• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “O‘zi chiqargan qaror uchun boshqalarni yomonotliq qilishga haqqi yo‘q”. Shaxmat federatsiyasi Gulruhbegim Tohirjonova atrofidagi xabarlarga munosabat bildirdi

    O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonovaning AQSh shaxmat federatsiyasi a’zosiga aylangani haqidagi xabarlardan keyin e’lon qilingan maqola va munosabatlar bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.

    Gulruhbegim Tohirjonova (chapda) va uning otasi Alisher Mo‘minov

    Gulruhbegim Tohirjonova (chapda) va uning otasi Alisher Mo‘minov
    Foto: FIDE

    Federatsiya ushbu xabarlar fonida OAVda e’lon qilingan maqolalarni bir yoqlama deb baholagan. Shuningdek, terma jamoadan chiqib ketish fikri sportchining o‘ziga tegishli ekani va bunda boshqalarni aybdor qilish mumkin emasligi ta’kidlangan.

    OAV orqali tarqatilayotgan har qanday xabar mantiqan avvalo xolis va barcha tomonlarni eshitish orqali tarqatilishi lozim. Axborotga bir yoqlama baho berish va shu orqali shov-shuvli xabar orqali tinglovchi fikrini shakllantirish, u yoki bu tomon manfaatlariga jiddiy zarar yoki aksincha, jiddiy foyda keltirishi mumkin.

    Olamsport, “Xabar.uz”, “Kun.uz” va “Daryo.uz” tomonidan berilgan maqolalarda na Gulruhbegim va na federatsiya tomoni eshitilgan, uning opasi va otasi tomonidan bildirilgan fikrlar bilan kifoyalanilgan.

    Hulkarning fikrlariga ko‘ra, ular ancha yillardan buyon shaxmat bo‘yicha terma jamoa tarkibida emas, go‘yoki chiqarib yuborilgan. Vaholanki, Gulruhbegim 2019-yilgacha shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida bo‘lgan. Har bir sportchi avvalo o‘z shaxsiy qiziqishi va manfaatlaridan kelib chiqib qaror qabul qiladi hamda o‘zi chiqargan qaror uchun boshqalarni yomonotliq qilishga haqqi yo‘q. Qandaydir ayblovlari bo‘lsa, buni o‘zi hech qanday o‘rtadagi vositachilarsiz, ortiqcha ruhiy-hissiy beqarorlikka berilmasdan ayblanayotgan tomonga o‘zi yoki OAV orqali bildirishi lozim. Aks holda jamoatchilikda ham, har ikkala tomonda ham tushunmovchiliklar yuzaga kelishi tayin.

    “Daryo” bu borada qizlarning otasi Alisher Mo‘minov bilan suhbat qurgan, unda Gulruhbegimning opalari Nafisa va Hulkar terma jamoadan chiqarib yuborilgani haqida aytilgandi. Shuningdek, “Daryo” bu borada federatsiyadan rasmiy munosabat olish uchun tashkilot rasmiy saytida ko‘rsatilgan telefon raqamlariga bir necha bor qo‘ng‘iroq qildi, biroq bog‘lanishning iloji bo‘lmagandi.

    Shaxmat federatsiyasi bloger Aziz Umarova tomonidan bildirilgan fikrlarning har bir bandiga o‘z munosabatini bayon qildi. Tashkilotga ko‘ra, Aziza Umarova ta’kidlagan “federatsiya rahbarining qizi” mavjud emas. Shuningdek, xalqaro shaxmat musobaqalarida qatnashadiganlar ro‘yxati murabbiylarning chuqur tahlili asosida chiqarilgan xulosalardan keyin mas’ul shaxslar tomonidan tanlanadi.

    Mavzuga doir: Aziza Umarova AQShga yo‘l olgan grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova haqida: “Endi unga hech qanday federatsiya to‘sqinlik qilolmaydi”

    O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi har uch shaxmatchi ayollarning natijalari va shaxmatga qo‘shgan hissalarini e’tirof etgan holda shuni ma’lum qilishi mumkinki, Aziza Umarova tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali bildirgan fikrlar asossiz va bir yoqlama yondashuv hisoblanadi.

