• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Amerika oqlar uchun yaratilgan”. Ku-Kluks-Klan terrorchi tashkilotining qonli tarixi

    Bir zamonlar AQShda Ku-Kluks-Klan nomi juda ko‘p yuraklarga qo‘rquv olib kelgan edi. Ushbu sirli tashkilot 1865-yil 24-dekabr kuni tashkil topgan bo‘lib, o‘z faoliyati davomida juda ko‘p dahshatli ishlarga qo‘l urdi. “Daryo” sana munosabati bilan tashkilotning tarixdagi faoliyati va buguni haqida hikoya qiladi.

    “Oltin doira ritsarlari”

    Hali Ku-Kluks-Klan paydo bo‘lmasidan avval XIX asrning 40-yillarida ham Amerika Qo‘shma Shtatlarining janubida ko‘plab maxfiy tashkilotlar mavjud edi. Ular ofitserlarga, federal qo‘shinlarning askarlariga va qora tanli aholi huquqlari uchun kurashgan shaxslarga qarshi terroristik harakatlarni amalga oshirish bilan shug‘ullanardi. 1861–1865-yillardagi fuqarolar urushi davrida ham shimolliklarga qarshi “Moviy qo‘ndoqlar”, “Janub o‘g‘illari”, “Ijtimoiy ittifoq” kabi yashirin tashkilotlar kurashdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Bularning ichida “Oltin doira ritsarlari” deb nomlangan maxfiy tashkilot eng katta shon-sharafga ega bo‘ldi. 1860-yil noyabr oyi holati bo‘yicha bu tashkilot 115 ming kishidan iborat edi. Urushdan keyin esa ushbu yuqorida sanab o‘tilgan maxfiy tashkilotlarning deyarli barchasi u yoki bu sabablarga ko‘ra yo‘qolib ketdi.

    Nomi o‘lim bilan sinonimga aylangan tashkilot

    Fuqarolik urushida janub mag‘lub bo‘lganidan so‘ng AQSh tarixida yangi davr – janubni qayta qurish davri (1865–1877) boshlandi. Qora tanlilarning, ya’ni kechagi qullarning ozod qilinishidan norozi bo‘lgan ko‘plab odamlar baribir janubda qoldi. Shu sababli qora tanlilarga qarshi yangi tashkilotning paydo bo‘lishi tabiiy edi.

    1865-yil 24-dekabrda Tennesi shtatidagi Pulaski shahrida sudya Tomas L. Jons va konfederatsiya armiyasining sobiq olti zobiti tomonidan Ku-Kluks-Klan tashkil etildi, buni mahalliy sud binosi devoridagi plakat ham tasdiqlaydi. Shunday qilib, ko‘p yillar davomida Amerikaning qora tanli aholisi uchun nomi o‘lim bilan sinonimga aylangan tashkilot paydo bo‘ldi.

    Ku-Kluks-Klanga a’zo bo‘lganlar o‘zlari uchun maxsus kiyim bosh o‘ylab topdi, ular ko‘zlari va burunlari uchun teshiklar ochilgan oq niqob va odamning bo‘yini baland qilib ko‘rsatuvchi uzun oq qalpoq kiya boshladi.

    Klan a’zolarining ilk qo‘rqitish harakatlaridan biri ancha “beozor” edi. Ular oq tanli maktab o‘qituvchisini sevib yurgan qora tanli kishini shahardan tashqariga olib chiqib, oq tanli ayollar bilan uchrashishni to‘xtatishga chaqirgan va uni daryoga tashlab yuborgan edi.

    Klanning ijtimoiy tarkibi

    Ku-Kluks-Klan konfederatsiya armiyasining sobiq ofitserlari, askarlari, umuman irqchilar va “Oltin doira ritsarlari” kabi maxfiy tashkilotlarning sobiq a’zolari orasida juda tez mashhurlikka erishdi. 1865–1867-yillarda, ya’ni o‘zining deyarli ikki yillik faoliyati davomida klan a’zolari soni tobora o‘sib bordi. 1868-yilga kelib barcha janubiy terroristik tashkilotlar Ku-Kluks-Klan atrofida birlashdi. Klanning ijtimoiy tarkibi juda keng edi – eng qashshoq dehqonlardan tortib (ozod bo‘lgan qora tanlilar kabi arzon ishchi kuchining paydo bo‘lishi tufayli ularning ish haqi keskin tushib ketgan) to boylargacha.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Amerika oqlar tomonidan oqlar uchun yaratilgan

    1867-yil aprel oyida Ku-Kluks-Klan tarixida yana bir muhim voqea sodir bo‘ldi – Neshvill shahrida tashkilotning birinchi noqonuniy “kongressi” bo‘lib o‘tdi. Konferensiya natijasida Ku-Kluks-Klanning “nizomi” va “konstitutsiyasi” qabul qilindi.

    Hujjatda shunday so‘zlar bor edi: “Ushbu klan baxtsiz mamlakatimiz o‘limini to‘xtatish va oq tanlilarni yaqinda qo‘yilgan chidab bo‘lmas sharoitlardan xalos qilish uchun paydo bo‘ldi. Bizning asosiy vazifamiz oq irqning ustunligini qo‘llab-quvvatlashdir... Amerika oqlar tomonidan oqlar uchun yaratildi va hokimiyatni qora irqning qo‘liga o‘tkazishga qilingan har qanday urinish ham konstitutsiyani, ham Xudoning irodasini buzishdir... Qora tanlilarning huquqlari tan olinishi va himoyalanishi kerak, ammo oq tanlilar ushbu siyosiy huquqlar doirasini aniqlash imtiyozini o‘zlarida saqlab qolishlari lozim. Qora tanlilar o‘zlarining siyosiy huquqlarini tushunishlariga qadar Klan qora tanlilarning siyosiy tengliklariga yo‘l qo‘ymaslikka va’da beradi”.

    Ushbu “Ko‘rinmas imperiya” qanday moliyalashtirilgani hozirgacha noma’lum bo‘lib qolmoqda. Klan faoliyatini yuritish uchun kerak bo‘ladigan pullarning bir qismini kontrabanda yo‘li bilan topdi, talonchilikdan ham hazar qilishmadi. Qanday bo‘lmasin, klan hech qachon pulga alohida ehtiyoj sezmadi.

    Asoschi otalar

    Ku-Kluks-Klanning asoschilari uning birinchi yetakchisi qilib konfederatsiya qo‘shinining taniqli va iste’dodli bosh qo‘mondoni, Gettisburg jangida mag‘lubiyatga uchragan Robert Lini saylashni maqsad qildi. Biroq general “ko‘rinmas imperiya”ning ko‘rinmas boshlig‘i bo‘lib qolaman”, degan jumboqli ibora bilan cheklanib, yangi terroristik tashkilotning faoliyatiga aralashmaslikni tanladi.

    Shuning uchun birinchi yetakchi lavozimiga konfederatsiyaning sobiq generali, fuqarolar urushi paytida qo‘lga olingan qora tanlilarga nisbatan shafqatsizligi bilan mashhur bo‘lgan Nataniyel Forrest tayinlandi.

    Sirlilik va maxfiylik

    Klanning eng xarakterli xususiyatlari sirlilik va maxfiylik edi. Bu qora tanlilar va ularning “sheriklari” uchun o‘ziga xos qo‘shimcha qo‘rquv sifatida zarur edi. Ko‘p hollarda klanga yoqmayotgan odamga uning bu yerlarda yashashi nomaqbul ekani haqida shama qilish kifoya edi, o‘sha odam darhol boshqa joyga ko‘chib ketardi. Klan a’zolari har doim va hamma joyda tashkilotning sirliligini, uning g‘ayritabiiy kuchlar bilan bog‘liqligini ta’kidlashga harakat qilardi. Klan a’zolari, ayniqsa, to‘liq sukunatga cho‘mgan tunda oq xalat va niqoblar kiyib, qo‘llarida mash’alalar bilan ot minib o‘tardi. Ta’kidlash joizki, ushbu tomosha ma’lum bir dahshatli taassurot qoldirardi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ku-Kluks-Klan vahshiyliklari

    Ku-Kluks-Klan tezda ommalashib ketdi va 1868-yilda o‘z nizomini qayta ko‘rib chiqdi. Endi konfederatsiyaning 11 shtatidan tashqari, klanning faoliyat yo‘nalishlari Merilend, Massachusets, Kentukki, Tennesi, Alabama, Shimoliy Karolina va Luiziana kabi shtatlarini ham o‘z ichiga oldi. Forrestning ma’lumotlariga ko‘ra, klan 550 mingdan ortiq odamni birlashtirdi, boshqa manbalarga ko‘ra esa ikki million nafar a’zosi bor edi.

    Ku-Kluks-Klanning asosiy “ishi” terroristik harakatlar edi. Tashkilotning favqulodda yoyilishi tufayli a’zolar keng qamrovli ma’lumotlarga ega bo‘ldi, shu asosda ular qotillik, o‘t qo‘yish va kaltaklash kabi jinoyatlarni oson amalga oshirdi.

    Kongress komissiyasining rasmiy faktlariga ko‘ra, 1865-yildan 1870-yilgacha bo‘lgan davrda Ku-Kluks-Klan a’zolarining 15 mingdan ortiq qotillik sodir etgani aniqlandi. 1880-yilda Vakillar palatasi a’zosi G. Uilson birgina janubiy shtatlarning o‘zida siyosiy faoliyati uchun klan tomonidan 130 ming kishi o‘ldirilganini ta’kidladi.

