So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12195.1
    • RUB 126.67
    • EUR 12921.93
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Toshkentda Taxtapul mavzesidagi “tankodrom” ko‘prikning to‘xtab qolgan ta’miri bir oyga qolmay yakunlandi

    23.12.2020, 12:11 12928

    Toshkent shahrining Ahmad Donish ko‘chasidan kichik halqa avtomobil yo‘li, Miskin va Usta Shirin ko‘chalari kesishmasidagi avtomobillar uchun mo‘ljallangan yo‘l o‘tkazgichda kapital ta’mirlash ishlari yakunlanib to‘liq harakat yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ xabar berdi.

    Foto: “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ

    Foto: “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ

    “Ushbu yo‘l o‘tkazgich 2000-yilda qurilgan. Umumiy uzunligi 912 metr, eni esa 29 metr, konstruksiya qismi 660 metr, yondashish yo‘llarining uzunligi 252 metr bo‘lgan ko‘prik ishga tushirilgandan buyon ta’mirlash ishlari amalga oshirilmagan. Shu sababli yo‘l o‘tkazgichning qatnov qismidagi temir-beton konstruksiyalar, g‘ildirak qaytargichlar, bezak plitalari, metall to‘siq panjaralari, asfalt-beton qoplamalari hamda taroqsimon ko‘rinishidagi deformatsion choklari yaroqsiz holga kelib qolgandi”, — deyiladi xabarda.

    Foto: “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ

    Foto: “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ

    Yo‘l o‘tkazgichni mukammal ta’mirlash ishlarini olib borishda, asosan, qatnov qismidagi temir-beton konstruksiyalar almashtirilgan va ostki fazosidagi konstruksiya qismlari balkalar, rigellar hamda tayanch ustunlari, temir-beton qoplamalarining buzilgan joylari qayta tiklangan. Yo‘l o‘tkazgichning qatnov qismidagi yo‘lni ajratib turuvchi quyma betonbloklar o‘rnatilib, asfalt-beton qoplamasi yotqizilgan.

    Mazkur yo‘l o‘tkazgichni ta’mirlash ishlari 2019-yil kuz oylarida boshlangan va unga 21 milliard so‘m mahalliy budjet hisobidan ajratish belgilangan edi. 2019—2020-yillardagi qish mavsumida ta’mir ishlari to‘xtatilgandi. Ta’mirlash ishlari to‘xtatilishi sabab haydovchilarga noqulaylik tug‘ilishi oqibatida keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lgan.

    Poytaxt hokimligi 30-noyabrda yo‘l ta’mirlash ishlarini tezlashtirish maqsadida ushbu yo‘l o‘tkazgichda avtomobillar qatnovini cheklagan edi. Xabarda avtomobillarning yo‘l o‘tkazgich bo‘ylab bir tomonlama harakati 6-dekabrga qadar davom etishi ta’kidlangan edi.

    Mavzuga doir: Toshkentning Ahmad Donish ko‘chasidagi “tankodrom”: Bir yil ichida nima o‘zgardi?

    Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Toshkent metrosining “Yunusobod” yo‘lidagi 2 ta yangi bekat qurib bitkazilgan edi. Metroning yangi yo‘nalishlari Ahmad Donish ko‘chasidan o‘tgan. Ko‘chani ta’mirlash ishlari metro yo‘nalishlari yakunlanganidan so‘ng boshlangan. Ahmad Donish ko‘chasining Amir Temur ko‘chasidan Toshkent halqa avtomobil yo‘ligacha bo‘lgan 2,2 kilometr qismi 6 qatorli qilib qayta qurilgan.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda yangi yuk tashuvchi transportlar utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi

    Bugun, 09:54

    O‘qish, ish va dam olish uchun Epson proyektorlari

    Bugun, 09:00
    Reklama

    Buxoroda pul evaziga “prava” olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

    Bugun, 09:48

    Roli uchun tashqi ko‘rinishini butunlay o‘zgartirishdan qo‘rqmagan aktyor va aktrisalar (foto)

    Bugun, 09:40

    Burkina-Fasoda yana davlat to‘ntarishiga urinish yuz berdi

    Bugun, 09:23

    “Portlashda jabrlangan uy egalariga yetkazilgan zarar qoplanadi” — Shavkat Umurzoqov

    Bugun, 09:14

    “Vaziyat to‘liq nazoratga olingan” — Toshkent hokimligi Sergelidagi portlash haqida

    Bugun, 09:02

    Laziz Qudratov OIIB boshqaruv kengashi raisi etib saylandi

    Bugun, 08:46

    O‘zbekiston General Electric kompaniyasi bilan 60 mln dollarlik shartnoma imzoladi

    Bugun, 08:28

    Sergelidagi omborxonada kuchli portlash ro‘y berdi: jarohatlanganlar bor (video)

    Bugun, 06:41

    Angliya Liga Kubogi. “Nyukasl” “Manchester Siti”ni musobaqadan chiqarib yubordi, “Liverpul”da ishonchli, “Arsenal” va “Chelsi”da minimal g‘alabalar

    Bugun, 01:59

    Tavsiya etamiz

    Pedagogika kollejining 9 yil avval yo‘qolgan talabalari, to‘ydagi yong‘inda halok bo‘lganlar, daryo qirg‘og‘iga kelib qolgan sport binosi — 27-sentabr suratlari

    23:00 / 27.09.2023

    “Dok-1 Maks” ishi: sudlanuvchi suddagi ko‘rsatmasini 65 nafar bolaning yaqinlariga ta’ziya izhor etish bilan boshladi. Bu holat sudda ilgari kuzatilmagandi

    15:00 / 27.09.2023

    “Faqat bitta taklif tushgan” — mas’ullar “Antistrumin” dori vositasi xaridi bo‘yicha izoh berdi

    14:00 / 27.09.2023

    “Baqqol qizining buyuk merosi”. Britaniya tarixidagi ilk ayol bosh vazir va mamlakatni iqtisodiy tanglikdan olib chiqqan Margaret Tetcher hayoti

    14:00 / 27.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistonda oktyabr oyida qanday ob-havo kutilmoqda?

    14:00 / 27.09.2023

    Shimoliy Koreyaga qochib ketgan amerikalik harbiy taqdiri ma’lum qilindi 

    20:00 / 27.09.2023

    Farhod Mannopov vafoti yuzasidan ikki kishiga ayb e’lon qilindi

    17:00 / 27.09.2023

    Instagram: O‘g‘lini uylantirgan Ulug‘bek Otajonov, Sherali Jo‘rayev haqqiga duo qilgan Botir Qodirov, turkiyalik oshpazga Mercedes sovg‘a qilgan o‘zbekistonlik

    22:00 / 27.09.2023

    “Ular qirg‘iz va o‘zbeklar o‘rtasida nifoq solishni ko‘zlagan” — Sadir Japarov

    18:00 / 27.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.