• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Vaksinatsiya yangiliklari, Yangi yil oldi cheklovlar va davom etayotgan Navalniy ishi. Jahon hafta ichida

    Vaksinatsiya xabarlari, yangi turdagi virus shtami kabi xabarlar ostida o‘tgan hafta ham yakuniga yetdi. Odatga ko‘ra, hafta yakunlarini e’tiboringizga havola etamiz.

    Vaksinatsiya boshlandi

    O‘tgan haftada dunyoning bir qator mamlakatlarida koronavirusga qarshi emlash boshlab yuborildi. Ma’lum qilinishicha, 1,1 milliondan ortiq odam koronavirusga qarshi vaksina bilan emlandi — bular Buyuk Britaniya, AQSh, Xitoy va Rossiya aholisi. Eng ko‘p odam Xitoyda emlangan — 28-noyabr holatiga ko‘ra, 650 ming kishi emlash oldi. Buyuk Britaniyada 15-dekabr holatiga ko‘ra, koronavirusga qarshi 137,8 ming kishi vaksinatsiya qilindi, Rossiyada esa emlanganlar soni 320 ming kishini tashkil etdi. Emlash 14-dekabrda boshlangan AQShda 17-dekabr holatiga ko‘ra, qariyb 50 ming kishi vaksinaning birinchi dozasini qabul qildi.

    Foto: EPA

    Foto: EPA

    AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp, Braziliya prezidenti Jair Bolsonarolar emlanishdan bosh tortgan bo‘lsa, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bu ishni to‘g‘ridan to‘g‘ri efir paytida amalga oshirdi. Shuningdek, AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens ham omma oldida koronavirusga qarshi emlandi.

    Rossiya prezidenti esa nega hamon vaksina qabul qilmaganiga izoh berdi. “Hozircha ushbu vaksinani, mutaxassislar aytganidek, olmadim. Ammo imkoni paydo bo‘lishi bilan qildiraman”, dedi Putin 17-dekabr kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida. Prezident rossiyaliklarga qilish boshlangan vaksina hozircha hamma yoshdagilar uchun mo‘ljallanmaganini eslatib o‘tdi.

    Davlat rahbarlari vaksina olishni boshlab yuborgan bir paytda, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron koronavirus yuqtirib oldi. Yelisey saroyi xabarida aytilishicha, Makron o‘zida kasallikning ilk belgilari paydo bo‘lganidan keyin test topshirdi.

    “Mamlakatning barcha fuqarolari uchun amal qiladigan amaldagi sanitariya qoidalariga ko‘ra, Fransiya prezidenti yetti kunga o‘zini o‘zi yakkalash rejimiga o‘tadi. U ishlashni masofadan turib davom ettiradi”, deya ma’lum qilinadi Yelisey saroyida.

    Yevropa Ittifoqida esa koronavirusga qarshi vaksinatsiya 27–29-dekabr kunlari boshlanadi. Bu haqda Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen ma’lum qildi. “Bu Yevropa uchun muhim lahza. 27, 28 va 29-dekabrda Yevropa Ittifoqi bo‘ylab vaksinatsiya boshlanadi. Biz fuqarolarimizni birgalikda himoya qilamiz”, deb yozdi u Twitter’dagi sahifasida.

    Shuningdek, qo‘shni Qozog‘istonda ham ko‘ngillilarni mahalliy vaksina bilan emlash boshlandi.

    “Bugungi kunga qadar Biologik xavfsizlik muammolari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan mahalliy QazCovid-in vaksinasining I va II bosqich klinik sinovlari o‘tkazildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi yakuniy, uch ming nafar ko‘ngilli qatnashadigan III bosqich klinik sinovlarini boshlashni tasdiqladi.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    19-dekabr kuni dastlabki ko‘ngillilar Olmaota va Taraz shaharlaridagi ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda klinikalarda mahalliy vaksina bilan emlandi”, deyiladi bosh vazirning veb-saytida.

