Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat rivojlanishi bo‘yicha prognozlarga ehtiyotkorlik bilan yondashishga harakat qilmoqda, biroq tashkilot dunyo pandemiya yakuniga olib boruvchi yo‘lning o‘rtasida, deb hisoblaydi. Bu haqda JSSTning Yevropa byurosi direktori Hans Klyuge ma’lum qildi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.

Foto: “Korrespondent.net”

Foto: “Korrespondent.net”

“Bunday viruslar, taxminan, ikki yil rivojlanishi haqida umumiy bilim mavjud, shuning uchun biz hozircha faqat yo‘lning o‘rtasidamiz”, — deya tushuntirish bergan byuro direktori.

Klyugening qo‘shimcha qilishicha, JSST koronavirus bilan bog‘liq vaziyat rivojini prognoz qilishi qiyin, chunki vaziyat oldindan aytib bo‘lmaydigan xususiyatga ega.

“Profilaktika tadbirlari, karantin va virus ustidan nazorat bo‘yicha harakatlar faol qo‘llanilishi bilan u pasaya boshlaydi. Biroz bo‘sh kelinsa, biz yana bemorlar sonining tezlik bilan o‘sishiga guvoh bo‘lamiz”, — deya ta’kidlagan JSST vakili.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi