• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Aziza Umarova AQShga yo‘l olgan grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova haqida: “Endi unga hech qanday federatsiya to‘sqinlik qilolmaydi”

    Bloger Aziza Umarova AQSh shaxmat federatsiyasi a’zosiga aylangan Gulruhbegim Tohirjonova borasidagi xabarlar fonida opa-singil grossmeysterlar Nafisa Mo‘minova, Xulkar va Gulruhbegim Tohirjonovalar tarixi haqida fikr yuritdi.

    Foto: Telegram / @Nazlobudnya_AU

    Foto: Telegram / @Nazlobudnya_AU
    Men uch opa-singilni anchadan buyon bilaman va biz o‘rtancha qiz Hulkar Tohirjonova bilan birgalikda O‘zbekiston tarixida birinchi marta shaxmatchi qizlar orasida ochiq chempionat o‘tkazishga ham ulgurganmiz.

    Tasavvur qiling, Qo‘qondagi oddiy oilada uch nafar qiz farzand dunyoga keladi. Uchala qizni ham ajoyib ota shaxmatga o‘rgatadi, keyin to‘garakdagi murabbiylarga olib boradi. Qizlar shaxmatdan tashqari musiqa, ingliz tili bilan shug‘ullanadi. Oilaning kattalari ularni barcha jabhada qo‘llab-quvvatlaydi.

    Qizlarning kattasi — Nafisa xalqaro grossmeyster maqomini olgan ilk o‘zbekistonlik ayolga aylanadi. Mavjud bo‘lgan barcha musobaqalarda g‘alaba qozonadi. O‘z vaqtida Islom Karimov (O‘zbekistonning birinchi Prezidenti — izoh “Daryo”) unga Apple kompyuterini topshirgandi.

    Qizlarning otasi tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi, u qizlarining murabbiylar va xalqaro musobaqalar uchun ketadigan xarajatlarini hamma vaqt qoplagan. Bu uch sportchiga oz bo‘lmagan miqdorda pul sarflagan. Shaxmat federatsiyasi rahbarida ham qiz farzand bor, u ham shaxmat musobaqalarida qatnashadi. Biroq har doim opa-singillarga mag‘lub bo‘ladi. Shundan federatsiya va opa-singillar o‘rtasidagi munosabat u qadar yaxshi emasdi.

    Nafisa 2007-yilda hududiy musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga yo‘llanma oladi. Bu uni 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida 2008-yilgi Osiyo chempionati va 2010-yilgi Osiyo o‘yinlaridagi bronza medallariga yetaklaydi.

    Federatsiya bilan keskin munosabat 2014-yilda — uchala opa-singil (o‘sha vaqtda sport ustasi maqomini olishga ulgurgan Gulruhbegim ham) reyting bo‘yicha Olimpiada terma jamoasi a’zosiga aylanganda o‘zining cho‘qqisiga chiqadi.

    Mamlakatning birinchi raqamli shaxmatchisi nima bo‘lgan taqdirda ham qatnashar edi, biroq qolgan ikki singilga ruxsat berilmadi. Uchala qizdan faqat bir nafari bora olishi aytiladi. Shaxmatchilarning yuqori reytingiga qaramay federatsiya shu qarorni qabul qiladi. Bunaqasi hech qaysi qoidalarda yozilmagan va aniq tushuntirish berilmagan. Opa-singillar bu adolatsiz qarorga qarshi chiqadi va o‘z kuchlarini barchaga ko‘rsatib qo‘yish uchun ochiq ravishda qo‘shimcha o‘yin tashkil qilishni taklif qiladi. Federatsiya rad etadi. Oxir-oqibatda uchala opa-singil ham ishtirok etishdan bosh tortadi. Sababi ular O‘zbekiston terma jamoasida birga dona surishni butun umr orzu qilgandi.

    Qizlar keyingi barcha yillarda turli musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Kenja qiz — Gulruhbegim hatto Jahon chempionati yarim finaliga qadar yetib bordi. O‘zbekiston tarixida ilk bor ayol shaxmatchi bu natijani qayd etdi! Siz uni Toshkentda muxlislar to‘dasi kutib oldi deb o‘ylaysizmi? Uni hech kim kutib olmadi, avtomobil kalitini gapirmay qo‘ya qolay, hatto bir dastda gul ham berilmadi. Uning muvaffaqiyatlari har doim e’tiborsiz qolardi, balki bunga federatsiyaning “sa’y-harakatlari” sabab bo‘lgandir.

    Gulruhbegim AQShda bilim olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. U yerda uning mashg‘ulotlari, klubdagi faoliyati uchun ketgan barcha xarajatlari qoplab berilmoqda. Unga hech qanday federatsiya xalal berolmaydi. Hech qanday qiziqishlar to‘qnashuvi bo‘lmaydi. Unda g‘alabalar sari borish uchun yaxshiroq sharoit bor.

    Bizda bu kabi iqtidorli qizlarni qadrlamasliklaridan afsusdaman. Biroq bu ajoyib shaxmatchilar qachonlardir Qo‘qondagi oddiy o‘zbek oilasida tug‘ilganidan cheksiz faxrdaman. Ular qayerda sovrinli o‘rinlarni egallamasin, o‘zbek bo‘lib qoladi. Qolgani — sport funksionerlarining aybi. Ota esa — tilla odam.

    Biz sizlar bilan faxrlanamiz, qizlar! Siz millatimiz g‘ururisiz.

    Aziza Umarova, bloger

    Avvalroq Gulruhbegim Tohirjonova AQShning Missuri universiteti jamoasida dona surayotgani va endi xalqaro musobaqalarda AQSh nomidan qatnashishi ma’lum bo‘lgandi. Uning otasi Alisher Mo‘minov bu qizining shaxsiy tanlovi ekani haqida aytib o‘tgandi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    27.12.2020, 19:29   Izoh (0)   52716
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Boksda 2020-yilning eng sensatsion jangi aniqlandi

    27.12.2020, 19:25

    Neymar koronavirusning 3-to‘lqini arafasida Braziliyada 500 kishilik bayram tashkil qildi

    27.12.2020, 17:45

    Brunu Fernandesh “Manchester Yunayted”da Krishtianu Ronalduning ko‘rsatkichini takrorladi

    27.12.2020, 12:00

    Yurgen Klopp Muhammad Salohni “Liverpul”dan ketishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan yagona jihatni aytdi

    27.12.2020, 10:53

    Krishtianu Ronaldu ham o‘zbek сhoponini kiydi (foto)

    27.12.2020, 09:45

    APL. “Manchester Siti” o‘z uyida g‘alaba qozondi, “Everton” autsayderni bazo‘r taslim etdi

    27.12.2020, 08:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.