• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    “Koreyada ishlab, kuniga 100-200 dollar topaman deb o‘ylayotganlar adashadi”. Janubiy Koreyada ishlayotgan o‘zbekistonlik muhojir yigit hikoyasi

    “Daryo” “Muhojirlar hayoti” loyihasi doirasida xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklarning hayotini yoritishda davom etadi. Loyihaning bu galgi qahramoni — to‘rt yildan buyon Janubiy Koreyada ishlayotgan yigit.

    Suhbatdoshimizning iltimosiga ko‘ra, uning ism-sharifi hamda shaxsini oshkor etishi mumkin bo‘lgan boshqa ma’lumotlar o‘zgartirildi.

    Ismim Nurilloh, yoshim 28 da. Andijonda tug‘ilib o‘sganman. Sakkiz yildan buyon xorijda ishlayman.

    Foto: “Yandeks”

    Foto: “Yandeks”

    2008-yil maktabni tamomlab, tumandagi kollejning buxgalteriya yo‘nalishiga topshirdim. To‘g‘rirog‘i, maktabdagi o‘qituvchilarning o‘zi hujjatlarimni topshirib qo‘ygan (o‘sha paytlari vaziyat shunaqa edi).

    Orzum organ xodimi bo‘lish edi. Buxgalteriya sohasiga esa umuman qiziqmasdim. O‘qishga oyda bir-ikki marta borib, tog‘am bilan ustachilik qilib yurardim. Xullas, birinchi bosqichni shunday qilib tugatdim.

    Ikkinchi bosqichga o‘tganimda bunaqa yurib hech narsaga erisholmasligimni tushundim va o‘qishimni  Xo‘jalik huquqiy faoliyat yo‘nalishiga o‘zgartirdim. Chunki organ xodimi bo‘lolmagan taqdirimda ham, yurist yordamchisi bo‘lib, xo‘jalik tashkilotlarida ishlashim mumkin edi.

    Afsuski, kollejni bitirib, ota-onamga yuk bo‘lmaslik uchun o‘qishga topshirmadim. Bir muncha vaqt ishlab yurdim.

    O‘sha kunlar hozirgidek esimda. Dadam “avval guvohnoma ol, keyin minasan”, deb mashinasini haydashga ruxsat bermasdi. Har kuni shuning ortidan uyda janjal chiqarardim (endi bilsam, dadam to‘g‘ri qilgan ekan).

    Xullas, o‘qishga kirish, mashina olish va bir qancha orzularimning ro‘yobi uchun xorijga ishga ketishga majbur bo‘ldim. Aniqrog‘i, uydagilarimning o‘zi samolyotga bilet olib, Rossiyaga jo‘natib yubordi.

    Foto: “Yandeks”

    Foto: “Yandeks”

    Rossiyadagi hayot haqida

    2012-yil Moskvaga kelib, santexnik bo‘lib ishlay boshladim. Rus tilini bilmasdim, lekin u yerda qarindoshlar, tanishlar borligigami yoki qurilishdan chiqmay ishlaganimgami, til kerak bo‘lmadi. Rossiyadagi sakkiz oy vaqtim shu tarzda o‘tdi.

    Bir kuni ishxonada xodimlarni qisqartirishlarini eshitib qoldim. Ochig‘i, juda xursand bo‘ldim. Chunki ilk marta borganim uchunmi bilmayman, musofirchilikda juda zerikkandim, uyga ketgim kelardi. Kutganimday “sokrashcheniye”ga tushib, dekabrda O‘zbekistonga qaytdim.

    Otam yuk haydovchisi edi. Kelgan kunim Toshkentga yuk bo‘lib qoldi. Dadam bilan birga chiqib, poytaxtga qarab ketdim.

    Goh otam bilan birga reyslarda yurardim, bo‘sh vaqtim tog‘alarim bilan ustachilik qilardim. Shu tariqa sakkiz oydan ko‘proq O‘zbekistonda yurib, yana Rossiyaga ketdim. Bu safargi niyatim — uyimizning chetiga ikki xonali uy solish va uylanish edi.

    Bu orada ukam IELTS’dan yaxshi natija oldi. Koreyada o‘qimoqchiligini aytib qoldi. Unga agar Koreyaga o‘qishga borsang, puldan yordam beraman deb va’da berdim.

    Moskvada ishlab yurgan paytim ukam Koreyaga ketadigan bo‘lib qoldi. Biroq menda hali yetarli pul yo‘q edi. Tanish-bilishlardan qarz havola qilib, ukamni o‘qishga yubordik. Men ishlab, qarzlarni uzib yurdim.

    Oradan 4-5 oy o‘tganidan keyin Rossiyadan deportatsiya bo‘ldim

    Hamma hujjatlarim joyida edi, faqat men ishlayotgan joy yopiq zona, ishlash uchun shahar milliy xavfsizlik xizmatidan ruxsatnoma kerak edi. Biz hali olmagandik.

    Avval bir-ikki marta politsiyani qo‘liga tushib, pul bilan chiqib ketgandim. Ammo bu safar reydga tushib qoldim. Bir kundayoq sud o‘tkazilib, deportatsiya qilindim.

    Suddan so‘ng politsiya bo‘limiga keldik. O‘sha paytlari qish, havo sovuq edi. Bir kun “koridor”da tunadim. Ertasiga boshqa joyga olib borishdi. U yerda o‘zbeklar ham bor edi.

    O‘sha kecha bir burchakdagi eski divanda uxladim. Ertasiga yana odamlar qo‘shildi. Hatto yotgani joy qolmay, polda kompyuterning eski protsessorlarini qo‘yib, eshikka suyanib uxladim.

    To‘g‘ri, uyga qaytib ketsam bo‘lardi, lekin hali ishlashim, pul topishim kerak edi. Yana sheriklarimning “boshliqlar seni olib qolishga harakat qilyapti, ketishga shoshilmay tur” deganlari uchun hammasiga chidadim. Zonada 11 kun yashadim.

    Baribir O‘zbekistonga qaytdim. Bir yil davomida Andijonda yurdim. Bu orada bir-ikki oy Qozog‘istonga borib ishlab keldim.

    Oxiri Koreyaga ketishga qaror qildim. Til kurslarida o‘qidim.

    Foto: “Yandeks”

    Foto: “Yandeks”

    Orzular mamlakatiga yo‘l

    Shunday qilib, 2016-yil 2-sentabr kuni Koreyaga keldim. Boshida uch oy til kursida o‘qidim. Tanishlar orqali ish topdim. Kunlik yuk tashishga chiqa boshladim. Kuniga 100-110 ming vona (90-100 dollar) berishardi. Kechasi ishlab, kunduzi o‘qirdim. Ikkalasini birday olib borish juda qiyin ekan. Na ishimda, na o‘qishimda unum bo‘lmasdi.

    Musofirchilikdagi qiyinchiliklar, qolaversa ukamga bergan va’dam tufayli o‘qishni tashlab, ishlashga majbur bo‘ldim.

    Biroz vaqt o‘tib, Chinju shahriga keldim. Bu yerda o‘zbeklar ko‘p edi. Bir muddat issiqxona qurilishida ishladim. Besh oy bo‘ldi, hozir Tegu shahri yaqinidaman. Yana bir qurilish tashkilotida faoliyat yurityapman. Kvartira o‘zimning hisobimdan, sharoiti o‘rtacha.

    Ko‘pchilik Janubiy Koreyani orzular mamlakati deydi. Bu yerdagilar kuniga 100, 200, 250 dollarlab topadi deb o‘ylab, kelishni xohlashadi. To‘g‘ri, shunday pul topish mumkin, lekin bu yilda bir-ikki marta bo‘lib qoladigan holat, xolos.

    Kimdir hozir uyiga oyiga 3 ming dollardan jo‘natayotgandir. Biroq tushum har doim shunday bo‘lavermaydi. Yomg‘ir mavsumi, bayram kunlari bor. Pulli ishlar doim bo‘lavermaydi. Yashashning ham o‘ziga yarasha qiyinchiliklari, chiqimlari yetarlicha. Oziq-ovqat, kvartira xarajatlarini ham unutmaslik lozim.

    Foto: “Yandeks”

    Foto: “Yandeks”

    Koreyaga kelmoqchi bo‘lganlarga tavsiyam

    Avvalo, tilni yaxshilab o‘rganish kerak. Qancha ko‘p til bilsa, shunchalik yaxshi pul topish mumkin.

    Yana bir muhim tavsiyam — vizani faqat Koreyaning O‘zbekistondagi elchisi beradi. Viza olib beraman degan har xil odamlarga ishonmaslik kerak.

    Odam qiynalib topgan pulini hoy-u havasga sarflamasligi kerak

    Ayrim sabablarga ko‘ra, organ xodimi bo‘lishdan voz kechdim. Avval Koreyaga kelishdan maqsadim ko‘p pul topib, mashina olish edi. Endigi rejam O‘zbekistonga qaytib, o‘z biznesimni yo‘lga qo‘yish.

    Aksariyat chetdagi yurtdoshlarimiz katta to‘y qilish, uy-joy qurish, mashina olish uchun xorijda ishlaydi. Ba’zan o‘ylab qolaman. Nega shuncha qiynalib topgan pulni shunchaki hoy-u havaslarga sarflash kerak? Undan ko‘ra biznes qilish yoki pul keladigan yo‘llarga kiritish afzal emasmi?

    Baxtli yashayotganlarni ko‘rib havasim keladi

    Ba’zan o‘zimga nega o‘qishga topshirmay, musofirlik yo‘lini tanladim? Nega qat’iyatli bo‘lmadim. Shuncha qiyinchilik kerakmidi menga, deb savollar beraman.

    Xudo xohlasa, O‘zbekistonga qaytsam, avvalo uylanaman. Keyin o‘qishga topshiraman, biznesimni boshlayman. Hozir shuning uchun tinmay harakat qilib, pul to‘playapman.

    Foto: “Yandeks”

    Foto: “Yandeks”

    Yaxshi yashashning yagona yo‘li o‘qishdir

    Barcha ukalarimga, yoshlarga o‘yin kulgiga berilmay, qattiq o‘qishini, faqat diplom olish uchun emas, o‘zlari, kelajaklari uchun bilim olishlarini maslahat beraman. Ertaga bizga o‘xshab, musofirchilikda qiynalmaslikni xohlasangiz, faqat va faqat ta’lim oling. Yaxshi yashashning yagona yo‘li o‘qishdir. Undan boshqa chora yo‘q.

    Xonzodabegim A’zamova suhbatlashdi.

    25.12.2020, 18:22   Izoh (0)   117835
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Javobidan hayratda qolasiz: “Senimi, shoshmay tur” multfilmida odamlar qayerga g‘oyib bo‘lgan?

    Kino | 17 avgust, 09:30

    O‘zbekistonda bojxona organlari tomonidan ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar ro‘yxati tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 09:03

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.