Xorazm viloyati Urganch shahrining 4 ta chorrahasi qoidabuzarliklarni aniqlovchi videokuzatuv kameralari o‘rnatildi, deya xabar bermoqda YHXBB.
Qayd etilishicha, kameralar:
- Al-Xorazmiy ko‘chasi bilan Xonqa ko‘chasi kesishgan chorrahasiga;
- Sayyod ko‘chasi va Yangi ariq ko‘chasi kesishgan chorrahasiga;
- Sanoatchilar ko‘chasi hamda Yangi ariq ko‘chasi kesishgan chorrahasiga;
- Pahlavon Mahmud va Tinchlik ko‘chasi kesishgan chorrahasiga o‘rnatildi.
Ushbu kuzatuv kameralari haydovchilar tomonidan sodir qilinayotgan qoidabuzarliklar, ya’ni svetoforni taqiqlovchi qizil chirog‘ida harakatlanish, piyodalarga yo‘l bermaslik, qaramay qarshi yo‘nalishga chiqish, uzluksiz 1.1 chizig‘ini bosish va boshqa qoidabuzarliklarni aniqlaydi hamda tegishli qarorlar manzilga jo‘natiladi.
Shu bilan birga, 5.42 yo‘l belgisi svetoforni taqiqlovchi qizil chirog‘ida o‘ngga harakatlanish bundan mustasino.
Ushbu chorrahalarda aniqlangan qoidabuzarliklar avtomatlashtirilgan tartibda markaziy bazaga qayd etiladi va YHXBning mas’ul xodimlari tomonidan qayta ko‘rib chiqilib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 309-moddasi asosida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yo‘l harakati qoidalari buzilganini qayd etilgan hollarda jarima solish to‘g‘risidagi qaror ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning ishtirokisiz chiqariladi.
Avvalroq Toshkent ko‘chalarida paydo bo‘lgan ko‘chma kameralar bo‘yicha izoh berilgani, O‘zbekistonda tadbirkorlarga yo‘llarga kamera va radarlar o‘rnatish huquqi berilishi hamda Farg‘onada yo‘l harakati qoidabuzarliklarini qayd etuvchi kameralar ishga tushgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)