38 ming dollarga baholanmoqda, deb xabar beradi CARakoom.
Tyuningga uchragan ushbu mashinaning asosini 2000-yilda ishlab chiqarilgan Mercedes-Benz G500 tashkil etadi. Avtomobil ustida ishlar 2018-yilda Dnepropetrovsk viloyatida boshlangan. Ustalar yo‘ltanlamasni hashamatli limuzinga aylantirishga muvaffaq bo‘lgan.
“Gelik”ning o‘ziga xos yana bir jihati — yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan eshigi yuqoriga qarab ochiladi. Sotuvchi e’longa avtomobil salonining suratlarini joylashtirmagan bo‘lsada, uning ichida qulay divan, plazma va mini-bar borligini taxmin qilish mumkin. Chunki ushbu limuzin to‘ylar va boshqa tadbirlar uchun ijarada harakatlangan.
Avvalroq Moskvada olti g‘ildirakli “Gelik” qariyb 1 mln dollar qiymatida sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)