    Aziza Umarova tomonidan bildirilgan federatsiya rahbarining qizi haqidagi fikr mutlaqo noo‘rin, chunki, ko‘tarilayotgan ziddiyatli masala 2010—2014-yillarga oid va ushbu yillarda shaxmat federatsiyasiga X.Mirzohidov va A.Sultonov rahbarlik qilgan. Rahbarlardan hech birining qizi yoki boshqa yaqin qarindoshlari shaxmat o‘ynamagan (hattoki havaskor sifatida ham), gap shaxmat federatsiyasining amaldagi birinchi vitse-prezidenti (Husan Turdaliyev) haqida bo‘lsa, u 2001—2003-yillarda rahbarlik qilgan va uning qizi 2006-yildan buyon shaxmat bo‘yicha musobaqalarda mutlaqo ishtirok etmaydi.

    Shaxmat bo‘yicha terma jamoa federatsiya Ijroqo‘mining jamoaviy qarori hamda federatsiya qoshidagi murabbiylar kengashining har tomonlama chuqur tahlil qilingan xulosalari asosida shakllantiriladi va bunda har bir shaxmatchining so‘nggi musobaqalarda egallagan o‘rinlari, imkoniyatlari hisobga olinadi. Ushbu jarayonlarga bevosita aloqador mas’ul shaxs sifatida ishonch bilan ta’kidlashim mumkinki, terma jamoa shakllanishida hech qanday korrupsion tizimlar va poraxo‘rlikka yo‘l qo‘yilmaydi. Terma jamoa a’zolaridan qaysidir ma’noda tamagirlik yo‘li bilan moddiy yoki natural tovarlar talab qilinmaydi, buni har bir terma jamoa a’zosi vijdonan tasdiqlashi mumkin, buning uchun javobgarlikni federatsiya o‘z zimmasiga oladi.

    Foto: “Olamsport”
    Federatsiya qizlarning musobaqalardagi ishtirokidagi haqidagi bandga qo‘shimcha sifatida qizlarning kattasi Nafisa Mo‘minovaga yaratib berilgan sharoitlar haqida so‘z yuritdi. Unda xalqaro musobaqani Toshkentda o‘tkazish uchun 300 ming dollar ajratilgani va bu summa Mo‘minova xalqaro unvon normalarini bajarishida yordam berishi hamda mamlakatda ayollar shaxmatini rivojlantirishga hissa qo‘shishi haqida gap borgan. Bu pullar aynan nimalarga va qancha miqdorda ishlatilgani ochiqlanmagan.
    Nafisa Mo‘minova xalqaro unvon norma talablarini bajarishiga har tomonlama ko‘maklashish va ayollar shaxmatini yana-da rivojlantirish uchun umumiy miqdori 300 000 (uch yuz ming) dollar bo‘lgan ayollar o‘rtasida Toshkent shahrida “FIDE Gran-Pri”si tashkil etilgan. Ushbu Gran-Priga mezbonlik qilish imkoniyatlaridan biri shunda ediki, mezbon davlat vakili keyingi to‘rt musobaqada federatsiya nomidan ishtirok etishi va ushbu musobaqalarda faqatgina ishtirok etganligining o‘zi uchun bir necha ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ni qo‘lga kiritishi belgilab qo‘yilgan. Ana shu imkoniyatdan O‘zbekiston vakili sifatida Nafisa Mo‘minova foydalanib, Xanti-Mansisk (Rossiya), Lopota (Gruziya), Sharja (BAA) shaharlarida o‘tkazilgan musobaqalarda federatsiya nomidan ishtirok etgan va bir necha ming AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotiga ega bo‘lgan. Afsuski, ushbu musobaqalarda so‘nggi o‘rinlarni qo‘lga kiritgan va keyinchalik musobaqalarga taklif etilmagan. Shuningdek, ushbu musobaqaga tayyorgarlik doirasida Nafisa Mo‘minova uchun federatsiya tomonidan malakali murabbiylar jalb qilingan holda Vladimir Yegin boshchiligida Toshkent viloyatida joylashgan sanatoriylardan birida o‘quv-yig‘in mashg‘uloti tashkil etilgan. Nafisa Mo‘minova hamda Gulruhbegim Tohirjonova 2016-yil Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo Millatlar Kubogida munosib ishtirok etib, jamoaviy bahslarda terma jamoalar orasida ikkinchi o‘rinni egallab, kumush medallariga sazovor bo‘lgan.

