• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Koinot

    Marsni tadqiq qilish tarixidagi eng muvaffaqiyatli loyiha. 4-yanvar – “Spirit” marskezari qizil sayyoraga qo‘ngan kun

    Bugunga kelib, Marsni tadqiq qilish borasida NASA barchadan o‘zib ketdi. Qizil sayyora tomon NASA yo‘llagan marskezarlar Yerga qimmatli ma’lumotlarni yuborib kelmoqda va ulardan biri – Curiosity marskezari hozirda ham qo‘shni sayyora sirtini tekshirishda davom etmoqda, hozircha u Marsda yolg‘iz qoldi. Yaqin orada unga yana bir sherik – Perseverance qo‘shiladi. Uni NASA o‘tgan yilning iyul oyida start olgan navbatdagi Mars missiyasi doirasida uchirgan bo‘lib, u ham BAA va Xitoyning ko‘zlagan Mars missiyalari singari qo‘shni sayyoradan hayot alomatlarini izlaydi.

    Perseverance marskezari shu yilning fevral oyida (mo‘ljalga ko‘ra 18-fevralda) Marsga yetib borishi va ohista qo‘nishni amalga oshirishi kutilyapti. Ungacha esa biz yaqin o‘tmishda katta muvaffaqiyat bilan amalga oshirilgan boshqa Mars missiyalaridan biri – Spirit marskezari faoliyati haqida to‘xtalib o‘tamiz. Chunki bugun, 4-yanvar kuni Spiritning Marsga qo‘nganiga naq 17 yil to‘ldi!

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ingliz tilidan xabardor odamlar yaxshi biladiki, “spirit” bu – “ruh” degan ma’noni anglatadi. Bu nomni marskezarga o‘sha paytda 9 yoshda bo‘lgan o‘quvchi qiz taklif qilgan edi. NASA, odatda, shu kabi yirik missiyalarga nom qo‘yish uchun bolalar o‘rtasida tanlov uyushtiradi va bolalar taklif qilgan nomlar ichidan eng maqbuli tanlab olinadi. Aslida esa Spirit marskezarining haqiqiy ilmiy nomi MER-A bo‘lib, u MER-B’ning egizagidir. Ilmiy nomning o‘zi esa “Mars Exploration Rover A” so‘zlarining bosh harflaridan yasalgan (darvoqe, MER-B’ga esa tanlovda bolalardan kelgan Opportunity nomi berilgan edi).

    Spirit 2003-yilning 10-iyun kuni Kanaveral burnidan uchirildi va 185 kg massaga ega edi. Yadroviy yoqilg‘i asosida ishlagan o‘zidan avvalgi marskezarlardan farqli o‘laroq, Spirit quyosh panellaridan olingan elektr energiyasi hisobidan ishlaydi va bir necha xil yuqori aniqlikdagi kameralar (mikrokamera, navigatsiya kamerasi, xavfni sezish kamerasi, panorama kamerasi), spektrometrlar (alfa-zarralar spektrometri, emission spektrometr, gamma spektrometri, infraqizil spektrometr), toshlarni ishqalashga mo‘ljallangan asbob hamda ma’lumotlarni Yerga uzatishga xizmat qiluvchi antenna bilan jihozlandi.

    1990-yillarning eng ilg‘or kompyuter texnologiyalari qo‘llangan ushbu marskezarning axborotni qayta ishlash va uzatish ko‘rsatkichlari hozirgi smartfonlarnikidan ancha past edi. Xususan, u atigi 128 mb operativ xotira va kuniga 25 mb ma’lumot uzatish tezligiga ega bo‘lgan xolos. Lekin bu ko‘rsatkich o‘sha payt uchun haqiqatan ham yuqori darajali sanalar edi.

    Spirit marskezari NASA va umuman Marsni tadqiq qilish tarixidagi eng muvaffaqiyatli loyihalardan biri bo‘lgan deyish mumkin. Uni muhandislar 90 sol (Mars kuni) ishlab berishiga mo‘ljallab loyihaladi va dasturlashdi. U belgilangan hudud – Gusev va Erebus kraterlaridagi tog‘ jinslarini va tuproq tarkibini o‘rganishi, minerallarni tadqiq qilishi, mahalliy geologik relyefning kimyoviy strukturasini tekshirishi hamda sayyora sirtining panorama suratlarini olib Yerga yuborishi rejalashtirilgandi.

