Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Tolyattidagi skverga “AvtoVAZ”ning 50 yilligi munosabati bilan “Kopeyka” modeliga yodgorlik o‘rnatildi. Birinchi “VAZ-2101”ning nusxasini Lada History klubining ishqibozlari vandallardan himoyalash maqsadida shaffof kub ichiga joylashtirgan, deb xabar beradi Motor.

Foto: “VKontakte” / Lada History

Foto: “VKontakte” / Lada History

Yodgorlik uchun ilk “Kopeyka”ning aniq nusxasi tayyorlanib “dengiz to‘lqini” rangiga bo‘yalgan. Installyatsiya mualliflari “VAZ-2101”ning 1970-yil 19-aprelda konveyrdan chiqayotgan vaqtini tasvirlashga uringan: uning ustiga mashinani liniya bo‘ylab harakatlanishini ta’minlovchi “krab” o‘rnatilgan. Avtomobilning o‘zi 50 yil oldin zavodda foydalanilgan Sobiq Ittifoq davriga va Italiya avtomobilsozlik kompaniyasiga tegishli original ehtiyot qismlardan foydalanilgan.

Foto: “VKontakte” / Lada History

Foto: “VKontakte” / Lada History

Yodgorlikning ochilishiga bag‘ishlangan marosimda Tolyatti shahri meri Sergey Antashyev ham ishtirok etgan. U yaqin orada yodgorlikka birinchi “Kopeyka”ni yig‘ishda ishtirok etgan zavod ishchilarining ismi yozilgan peshlavha ham ilinishiga va’da bergan. “AvtoVAZ”ning 50 yilligiga bag‘ishlangan skver 2020-yilda qurib bitkazilgan va o‘tgan yozda foydalanishga topshirilgan.

Foto: “VKontakte” / Lada History

Foto: “VKontakte” / Lada History

Foto: “VKontakte” / Lada History

Foto: “VKontakte” / Lada History

Foto: “VKontakte” / Lada History

Foto: “VKontakte” / Lada History

Foto: “VKontakte” / Lada History

Foto: “VKontakte” / Lada History

Foto: “VKontakte” / Lada History

Foto: “VKontakte” / Lada History

Foto: “VKontakte” / Lada History

Foto: “VKontakte” / Lada History

Ma’lumot uchun, Rossiyada “VAZ-2101” modellarini ishlab chiqarish 1970-yilda boshlangan va 1988-yilga qadar davom etgan. 18 yil davomida Tolyattidagi zavod 4,85 million nusxa “Jiguli” ishlab chiqarishga muvaffaq bo‘lgan. “Kopeyka” nomini esa avtomobil 1990-yillar oxirida, model nomerining oxiridagi bir raqami sabab olgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi