• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    26-dekabr – SSSR qulagan sana. Gigant davlat halokatiga nima sabab bo‘lgan edi?

    Bundan 29 yil avval, 26-dekabr kuni dunyoning eng yirik geografik hududini egallab turgan SSSR davlat sifatida mavjud bo‘lishdan to‘xtadi va uning o‘rniga yangi mustaqil davlatlar vujudga keldi. “Daryo” sana munosabati bilan SSSRning xotimasiga olib kelgan sabablar haqida to‘xtalib o‘tadi.

    SSSRning xotimasi 1980-yillarning o‘rtalaridan boshlandi. Ko‘pchilik tahlilchilar “perestroyka”ning boshlanishini SSSR yakunining boshlanishi sifatida ko‘rdi va SSSRning so‘nggi rahbari Mixail Gorbachyov islohotlarini asosiy faktor sifatida keltirdi. Lekin bu asosiy faktor emas. Sovet Ittifoqining qulashi, yuqorida aytganimizdek, 80-yillar o‘rtalaridan boshlangan bo‘lsa, bu jarayon 1990-yilga kelib tezlashib ketdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Dastlab, Boltiqbo‘yi respublikalari, keyin Markaziy Osiyo respublikalari ajralib chiqdi. 1991-yilning dekabr oyi yakuniy bosqich bo‘ldi. Shu yili 8-dekabrda Belovej shartnomasi, 21-dekabrda Olmaota deklaratsiyasi qabul qilindi. 25-dekabr kuni SSSR prezidenti Mixail Gorbachyov o‘z vakolatlarini tugatganini e’lon qildi va 26-dekabr kuni SSSR Oliy kengashi SSSR davlatining tugatilgani haqidagi deklaratsiyani qabul qilishi bilan bu jarayon nihoyasiga yetdi.

    Endi uning qulashiga olib kelgan faktorlarga diqqat qilaylik. Russia Beyond tahlilchisi Aleksey Timofeychev bu borada uchta yirik faktorni keltirib o‘tdi. Bular neft narxi va iqtisodiy samarasizlik, etnik nizolar va Gorbachyov islohotlari.

    1985-yil 13-sentabr kuni Saudiya Arabistoni neft vaziri Ahmad Yamaniy Saudiya Arabistonining neft ishlab chiqarishni cheklash haqidagi shartnomadan chiqishini va neft qazib olishni ko‘paytirishini e’lon qildi. Shundan keyin mamlakat neft qazib chiqarishni 5,5 baravar ko‘paytirdi. Bu esa neft narxi pasayishiga olib keldi. Neft mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi asosiy davlatlardan biri bo‘lgan SSSR uchun bu kuchli zarba bo‘ldi, deya hisoblaydi ekspert.

    SSSR iqtisodiyotining samarasizligi 80-yillarga kelib o‘zini ko‘rsata boshlagani ham muhim rol o‘ynagan, deb hisoblaydi tahlilchilar. Amerikalik sotsiolog Vladimir Shlapentoxga ko‘ra, oxirgi o‘n yillikda iqtisodiy o‘sish suratlari keskin pasaydi, mahsulotlar sifati yomonlashdi, texnologik jarayonlar sekinlashdi. Shunga qaramay, uning fikricha, bu jarayon tadrijiy xarakterga ega edi va unchalik ham halokatli emas edi. Sababi, xuddi biror kasallik bilan uzoq yashaydigan odamdek, nuqsonlari bor davlat va jamiyat ham uzoq yashashi mumkin. Bunga qo‘shimcha, rasmiy statistik ma’lumotlar YaIMning pasayishini ilk bor 1990-yilda qayd etdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    SSSR va Rossiya bo‘yicha ekspert, belgiyalik jurnalist va essechi Jan Mari Shove SSSR qulashining boshini Gorbachyovdan oldin yoki uning 1988-yilgacha bo‘lgan boshqaruv davri deb emas, balki 1990—1991-yillar deb hisoblaydi. U 1989-yilgacha milliy daromad o‘sib borganini va bu ko‘rsatgich 1988-yilda besh foizga o‘sganini qayd etib o‘tadi. Uning fikricha, aynan 1990—1991-yillarda mamlakat iqtisodiy, demografik va ijtimoiy tanazzulga uchrashni boshladi.

    Gorbachyov islohotlari haqida gap ketganda, ayniqsa, “perestroyka” vaqtlarini ayrimlar Katastroyka deb ham ataydi. Bunga sabab esa fitna nazariyalaridir. Ularga ko‘ra, Gorbachyov ataylab, ya’ni davlatni bo‘lib yuborish va tugatish uchun xorijdan yollangan bir “qo‘g‘irchoq” sifatida keraksiz islohotlarni amalga oshirdi va buning natijasida davlat inqirozga yuz tutdi. KGB rahbarlaridan biri 1991-yilda Gorbachyov va Yakovlevlarni MRB (CIA) tomonidan boshqarilgan mafiyalar deya baholadi. Eduard Limonovning fikricha esa “perestroyka” sovet burjuaziyasining hukumatni qo‘lga olish maqsadida amalga oshirgan ishi.