    Yuqori darajali qurbonlar

    Klan qo‘li bilan o‘lim topish nafaqat oddiy fuqarolarni, balki siyosatchilarni ham kutib turardi. 1868-yilda Jorjiyada shtat gubernatorligiga respublikachi nomzod o‘ldirildi. Xuddi shu yili Alabamada Qonunchilik korpusining ikki a’zosiga hujum qilindi. Birini otib o‘ldirishdi, ikkinchisi omon qoldi va siyosiy faoliyatini to‘xtatdi. 1869-yilda klan a’zolari bitta senator va Qonunchilik korpusi a’zosini o‘ldirdi. Suiqasddan qo‘rqqan floridalik siyosatchi Gibbs o‘z uyida haqiqiy qurol ombori tashkil etdi va o‘zini qo‘riqchilar bilan o‘rab yurdi. Ammo bu ham yordam bermadi – Gibbsni zaharlashdi.

    Natijada, XIX asr 70-yillarining o‘rtalariga kelib total terror oqibatida janubning deyarli barcha shtatlarida “Ko‘rinmas imperiya”ning misli ko‘rilmagan kuchga ega ekani aniq bo‘lib qoldi. Shu sababli, federal hukumat Ku-Kluks-Klan faoliyatiga faol aralashishga majbur bo‘ldi va bu sohada katta yutuqlarga erishdi.

    XX asr

    XX asrga kelib klan davlat aralashuvi natijasida o‘z kuchini yo‘qota boshladi. Janubiy shtatlarda alohida, mustaqil klan tashkilotlari tuzildi. Ularning eng taniqlisi 1949-yilda Alabamada tashkil qilingan “Ku-Kluks-Klan ritsarlari” edi. Ammo bo‘linishlar ushbu kichik tashkilotlarning ichida ham sodir bo‘ldi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    1954-yilda maktablardagi irqiy segregatsiya bekor qilinishi, ya’ni oq va qora tanli bolalar birga o‘qishi mumkinligi haqidagi qaror barcha klanchilarning katta noroziligiga sabab bo‘ldi. 1957-yil yanvar oyida klanchilar tomonidan Alabama shtatining Mobil shahrida uchta uy portlatib yuborildi, qora tanlilarning uylariga qurolli reydlar o‘tkazildi va maktab binosi ham yoqib yuborildi. 1955-yildan 1965-yilgacha irqchilar 85 kishini o‘ldirdi, ulardan 69 nafari qora tanli bo‘lsa, sakkiz nafari AQShning “rangli aholisi” huquqlari uchun kurashgan oq tanlilar edi.

    XX asr 80-yillarining boshlarida Ku-Kluks-Klan parchalangan holda bo‘lsa-da, o‘z mavjudligini davom ettirdi. Uning negizida 16 ta rasmiy mustaqil tashkilot tuzildi. Eng yiriklari – Taskalusa shahridagi “Amerikaning Birlashgan Klanlari” va Luizianadagi “Ku-Kluks-Klan ritsarlar milliy federatsiyasi” edi.

    Bugun

    Hozirgi vaqtda ham Ku-Kluks-Klan mavjud, ammo o‘tmishdagi kabi miqyosda emas. Ularning faoliyati deyarli noma’lum. Bu “ko‘rinmas imperiya”ning asosiy qoidasi maxfiylikka asoslangan bo‘lib, a’zolarning qasamyodlaridan biri quyidagi ibora ekani bejiz emas: “Men klan sirlariga xiyonat qilishdan ko‘ra o‘lishni afzal ko‘raman”.

    Nurbek Alimov tayyorladi. 

    24.12.2020, 20:11   Izoh (0)   70354
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyada bir sutkada rekord darajada — 29 935 ta COVID-19 holati aniqlandi. Moskvada 8203 kishi kasallandi, bu ham rekord ko‘rsatkich

    24.12.2020, 19:55

    OAV: AQShda Pfizer vaksinasi bilan emlangan tibbiyot xodimida allergik reaksiya kuzatildi

    24.12.2020, 18:39

    AQSh Rossiyani Navalniyning zaharlanishi borasida fitna nazariyalarini yaratishda aybladi. AQSh yangi sanksiyalarni tayyorlayotgani xabar berildi

    24.12.2020, 17:53

    Ukraina va Peruda koronavirusga chalinganlar soni 1 milliondan oshdi

    24.12.2020, 17:07

    Janubiy Koreyada koronavirusning uchinchi to‘lqini kuzatilmoqda, yangi cheklovlar joriy qilindi

    24.12.2020, 15:35

    AQSh Belarus hukumatiga qarshi sanksiya ro‘yxatini kengaytirdi

    24.12.2020, 14:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.