“Manchester Yunayted” Premyer Liga 15-turida 26-dekabr kuni “Lester”ga qarshi bahs olib bordi va 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Uchrashuvda mehmonlar yarim himoyachisi Brunu Fernandesh gol va golli uzatma muallifiga aylandi.
Bu Fernandesh uchun Premyer Liga 2020/21-yilgi mavsumidagi 10-gol bo‘ldi. Brunu “Manchester Yunayted” safida APL mavsumida 10+ gol urgan Krishtianu Ronaldudan keyingi ilk portugaliyalik futbolchiga aylandi. Ronaldu 2008/09-yilgi mavsumda 18 ta gol urgandi.
Frenandesh 2020-yilning yanvarida “qizil iblislar” safiga qo‘shilgandi. Shundan keyin u APLdagi 28 o‘yinda jamoasining 31 ta golida qatnashdi: 18 ta gol va 13 ta golli uzatma.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)