    Hatto 2016-yili Rossiya kommunistik partiyasining Dumadagi fraksiyasi Gorbachyovni sotqin deya iddao qildi va uni tribunalga chaqirishga da’vat etdi. Bunday konspirologik qarashlar Boris Yelsinga nisbatan ham ilgari surildi. Bunga sabab qilib, AQShning o‘sha paytdagi prezidenti bo‘lgan katta Jorj Bush bilan telefon qo‘ng‘iroqlarini keltirdi.

    SSSRda bo‘lib o‘tgan 1989—1990-yilardagi milliy respublikalardagi xalq noroziliklari, etnik nizolar, mustaqillik chaqiriqlari ham SSSR qulashida katta faktorlardan biri bo‘ldi. Ayniqsa, 1989—1990-yillardagi iqtisodiy cho‘kish yillari yuz bergan xalq noroziliklari fonida ozodlik uchun harakatlar ham jadallashib ketdi. Bu jarayon Boltiqbo‘yi davlatlari va Gruziyada ayniqsa kuchli kechdi. Ana shu davlatlar dastlab mustaqillik e’lon qildi va hududlarning SSSR tomonidan bosib olinishini noqonuniy deb topdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    SSSR qulashini faqatgina bir davlatning qulashi sifatida emas, balki kommunistik blokning qulashi sifatida ham qarash kerak. Chunki Berlin devorining qulashi kommunistik blok uchun katta zarba bo‘ldi va shu davrdan boshlab sharqiy Yevropadagi kommunistik rejimlar qulay boshladi. SSSRning qulashi ham aynan ana shu fonda kechdi. SSSRning parchalanishi 1945-yildan buyon davom etgan bir davrning ham yakuni bo‘ldi. Bu sovuq urush davri edi.

    SSSR parchalanishi oqibatida 15 ta mustaqil respublika vujudga keldi. Mustaqillikning dastlabki yillari bir qator iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy mojarolar ostida o‘tdi. Ko‘pchilikning o‘limiga sabab bo‘lgan etnik mojarolar esa SSSRning yillar davomida yuritgan “bo‘lib tashla, hukmronlik qil” siyosatining natijasi bo‘ldi. Bular haqida esa keyingi maqolalarda so‘z yuritishga harakat qilamiz.

    Jahongir Ostonov tayyorladi.

    27.12.2020, 10:05   Izoh (0)   113577
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Aleksandr Lukashenko Ukraina orqali tonnalab qurol olib o‘tgan terrorchilar qo‘lga olinganini ma’lum qildi

    27.12.2020, 09:00

    Olimlar koronavirusning “britancha” shtammi sabab o‘lim holatlari ortishi mumkinligidan ogohlantirdi

    26.12.2020, 21:00

    Yaponiya mamlakatda koronavirusning yangi turi aniqlangani sababli o‘z chegaralarini yopdi

    26.12.2020, 20:42

    Forbes Rossiyaning 2020-yilda eng ko‘p boylik orttirgan milliarderlarini e’lon qildi. Reytingda Sulaymon Kerimov boshchilik qilmoqda

    26.12.2020, 20:01

    Turkiya hududiga kiruvchilar koronavirusga salbiy test natijasini taqdim etishlari shart etib belgilandi

    26.12.2020, 18:45

    Yozda koronavirusdan tuzalgan Lukashenko emlanmaslikka qaror qildi

    26.12.2020, 17:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    K-pop yulduzlari va koreys aktyorlarining eng qimmat avtomobillari

    Shou-biznes | 2 avgust, 11:55

    Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 11:49

    AQSH va NATO Ukrainaga qurol yetkazib berishning yangi mexanizmini yaratmoqda

    Dunyo | 2 avgust, 11:35

    “Real” Mbappening o‘rinbosari kim bo‘lishi borasida bir qarorga kelmagan

    Sport | 2 avgust, 11:20

    Yaponiyada halok bo‘lgan ayolning jasadi O‘zbekistonga qaytarildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 11:15

    Turk seriallari yulduzlarining rashkchi turmush o‘rtoqlari tufayli yuzaga kelgan mojarolar

    Kino | 2 avgust, 10:50

    Surxondaryoda hujra tashkil qilib, bolalarni qiynoqqa solib kelgan yigit qo‘lga olindi (video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 10:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.