    Xo‘sh, vaksinatsiya uchun davlatlar qaysi vaksinalarni tanlamoqda? Ma’lum bo‘lishicha, Pfizer va BioNTech kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksina  AQSh,  Buyuk Britaniya, Bahrayn, Meksika va Kanadada, Shveysariya, foydalanish uchun tasdiqlandi. Pfizer va BioNTech vaksinani  Yevroittifoqda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza berdi. Ittifoqda 27-dekabrdan koronavirusga qarshi vaksinatsiya boshlanishi ma’lum qilindi.

    Ma’lumot uchun, AQShda Pfizer vaksinasidan tashqari, Moderna vaksinasi ham foydalanish uchun ma’qullandi.

    Avvalroq AQShda Pfizer vaksinasi bilan emlangan ikki tibbiyot xodimining ahvoli yomonlashgani, sinovlardagi olti ko‘ngilli esa vafot etgani haqida xabar berilgandi.

    Turkiya Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksinalarni sotib olishini ma’lum qilgan bo‘lsa, Shimoliy Koreya Rossiyaning Sputnik V vaksinasini sotib olishini ma’lum qildi. Darvoqe, “Sputnik V” vaksinasi koronavirusning og‘ir holatlariga qarshi 100 foiz samaradorlik ko‘rsatgani ma’lum qilindi.

    Vaksinatsiya boshlangani munosabati bilan Twitter ijtimoiy tarmog‘i vaksinalar haqidagi yolg‘on xabarlarni o‘chirishni boshlashini ma’lum  qildi. Shuningdek, JSST  Koronavirusga qarshi vaksinalarni olish bo‘yicha xalqaro mexanizm COVAX muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, past daromadli mamlakatlar kamida 2024-yilgacha vaksinasiz qolishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

    Qayd etilishicha, mexanizm allaqachon mablag‘ yetishmasligi muammosiga, yetkazib berishning barbod bo‘lish xavfiga va COVAX ishtirokchilari uchun murakkab kelishuv shartlariga duch keldi.

    “COVAX mexanizmining muvaffaqiyatsizlikka uchrash xavfi yuqori”, deyiladi alyans boshqaruvi hisobotida. Mazkur hisobot boshqa hujjatlar qatorida alyansning 15—17-dekabr kunlari o‘tkazilayotgan direktorlar kengashida muhokama qilinmoqda. Hujjatda qayd etilishicha, xavfning yuqori darajasi dasturni amalga oshirishning qisqa muddati va zarur tajribaning yetishmasligi bilan bog‘liq.

    Foto: EPA

    Foto: EPA

    Hafta oxiriga kelib esa JSST Koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqish va tarqatish bo‘yicha COVAX xalqaro mexanizmi doirasida qariyb ikki milliard vaksina zaxiraga olinganini ma’lum qildi.

    Ushbu dastur doirasida ishtirok etayotgan barcha 190 mamlakat, shu qatorda O‘zbekiston ham, 2021-yilning birinchi yarmidayoq vaksina zaxirasidan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.

    Koronainfo

    O‘tgan haftada Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi varianti aniqlandi — dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u odatdagi koronavirusdan 70 foizga yuqumliroq, lekin undan-da xavfliroq emas. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Boris Jonson ma’lum qildi.

    Infeksiyaning yangi shtami aniqlangani munosabati bilan Angliya janubi-sharqida, xususan, Londonda 20-dekabrdan e’tiboran cheklovlarning yuqori, to‘rtinchi darajasi joriy etildi, hozircha bu tartib yaqin ikki hafta amalda bo‘ladi. Unga ko‘ra, mahalliy aholi zaruratsiz uydan chiqishi, shuningdek, Yangi yil bayramiga tantanalariga bir necha oila bo‘lib to‘planishi mumkin emas. Xavfning to‘rtinchi darajasi e’lon qilingan hududlarda faqat dorixonalar va birinchi zarurat do‘konlari ishlaydi. Xuddi shunday cheklovlar 20-dekabrdan Uelsda, 26-dekabrdan esa Shotlandiyada ham joriy etiladi.

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 20-dekabr kuni Britaniyanikiga o‘xshash koronavirus Niderlandiya, Daniya va Avstraliyada ham aniqlanganini e’lon qildi. Avvalroq Janubiy Afrika Respublikasi (JAR)da ham o‘xshash mutatsiyadagi virus topilgani haqida xabar berilgan edi. Virusning yangi varianti hozirgi vaksinalar hosil qiladigan immunitetdan kuchliroq bo‘lishi mumkin, degan taxminlar uchun hozircha biror bir asos yo‘q.