    Foto: Telegram / @Nazlobudnya_AU

    Federatsiya uch opa-singilning Olimpiada bormagani haqidagi bandga ham munosabat bildirgan. Umarova keltirgan maqolada opa-singillar reytingda eng baland o‘rinni egallagan bo‘lsa-da, Olimpiadaga ularning faqat bir nafari yo‘l olishi aytilgani va bu ularda norozilik kayfiyatini uyg‘otganini ta’kidlangan. Federatsiya esa ishtirokchilarni tanlashda reyting natijalariga emas, yuqorida aytilganidek, federatsiyadagi mas’ul shaxslarning qarori rol o‘ynashini keltirgan. Vaholanki, Umarovaning maqolasida opa-singillar sport prinsiplarining buzilganidan norozi bo‘lganini anglash mumkin.

    Shuningdek, federatsiya bu holatda Alisher Mo‘minov o‘z qizlariga bosim o‘tkazgani, Olimpiadadan keyin qizlar tashkilot vakillaridan uzr so‘ragani haqida ma’lum qilgan.

    O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi Ijroqo‘mining 2014-yil 2-iyun kunidagi yig‘ilishida ushbu masala ko‘rib chiqilib, shaxsan shaxmatchilarning otasi Alisher Mo‘minov hamda Nafisa Mo‘minova taklif qilingan va ularning ishtirokida muhokama qilingan. Alisher Mo‘minovning talabi bo‘yicha uning har uch qizi terma jamoa tarkibida Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishi shart, yoki har uch qizi ishtirok etadi, yoki hech biri ishtirok etmaydi. Uning bu talablari ijroqo‘m a’zolari tomonidan rad etildi, chunki bu talab o‘ta shaxsiy bo‘lib, hech bir mantiqqa to‘g‘ri kelmas edi. Agar haqiqatdan ham umum O‘zbekiston va vatan manfaatlari hisobga olinganda murabbiylar kengashining chuqur tahlil va xulosalariga asosan tuzilgan Olimpiada terma jamoasiga nisbatan e’tiroz bo‘lmasdi.

    Alisher Mo‘minovning farzandlariga qilgan noo‘rin bosimi natijasida terma jamoa Olimpiadada ularsiz ishtirok etdi. Ammo Olimpiada o‘yinlaridan terma jamoa a’zolari qaytganidan so‘ng uch opa singil shaxmatchilar federatsiyaga tashrif buyurib, ushbu qilmishlari uchun kechirim so‘rab, kelajakda bunday holatlar takrorlanmasligini bildirdi va kelgusi musobaqalarda ishtirok etishda amaliy yordam so‘ragan. Bu suhbat jarayonida bevosita ishtirok etgan taniqli murabbiy Vladimir Yegin ushbu holatni tasdiqladi.

    Alisher Mo‘minov tomonidan federatsiya faoliyatiga to‘sqinlik qiladigan turli tuhmat va bo‘hton xabarlarni muntazam tarqatishi, jamoatchilikda federatsiya faoliyatiga nisbatan salbiy munosabat shakllantirishga urinishiga qarshi munosabat bildirish nuqtayi nazaridan, federatsiya manfaatlarini himoya qilish maqsadida fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Shayxontohur tumanlararo sudiga 2017-yilda murojaat qilingan. Ko‘rib chiqilgan 1-2532/17-sonli sud ishida Alisher Mo‘minovning harakatlariga huquqiy baho berilib, unga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilangan.

    Foto: FIDE

    Gulruhbegimning Jahon Kubogidagi ishtirokdan keyin Toshkent aeroportida kutib olinmaganiga munosabat bildirilar ekan, bu vaqtda tashkilot vakillari Toshkentda o‘tkaziladigan musobaqaning tashkiliy ishlari bilan band bo‘lgani, shuningdek, Tohirjonovaning qachon yetib kelishi borasida uning oilasidan aniq ma’lumot berilmagani aytilgan.