    2004-yilning 4-yanvar sanasida Marsga yetib borgan Spirit belgilangan koordinata nuqtasidan biroz og‘ish bilan yengil qo‘nishni amalga oshirdi. U parashyut vositasida tushib kelishdan keyin sayyora sirtiga urilib buzilmasligi uchun himoya yostiqchalari orqali asta-sekinlik bilan to‘xtatib olindi. Himoya yostiqchalari xuddi koptok singari shishirilgani sababli, o‘z ustida turgan marskezar bilan birga naq 28 marta sapchib keyin tinch holatga o‘tdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Spirit belgilangan koordinata nuqtasidan taxminan 13 km nariga borib to‘xtadi va ochildi. Uning ochilgan joyi ham birinchi marta sayyora sirtiga tegingan nuqtasidan 300 metrcha narida edi. U shu kunning o‘zidanoq Yerga Marsning ajoyib va juda tiniq sifatli panorama suratlarini yuborishni boshladi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay, aniqrog‘i, 21-yanvar kuni Spirit to‘satdan aloqaga chiqmay qo‘ygani NASA mutaxassislarini qattiq cho‘chitdi.

    Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida, Spiritdagi nosozlik uning dasturiy ta’minotidagi bag tufayli ekani ma’lum bo‘ldi va dasturchilar bu muammoni bartaraf etib, operativ ravishda maxsus patch bilan dasturni qayta yuklashdi. Natijada, 5-fevral sanasidan boshlab Spirit yana to‘laqonli faoliyat boshladi. Shundan keyin Spirit Mars sirtida deyarli nosozliklarsiz (bitta old g‘ildiragi yaxshi ishlamay qolganini aytmaganda) naq 2 210 Mars kuni mobaynida muhim tadqiqotlar olib bordi. Bizning Yer hisobi bilan olganda esa bu 6 yil, 2 oy va 19 kun degani bo‘ladi. Bu reja qilingan 1,5 oy muddatdan benihoya katta farq bilan olingan yutuqdir.

    Shu davr mobaynida Spirit Mars sirtida 7,7 km masofani bosib o‘tdi. Uning missiyasidagi asosiy natijalarga qisqacha to‘xtaladigan bo‘lsak, u 2004-yilda ilk bora Mars sirtida suv mavjud bo‘lishi ehtimolini payqadi. 2005-yilda esa u Mars gurunti tarkibidan oltingugurt va suv qoldiqlarini aniqladi. Shuningdek, u Marsda qadimda faol bo‘lgan vulqon otilishlarining aniq izlarini hamda meteorit zarbalarining tuproqda qoldirgan belgilarini topdi. Shuningdek, 2007-yilda Spirit Marsda kremniyli tuproq mavjudligini aniqladi. Bu Yer sharoitida ham mavjud bo‘lgan va shisha tayyorlash uchun asosiy xomashyo bo‘lib xizmat qiladigan tuproq turidir.

    Spirit 2009-yilning 1-may sanasida Marsdagi yumshoq tuproqqa botib qoldi va harakatlana olmay, statsionar rejimda ishlashga majbur bo‘ldi. Uni botib qolgan joyidan chiqarishga bo‘lgan barcha urinishlar besamar ketdi. Shu tariqa, 2010-yilning 22-martida oxirgi marta aloqaga chiqqan marskezar, o‘zining missiyasiga yakun yasadi. Mutaxassislar 2011-yilda ham uni qayta jonlantirishga urinib ko‘rdi. Lekin bu safar ham hammasi bekor ketgach, NASA Spirit missiyasining faoliyati uzil-kesil yakunlanganini e’lon qildi.

    Muzaffar Qosimov tayyorladi.

    04.01.2021, 21:50   Izoh (0)   15071
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    2021-yilda Yer aholisi to‘rtta Quyosh va Oy tutilishiga guvoh bo‘ladi

    30.12.2020, 19:24

    NASA oyoq kiyim qutisidek keladigan planetoxodni sinovdan o‘tkazdi (video)

    30.12.2020, 10:57

    Hubble spiralsimon yorqin galaktikani suratga oldi

    29.12.2020, 19:41

    NASA “Perseverans” marsoxodining Marsga qanday qo‘nishi tasvirlangan animatsiya bilan bo‘lishdi. Ikki oydan so‘ng bu amalda sinaladi

    25.12.2020, 19:26

    Video: Xitoyga ulkan meteorit quladi

    25.12.2020, 15:27

    NASA’dan Yangi yil kayfiyati: “Rojdestvo archasi” yulduzlar to‘plami qanday ko‘rinishga ega?

    24.12.2020, 08:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Garri Potter” aktyorlarining taqdiri: Xogvartsdan keyingi hayot qanday kechmoqda?

    Kino | 2 avgust, 12:45

    Senat poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlarni pulli qilishga doir qonunni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 12:25

    Ashraf Hakimi 15 yilga qamalishi mumkin

    Sport | 2 avgust, 12:09

    K-pop yulduzlari va koreys aktyorlarining eng qimmat avtomobillari

    Shou-biznes | 2 avgust, 11:55

    Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 11:49

    AQSH va NATO Ukrainaga qurol yetkazib berishning yangi mexanizmini yaratmoqda

    Dunyo | 2 avgust, 11:35

    “Real” Mbappening o‘rinbosari kim bo‘lishi borasida bir qarorga kelmagan

    Sport | 2 avgust, 11:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.