    Yevropaning bir qator mamlakatlari — Niderlandiya, Belgiya, Avstriya va Italiya kabilar Buyuk Britaniya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatishini e’lon qilib ulgurdi. Irlandiya, Fransiya va Germaniya, shuningdek, Isroil ham shunday qaror qabul qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bild nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniya kansleri Angela Merkel Yevropa Ittifoqidagi hamkasblari bilan Buyuk Britaniyadan Yevroittifoqqa parvozlarni 20-dekabr oqshomidan to 2021-yil 6-yanvarigacha muvofiqlashtirilgan holda taqiqlash bo‘yicha kelishishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi va JAR o‘rtasidagi aviaqatnovlar cheklanishi, Buyuk Britaniya bilan temiryo‘l va parom aloqasi ham to‘xtatilishi mumkin.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Bugungi kunga kelib dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 76,9 milliondan oshdi. Kasallikdan vafot etganlar esa 1,6 millionni tashkil qilmoqda. Tuzalgan bemorlar esa 54 millionga yaqinlashib qoldi.

    Navalniy ishi

    O‘tgan haftada rossiyalik siyosiy faol Aleksey Navalniy ishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar tarqaldi. Jumladan, siyosatchining o‘zi avgust oyida unga nisbatan amalga oshirilgan suiqasd ishida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning o‘zi turganini aytdi.

    “Putin ushbu vaziyatni boshqarayotganiga menda zarracha shubha yo‘q”, dedi Navalniy.

    “Biz bu yerda o‘nlab odamlar, shu jumladan, bir nechta FSB generallari ishtirok etgan qariyb to‘rt yil davom etgan operatsiyani ko‘ryapmiz”, dedi siyosatchi va FSB direktori Aleksandr Bortnikov Putin buyrug‘isiz hech qachon bunday qilmasligini, chunki bu Jinoyat kodeksiga ko‘ra haqiqiy terrorchilik harakati” ekanini qo‘shimcha qildi.

    Rossiya hukumati Aleksey Navalniyga qilingan suiqasdga aloqadorligini avvalroq bir necha bor rad etgan, shuningdek, siyosatchi zaharlanishi faktini shubha ostiga olgan edi.

    14-dekabr kuni Navalniyning zaharlangani bo‘yicha The Insider, Bellingcat va CNN’ning Der Spiegel ishtirokida hamkorlikda o‘tkazilgan tekshiruv natijalari e’lon qilindi. Tergov mualliflari siyosatchiga suiqasdni Tomskda FSB kriminalistika instituti niqobi ostida harakat qilgan FSB maxfiy bo‘limining sakkiz nafar tezkor xodimi tomonidan amalga oshirilgan, degan xulosaga keldi. Tergov hujjatida suiqasd tafsilotlari ham, unda ishtirok etgan FSB xodimlarining ism-shariflari ham oshkor qilindi.

    New York Times gazetasining Germaniya razvedka xizmatidagi manbasi The Insider, Bellingcat va CNN tomonidan Der Spiegel ishtirokida o‘tkazilgan tergov “biz bilgan hamma narsani qamrab olgan”ini bildirdi.

    Navalniy uning zaharlanishi ortida Putin turganini avval ham ta’kidlagandi. Yevropa Ittifoqi Aleksey Navalniyning zaharlangani sababli Rossiyaning olti nafar mansabdor shaxsiga qarshi sanksiya joriy qilgan.

    Foto: “Interfaks”

    Foto: “Interfaks”

    Aleksey Navalniyning iddaolari ortidan Vladimir Putin ham voqeaga o‘z munosabatini bildirdi.

    “Berlin klinikasidagi o‘sha bemorga kelsak, men ko‘p marta aytganman, faqat ba’zi narsalarni takrorlashim mumkin. Kecha Peskov menga bu haqdagi so‘nggi uydirmalar va bizning maxsus xizmatchilarimiz ma’lumoti haqida xabar berdi. Bu qandaydir tergov emas, bu Amerika maxsus xizmatlarining materiallarini legallashtirish. Bizning maxsus xizmatlarimiz buni biladi va ma’qul topsa, telefondan foydalanadi”, dedi u.

