• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Italiyadagi eng kuchli zilzila. Yuz yil oldingi Messina zilzilasi tarixi

    1908-yil 28-dekabrda Italiyaning janubiy qismida joylashgan Sitsiliya va Kalabriyada sodir bo‘lgan Messina zilzilasi shu paytgacha Yevropa tarixida yuz bergan eng kuchli zilzilalardan biri edi. 7,1 balli ushbu zilzila natijasida Messina va Regjio Kalabriya shaharlari deyarli butunlay vayrona holatiga kelib qoldi. “Daryo” 75 mingdan 82 minggacha odamning umriga zomin bo‘lgan ushbu zilzila haqida hikoya qiladi.

    Zilzila qanday sodir bo‘ldi?

    1908-yil 28-dekabr taxminan soat 05:20 da magnituda shkalasi bo‘yicha 7,1 ball bo‘lgan dahshatli zilzila sodir bo‘ldi. Zilzilaning episentri Messina port shahri va Regjio Kalabriyani ajratib turadigan Messina bo‘g‘ozi edi (Geophysical Research Letters Vol. 35, Issue 6, March 2008. “On the cause of the 1908 Messina sunami, southern Italy”).

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Zilzila Messinani deyarli tekislikka aylantirdi. Shahardagi, taxminan, 91 foiz inshoot vayrona holiga kelib qoldi yoki tuzatib bo‘lmaydigan darajada shikastlanishga yuz tutdi. Zilzila ro‘y bergan hudud va unga yondosh shaharlarda 75 mingga yaqin odam halok bo‘ldi. Regjio Kalabriya va Kalabriyaning boshqa hududlari ham katta zarar ko‘rdi, 25 mingga yaqin odam hayotdan ko‘z yumdi. Regjioning uzoq yillik tarixga ega markazi deyarli butunlay yo‘q bo‘lib ketdi.

    Zilzila natijasida yer taxminan 30 soniya davomida to‘xtovsiz silkinib turdi, vayronagarchilik 4 300 kilometr kvadrat maydonni egalladi. Tabiiy ofatdan qutulib qolgan yosh shifokor keyinchalik voqealarni shunday eslaydi: “Chuqur sukunatni minglab bomba portlatilganday g‘ayrioddiy shovqin buzdi, so‘ng shiddatli yomg‘ir yog‘ib yubordi. O‘zining so‘zlariga ko‘ra, keyin u “dahshatli hushtak ovozini” eshitdi va bu tovushni “suvda vishillayotgan minglab qizigan dazmollar” ovoziga o‘xshatdi.

    Boshqa omon qolganlar 30–40 soniya davom etgan hodisa davomida uchta har xil harakatlar sodir bo‘lganini xabar qildi: orqaga va oldinga chayqalish, shiddat bilan yuqoriga silkinish, aylanma harakat bilan qimirlash. Qurbonlar sonining ko‘pligi zilzila sodir bo‘lgan vaqt bilan bog‘liq edi. Bu paytda ko‘pchilik uxlab yotgandi va ular o‘z-o‘zidan vayronalar ostida qolib qurbon bo‘ldi.

    Zilziladan so‘ng

    Tabiiy ofat natijasida shahar aholisi deyarli yarmiga qisqardi. Messina qirg‘oq chizig‘i o‘nglanmas darajada o‘zgardi, chunki uning katta qismi dengizga cho‘kib ketgan edi.

    Uylar, cherkovlar, saroylar va tarixiy yodgorliklar, harbiy kazarmalar, savdo, shahar va jamoat binolari butunlay qulab tushdi yoki jiddiy zarar ko‘rdi. O‘g‘il bolalar maktab-internati qulab tushishi natijasida yuzlab o‘quvchilar qurbon bo‘ldi. Ikkita temiryo‘l stansiyasining qulashi natijasida jami 348 xodim halok bo‘ldi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Amerika elchixonasi vayronalar uyumiga aylandi. Buyuk Britaniya elchixonasining faqat bayroq osilgan tashqi tomonigina omon qoldi – binoning ichki qismi butunlay vayron bo‘ldi. Amerikalik elchi Artur Cheni va uning rafiqasi Lauralar halok bo‘ldi. Fransuz elchisi va uning farzandlari ham fojia qurbonlariga aylandi.

    Britaniyalik vitse-konsulning rafiqasi Etel Ogston turmush o‘rtog‘i ikkalasi qochishga urinayotgan paytda qulab tushayotgan balkon ostida qolib halok bo‘ldi. AQShning sobiq vitse-konsuli va Associated Press agentligining Messinadagi muxbiri Jozef Pirs va uning oilasi zilzila yuzaga keltirgan sunamining qurbonlariga aylandi. Halok bo‘lganlar orasida bir qator taniqli italiyaliklar ham bor edi, ular orasida siyosatchilar, jumladan, Messina bosh prokurori Kressenzo Grill bor edi.

