Xiaomi Xaydyan tumanida (Pekin) joylashgan ilmiy-texnik parkidagi laboratoriyaning ishlash jarayoni tasvirlangan video bilan bo‘lishdi.
Xiaomi Science and Technology Park — kompaniyaning yangi shtab-kvartirasi. U umumiy maydoni 210 ming kvadrat metrga teng 8 ta binodan iborat. Majmuani qurish uchun kompaniya 291 million dollarga yaqin mablag‘ sarflagan.
Majmua ichida Xiaomi Labs laboratoriyasi joylashgan bo‘lib, u yerdagi 123 ta ixtisoslashtirilgan xona smartfonlar sotuvga chiqquniga qadar ularni o‘zgartirish va yaxshilash bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, qurilmalar u yerda turli testlardan o‘tkaziladi. Videoda laboratoriyaning smartfonlar bilan ishlash bosqichlari namoyish etilgan:
Xususan, u yerda qurilma ekranlarining yaratilishi, kameralar sinovi va ish jarayonining boshqa elementlarini kuzatish mumkin.
Barcha sinov bosqichlaridan o‘tgan modellar bozorga chiqadi. Jarayon tez emas va oylab vaqt talab etadi.
Izoh (0)