    Putinning fikricha, “Berlin klinikasidagi bemor” Amerika maxsus xizmatlari ko‘magidan foydalanadi, Rossiya maxsus xizmat xodimlariga esa uni o‘ldirishga hojat yo‘q edi.

    “U kimga kerak o‘zi? Agar (zaharlashni) xohlaganimizda, ish oxiriga yetkazilardi”, dedi Putin.

    “Keng ommada e’tibor berilmaydigan, ammo muhim bo‘lgan bir narsa bor. Ya’ni xiyla bilan hukumatning birinchi odamlarga hujum qilish va shu tariqa — buni amalga oshiruvchilar uchun — ma’lum darajaga ko‘tarilib, ‘e’tibor bering, bu mening sherigim’ deyish. Va shu orqali men ham shu inson darajasidagi odamman, menga ham shu kishiga o‘xshab umummilliy shaxs sifatida qarang, deyish. Bu mashhur... siyosiy kurashning xiyla-nayranglari butun dunyoda qo‘llaniladi. Ammo, mening fikrimcha, odamlarning hurmat va e’tirofiga erishish uchun bu usuldan foydalanmaslik kerak.

    O‘z qurbingizni aniq bir ish yoki muayyan davlatda, ayni holatda bizning mamlakatimizda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan aniq bir dastur bilan isbotlashingiz lozim. Shuning uchun men amaldagi hukumatga qarshi bo‘lgan barcha muxoliflarimizni, umuman, mamlakatdagi barcha siyosiy kuchlarni o‘zlarining shaxsiy ambitsiyalari bilan emas, balki Rossiya fuqarolari manfaatlariga tayanib, ish ko‘rishga chaqiraman. Mamlakat oldida turgan muammolarni ijobiy hal qilish yo‘lini taklif qilish lozim. Muammolar esa talaygina”, degan Rossiya prezidenti.

    21.12.2020, 15:27   Izoh (0)   50338
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qozog‘iston Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi ishlab chiqarishga kirishdi, fevraldan ommaviy emlash boshlanadi

    21.12.2020, 15:12

    Buyuk Britaniyada bir kunda rekord darajada — 35,9 ming kishi koronavirusga chalindi

    21.12.2020, 14:56

    Seulda besh kishidan ortiq guruh bo‘lib to‘planish taqiqlandi

    21.12.2020, 14:26

    Koronavirusning yangi, yuqumliroq varianti tufayli 20 dan ortiq mamlakat aviaqatnovlarni chekladi

    21.12.2020, 13:55

    Qozog‘istonda 25-dekabrdan 5-yanvargacha koronavirusga qarshi choralar kuchaytiriladi

    21.12.2020, 12:23

    Britaniyada koronavirusning yangi shtammi sentabrda paydo bo‘lib, noyabr o‘rtalaridan faol tarqalishni boshlagan

    21.12.2020, 11:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Marg‘ilonda 2,5 yashar bolani bosib ketgan Gentra haydovchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 17:12

    Tramp joriy etishi kutilayotgan sanksiyalar Rossiya neftiga global embargo keltirib chiqarishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 16:40

    Isroil zarbalaridan bir kechada kamida 29 nafar falastinlik, jumladan, 6 nafar bola halok bo‘ldi

    Dunyo | 13 iyul, 16:15

    O‘zbekistonda sun’iy intellekt yordamida dori vositalariga bozor ehtiyojlari o‘rganilishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 13 iyul, 15:55

    Germaniya Ukrainaga yordam berish uchun Patriot raketalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

    Dunyo | 13 iyul, 15:20

    AQSH Yaponiya va Avstraliyadan Xitoy—Tayvan o‘rtasidagi ehtimoliy urushda tutadigan pozitsiyasini ochiqlashni talab qilmoqda — FT

    Dunyo | 13 iyul, 14:50

    Toshkentda muddatli to‘lov asosida avtomashina sotuvchi MCHJ qasddan bankrot qilindi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 14:25

    Eron prezidenti Isroil havo kuchlari zarbasida jarohat olgan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.