    Omon qolganlar jasadlar va jarohat olgan odamlarning yordam so‘rab qichqirayotganlarini ko‘rganlarini tasvirlab berdi. Ko‘chalarda avliyolarning rasmlarini ko‘tarib yurgan yalang‘och tirik qolganlarning iltijoli yurishlari paydo bo‘ldi. Voqea joyidagi qutqaruvchilar arqonlardan foydalangan holda yuqori qavatlar derazalari va balkonlarga yopishib olib, omon qolgan ba’zi odamlarni qutqarishga muvaffaq bo‘ldi.

    Xuddi shunday halokatli sahnalar Regjio Kalabriyada ham takrorlandi. Uning tarixiy markazi butunlay vayronaga aylandi va 1783-yildagi zilziladan omon qolgan kam sonli binolardan biri bo‘lgan Aragonis qal’asi katta zarar ko‘rdi. Regjioda atigi 50 ga yaqin uy “omon qoldi”.

    Messinadagi fuqarolik kasalxonalari va harbiy kasalxonalar, Regjio Kalabriyadagi barcha fuqarolik shifoxonalari vayronaga aylandi, deyarli barcha shifokorlar va hamshiralar halok bo‘ldi. Tashqi yordam yetib kelgunga va shifoxona chodirlari o‘rnatilgunga qadar ikki shaharda jarohat olganlar uchun tibbiy yordam ham, dori-darmon ham mavjud emas edi. Telegraf liniyalarining uzilishi tashqi dunyo bilan aloqa qilish imkoniyatini kamaytirib yubordi.

    Messinaning ko‘pgina amaldorlari, shuningdek, deyarli barcha harbiy qism va garnizon askarlari o‘z kazarmalarining qulab tushishi natijasida halok bo‘ldi. Qamoqxona qulab tushganda omon qolgan mahbuslar shuningsiz ham katta talafot ko‘rgan aholi mol-mulkini va hattoki jasadlarning zargarlik buyumlarini talon-toroj qila boshladi. Regjioda, taxminan, 1 800 mahkum qamoqxona qulab tushishi natijasida halok bo‘ldi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Qutqaruvchilar bir necha hafta davomida xarobalardan omon qolganlarni qidirib topdi. Shahardagi binolar zilzilaga chidamli qilib qurilmagan, mayda toshlardan barpo qilingan inshootlar yumshoq tuproqli zaif poydevorlarga tiklangandi. Ko‘plab binolar to‘rt yoki besh qavatli edi.

    Zilziladan so‘ng Messina va Kalabriyadagi ko‘plab uysizlar Sitsiliyaning turli qismlariga va Italiyaning materik qismiga ko‘chib ketdi.  Boshqalar, shu qatorda, Messinaning qashshoqlikka uchragan Avinone kvartalida omon qolganlarning aksariyati Amerikaga ko‘chib ketishga majbur bo‘ldi.

    “Xotiralarsiz shahar”

    1908-yildagi halokatli zilzila va 1943-yilgi Ikkinchi jahon urushi paytida ittifoqchilar tomonidan uyushtirilgan bombardimon sabab tarixiy binolarining kamayib ketgani uchun Messina “xotirasiz shahar” degan nom oldi.

    Dilbar Ismatullayeva tayyorladi.

    29.12.2020, 08:26   Izoh (0)   23648
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shvetsiyada pandemiya sabab do‘konlarni turar joyga aylantirish taklif qilindi

    29.12.2020, 08:11

    Shveysariya kurortlarida karantinga olingan 400 nafardan ortiq britaniyalik qochib ketdi

    29.12.2020, 07:24

    JSST koronavirusdan sog‘ayganlarga niqob taqishda davom etishni maslahat berdi

    29.12.2020, 06:54

    Eron Sulaymoniyni o‘ldirishda ishtirok etgan shaxslar ro‘yxatini tuzdi

    29.12.2020, 06:23

    Dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 81 milliondan oshdi

    29.12.2020, 06:07

    Olimlar koronavirusning yangi shtammi bolalarda ko‘proq uchrayotganini ma’lum qildi

    28.12.2020, 23:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Kanada bilan savdo muzokaralari to‘xtatiladi” — Tramp (video)

    Dunyo | 28 iyun, 18:35

    Toshkent–Tel-Aviv–Toshkent yo‘nalishidagi reyslar qachondan tiklanishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 18:15

    Eronda Isroil bilan urushda halok bo‘lgan harbiylarning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi (video)

    Dunyo | 28 iyun, 17:55

    O‘zbekistonda 29-iyun kuni ob-havo qanday bo‘lishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 17:35

    Qozog‘istonda ayol avtobus bekatida farzand ko‘rdi

    Dunyo | 28 iyun, 17:15

    Pokistonda portlash tufayli kamida 16 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 28 iyun, 16:55

    Klopp klublar o‘rtasidagi JCH haqida: “Bu kabi turnirlar futbolchilar salomatligi hisobiga o‘tkazilmasligi kerak”

    Sport | 28 iyun, 16:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.