    Gulruhbegim Tohirjonova keyingi yillarda ham haqiqatdan ko‘plab musobaqalarda ishtirok etdi. Xususan, federatsiya tomonidan 2017-yili yopiq inshootlarda tashkil etilgan Osiyo o‘yinlarida (Turkmaniston), 2017-yilda 20 yoshgacha qizlar o‘rtasida Jahon chempionatida (Italiya), 2018-yili Osiyo Millatlar Kubogida (Eron), 2018-yili Butunjahon shaxmat Olimpiadasida (Gruziya), 2018-yili 20 yoshgacha qizlar o‘rtasida Jahon chempionatida (Turkiya), 2019-yil Gibraltar xalqaro shaxmat musobaqasida (Angliya) ishtirok etdi va bu musobaqalarning barchasi federatsiya ko‘magida to‘liq moliyalashtirilgan. Bundan tashqari so‘nggi yillarda xalqaro maydonda ko‘zga ko‘ringan shaxmat mutaxassislari ishtirokida doimiy o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari tashkil etilib, ushbu mashg‘ulotlarda ham Gulruhbegim Tohirjonovaning faol ishtiroki ta’minlangan.

    Gulruhbegim Tohirjonova ishtirok etgan musobaqa Jahon chempionati emas, balki, Jahon Kubogi va u yarim finalgacha emas chorak finalgacha dona surgan. Uning muvaffaqiyatlarini e’tirof etgan holda, shuni ta’kidlash lozimki, Gulruhbegim Tohirjonovani aeroportda kutib olish masalasi uning qachon va qaysi reys bilan kelishiga ular tomonidan aniqlik kiritilmagan. Federatsiyaning barcha xodimlari ushbu vaqtlarda Toshkentda ilk bor tashkil etilgan nufuzli musobaqa — G‘arbiy Osiyo chempionatining tashkiliy jarayonlariga jalb qilingan. Uning Toshkentga kelgani haqidagi ma’lumot tasdiqlanishi bilan G‘arbiy Osiyo chempionatining ochilish marosimiga Gulruhbegim Tohirjonova taklif qilinib, barcha chet ellik nufuzli mehmonlar ishtirokida tantanali ravishda taqdirlangan va federatsiyaning oltin medali topshirilgan. Gulruhbegim Tohirjonovaga ushbu muvaffaqiyati uchun kvartira kaliti yoki avtomashina sovg‘a qilish federatsiyaning moddiy imkoniyatlari doirasidan tashqarida, chunki federatsiya jamoatchilik tashkiloti va faoliyati homiylik mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Ammo har bir erishilgan natija munosib taqdirlanishi uchun hamkor tashkilotlar oldida federatsiya hamisha shaxmatchilar manfaatini himoya qilib kelgan va bundan keyin ham himoya qilishda davom etadi.

    Gulruhbegim Tohirjonova O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi Ijroqo‘mi qarori asosida 2018-yil yakunlari bo‘yicha “Yilning eng yaxshi yosh shaxmatchisi” hamda 2019-yil yakunlari bo‘yicha “Yilning eng yaxshi ayol shaxmatchisi” nominatsiyalarida g‘olib deb topilgan va moddiy rag‘batlantirilgan.

    Shaxmat federatsiyasi bayonoti

    Munosabat so‘ngida shaxmat federatsiyasi opa-singillarga omad tilab, doimiy qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirgan.

    Avvalroq Gulruhbegim Tohirjonova AQShning Missuri universiteti jamoasida dona surayotgani va endi xalqaro musobaqalarda AQSh nomidan qatnashishi ma’lum bo‘lgandi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    04.01.2021, 16:58   Izoh (0)   47514
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    2020-yilning eng sermahsul futbolchilari. Messi va Saloh kuchli beshlikda ham yo‘q

    04.01.2021, 15:26

    Lionel Messi “Barselona”da Xavining rekordiga yaqinlashib oldi

    04.01.2021, 13:32

    “Milan” klub tarixidagi eng yaxshi mavsum startini qayd etdi

    04.01.2021, 12:00

    Krishtianu Ronaldu rasmiy o‘yinlardagi gollari soni bo‘yicha Peledan o‘zib ketdi

    04.01.2021, 11:00

    WhoScored “Jenoa” — “Latsio” uchrashuvida futbolchilar olgan ballarni e’lon qildi. Eldor Shomurodov eng yaxshilardan biri

    04.01.2021, 10:26

    La Liga. “Barselona” so‘nggi o‘rindagi jamoani bazo‘r mag‘lub etdi

    04.01.2021, 03:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.