• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Yangi mavsumdagi yangi nomlar: 2020/21-yilgi mavsumda o‘zini tanitgan futbolchilar haqida

    2020/21-yilgi mavsum uzoq vaqt davomida ko‘pchilikning yodida qolishi aniq. Bunga yetarlicha sabablar bor: birinchidan, mavsum kech va tomoshabinlarsiz boshlandi, ikkinchidan, taqvim juda tig‘iz tuzilgan, o‘yinlar oralig‘idagi muddat juda qisqa. Bunday sharoitda kimdir o‘zini yaxshi tomondan namoyon qilayotgan bo‘lsa, yana kimdir hanuzgacha optimal formasini tiklay olgani yo‘q. “Real”, “Barselona”, “Yuventus” va “Manchester Siti” kabi nomdor jamoalar mavsumni juda sust boshladi. Ko‘plab futbolchilar esa yo koronavirusga chalindi yoki jiddiy jarohatlar oldi.

    Ammo ba’zi o‘yinchilarda yuqoridagilarning ta’siri deyarli sezilmadi va aksincha, ular dastlabki daqiqalardanoq o‘z muxlislarini xursand qilishni boshladi. Bular qatoriga Krishtianu Ronaldu, Zlatan Ibragimovich, Harri Keyn, Robert Levandovski va bir qator yulduzlarni kiritish mumkin. Biroq hozir ular to‘g‘risida emas, balki 2020/21-yilgi mavsumning boshida porlagan yangi nomlar haqida hikoya qilinadi.

    Tayler Adams (“Leypsig”)

    Foto: EPA

    Foto: EPA

    So‘nggi yillarda top-ligalarda amerikalik futbolchilar soni tobora ko‘payib bormoqda. Jumladan, “Nyu-York Red Bullz”ning sobiq vakili Tayler Adams ham Bundesligadagi muvaffaqiyatli legionerlardan biriga aylandi.

    2019-yildan beri jamoada o‘ynayotgan Adamsning dastlabki mavsumda ishlari yurishmagandi, kamiga jarohat olib, yetti oyga safdan ham chiqqandi. Yulian Nagelsmann jamaoga kelganidan so‘ng esa ko‘pchilik amerikalikning klubdan ketishini taxmin qilgandi, ammo buning aksi sodir bo‘ldi: yosh mutaxassis Taylerga ishonch bildirdi, garchi o‘ziga begona bo‘lgan himoya pozitsiyada o‘ynashga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa ham, Adams murabbiyni uyaltirib qo‘ymadi.

    Aynan u Chempionlar Ligasidagi “Atletiko”ga qarshi o‘yinda g‘alaba golini urdi. Tayler maydonda o‘z o‘yinidan zavq olib o‘ynaydi, shu bilan birga u butun jamoaning saviyasini ham ko‘taradi. Ma’lumotlarga ko‘ra Tayler futboldan tashqari ta’lim olishni ham kanda qilmaydi – hozirda u psixologiya bo‘yicha ilmiy ish olib bormoqda.

    “Ba’zan tezkorlik bilan moslasha olish va instinktlarga ishonish eng muhimi bo‘lib qoladi. Murabbiylar bizdan tezda moslashib, turli taktikalarda o‘ynashimizni kutadi. Shuning uchun men himoyada bo‘lsam ham, yarim himoyaga chiqib, raqiblarga bosim o‘tkaza olaman”.

    Alessandro Bastoni (“Inter”)

    Foto: Mediagol

    Foto: Mediagol

    2016/17-yilgi mavsumda “Atalanta”da debyutini o‘tkazgan Alessandro Bastoni tezda Italiyaning eng iqtidorli himoyachilaridan biriga aylandi.

    21 yoshli “Inter” futbolchisi o‘zining to‘g‘ri pozitsiya tanlay olish mahorati, taktik zukkoligi va hujumdagi foydali o‘yinlari bilan ijobiy taassurot qoldirmoqda. 2019/20-yilgi mavsumda u 2 ta gol urib, Italiya terma jamoasida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi.

    Garchi, “Inter” uch himoyachi, Italiya esa to‘rt himoyachi sxemasini afzal ko‘rsa-da, Bastoni har ikkala uslubga osongina moslasha oladi.

    Uzoq vaqtdan beri “Liverpul” qiziqib kelgan futbolchi asta-sekinlik bilan o‘sib bormoqda. Shubhasiz, bunda unga Antonio Konte katta yordam bermoqda.

    “Men uning qo‘l ostida katta o‘sishga erishganimdan mamnunman. Men ham ruhan ham jismonan o‘sishga erishdim. O‘zimga bo‘lgan ishonchim har qachongidan ustun”.

    Pedri

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Pedri so‘nggi yillarda “Barselona” akademiyasida yetishib chiqqan eng yorqin iste’dodlardan biri.

    U endigina 18 yoshga to‘lgan bo‘lishiga qaramay, allaqachon La Liga va Chempionlar Ligasida gol urishga erishdi. Ronald Kuman boshchiligidagi muammoli mavsumning bosimiga qaramay, u (juda) yaxshi harakat qilmoqda. Pedrini hatto Messi bilan ham taqqoslashmoqda! Ajablanarli yeri yo‘q, boisi yigitcha kamdan kam holatlarda tarkibdan tushib qoladi.

    Pedri o‘zining ko‘p qirraliligi va taktik moslashuvchanligi bilan ajralib turadi, shu tufayli Kuman undan har ikkala qanot va yarim himoyada foydalanishi mumkin. Hozirda u jamoadoshlari Serxio Buskets, Miralem Pyanich kabi nomdor futbolchilardan ko‘proq o‘yin o‘tkazishga ulgurdi.

    Ris Jeyms (“Chelsi”)

    Foto: The Sun

    Foto: The Sun

    Ris Jeymsning kutilmaganda “Chelsi”ning asosiy futbolchisiga aylangani ko‘pchilikni hayratga qo‘ymay qolmadi.

    21 yoshli himoyachi allaqachon Angliyaning eng yaxshi o‘ng qanot himoyachilari qatorida tilga olinmoqda. Agar u bundan ham ko‘proq golli uzatmalarni amalga oshiradigan bo‘lsa, hatto Trent Aleksander-Arnold ham xavotirlana boshlashi aniq. Jeymsning eng ustun jihati, bu uning krosslaridir. Shuningdek, u gollar ham urib turadi.

    Shu bilan birga Jeyms yarim himoyada va hattoki hujumda ham yaxshi o‘ynaydi. “Aristokratlar” ustozi Frenk Lempard undan judayam mamnun ekanligini yashirib o‘tirmadi:

    “Uning o‘sish sur’ati hayratlanarli darajada. U “Uigan”da o‘ynaganida, men uni “Derbi”ga jalb qilmoqchi edim, ammo bu amalga oshmay qolgandi. Doimo unga qoyil qolganman. U yanada o‘sishni istaydi, kelajakda bundan-da kuchliroq bo‘ladi deb o‘ylayman”.

    Kyortis Jons (“Liverpul”)

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Jons o‘zining birinchi 2019/20-yilgi mavsumida oltita o‘yinda 1 ta gol urib, jamoasining so‘nggi 30 yillikdagi ilk chempionligini qo‘lga kiritishida yordam bergandi.

    19 yoshli yarim himoyachi 2020/21-yilgi mavsumdan boshlab, tez-tez va yaxshiroq o‘ynay boshladi. Aynan u “Ayaks” darvozasiga g‘alaba to‘pini kiritib, “Liverpul”ni Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga olib chiqdi. Shu bilan birga, u “qizillar” tarixidagi uchinchi eng yosh gol muallifiga aylandi.

    Kyortis, shubhasiz, asosiy jamoaning futbolchisi. Albatta, bu hali nabiralarga aytib berishga arziydigan yutuq emas, ammo uning yoshidagi futbolchi uchun anchagina jiddiy natija hisoblanadi.

    Boshqa maqolalar:

    • Obameyang, Mane va Saloh. Afrikaning ayni damdagi eng yaxshi futbolchilari
    • Alison Bekerdan Neymargacha. Pentakampeonlar yurtining ayni damdagi eng yaxshi futbolchilari
    • Havoga sovurilgan pullar. XXI asrda amalga oshirilgan eng omadsiz va qimmat transferlar
    • Yarim emas, butun jamoa. Dunyoning ayni damdagi eng yaxshi darvozabonlari
    • Sotqinlarmi yoki unutilganlar? Mahalliylashtirilgan yulduz futbolchilar haqida

    29.12.2020, 16:59   Izoh (0)   26023
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bartomeuning yolg‘onlari, Maradonaning o‘limi, klubdan ketmoqchi bo‘lgani va 8:2 haqida. Lionel Messi bilan katta intervyu

    29.12.2020, 15:57

    Rasman: PSJ Tomas Tuxel iste’foga chiqarilganini ma’lum qildi

    29.12.2020, 15:22

    “Everton” “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinning qoldirilishi sabablarini bilmoqchi va bu borada APLga so‘rov yubordi

    29.12.2020, 15:00

    Lionel Messi va Luis Suares yana bir klubda o‘ynashi mumkin

    29.12.2020, 14:00

    “Chelsi” Joze Mourinyo davridan keyingi eng yomon mavsum startini qayd etdi

    29.12.2020, 12:59

    Erling Holand dunyoning eng kuchli himoyachilarini sanab o‘tdi

    29.12.2020, 12:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.