• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston davlat psixologiya universiteti tashkil etiladi

    Shavkat Mirziyoyevning “Aholiga psixologik xizmat ko‘rsatish va psixologiya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

    Quyidagilar respublikada psixologik xizmat ko‘rsatish va psixologiya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilanishi mumkin:

    • mamlakatda amalga oshirilayotgan yangilanish, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda psixologik xizmatlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
    • yoshlar tarbiyasining ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish, shaxsning ma’naviy kamol topishida psixologik qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning mustaqil ongli kasb tanlashi va o‘zining shaxsiy kasbiy rejalarini shakllantirishga sharoitlarni yaratishga psixologik ko‘maklashish;
    • iqtidorli yoshlar salohiyatlarini namoyon etishlariga ko‘maklashish, ularning bilish faoliyati va qiziqishlarini boyitish, dunyoni idrok etishning universal usullarini shakllantirish uchun psixologik yordam tizimini yaratish asosida ularni psixologik qo‘llab-quvvatlash;
    • aholiga psixologik xizmatning talab qilinadigan darajasi va sifatini ta’minlovchi me’yoriy, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish, jumladan, onlayn psixologik xizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish;
    • aholi baxtlilik darajasi, sog‘liqni saqlash, xususan, mental salomatlik, stressdan himoyalanish yo‘nalishidagi tadqiqotlarni amalga oshirish;
    • favqulodda holatlar sharoitida psixologik xizmat ko‘rsatish, hayot faoliyatida og‘ir psixologik holatlarga tushib qolgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan trening-reabilitatsiya dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish;
    • bolalarning maktabgacha bo‘lgan davri rivojlanishi, idrok, ong va xulq-atvor, kognitiv va ijtimoiy psixologiya sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish va ommalashtirish;
    • psixologik ma’rifat va maslahat berish faoliyatini tizimli tashkil etish, uning uzluksiz metodik ta’minotini yaratish;
    • tibbiy va klinik psixologiya, psixolingvistika, psixogenetika, boshqaruv psixologiyasi, savdo psixologiyasi, gerontopsixologiya, kross-madaniy psixologiya, mehnat psixologiyasi, tashkiliy psixologiya kabi dolzarb yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlashni rivojlantirish;
    • psixologiya sohasida zamonaviy o‘quv, ilmiy va ommabop adabiyotlarni tayyorlash, nashr etish va ommalashtirish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish;
    • yosh psixologiyasi, psixofiziologiya, tibbiy psixologiya, psixoterapiya, patopsixologiya, differensial psixologiya, pedagogik psixologiya, psixodiagnostika, genetik psixologiya kabi sohalarda fundamental, amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish;
    • sohada ilmiy tadqiqot ishlari samaradorligini ta’minlash, fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, ilmiy maktablarni shakllantirish va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish;
    • psixologiya sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda nufuzli xorijiy oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot tashkilotlari bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
    Belgilanishicha, 2021-yildan boshlab bosqichma-bosqich:
    • respublikaning 14 ta hududida oliy ta’lim muassasalari huzurida xo‘jalik hisobida ish yuritadigan aholiga psixologik xizmat ko‘rsatuvchi markazlar tashkil etiladi;
    • psixologiya sohasida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash bo‘yicha qabul parametrlari yiliga 30 foizdan oshirib boriladi;
    • psixologiya sohasi professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlarining xorijiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida tizimli malaka oshirishi hamda stajirovka o‘tashlari tashkil etiladi;
    • tuman (shahar) mahallalari tuzilmasida oila psixologi lavozimi joriy etiladi;
    • maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari, oliy ta’lim muassasalari, mahalla va oila tizimida faoliyat olib borayotgan barcha psixolog mutaxassislar belgilangan tartibda 3 yilda bir marotaba tegishli malaka oshirish kurslarida o‘qishlari tashkil etiladi;
    • o‘rnatilgan tartibda faoliyat yuritadigan nodavlat psixologik maslahat muassasalari tarmog‘i hamda onlayn psixologik xizmatlar ko‘rsatish ko‘lami kengaytiriladi;
    • ta’lim muassasalarida joriy etiladigan o‘qitish dasturlari o‘quvchilarning yosh, psixofiziologik xususiyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlari va ehtiyojlariga mosligi bo‘yicha psixologik ekspertizadan o‘tkaziladi;
    • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligining O‘zbekiston milliy universitetining “Psixologiya” va “Sotsiologiya” kafedralari negizida O‘zbekiston davlat psixologiya universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanishi mumkin.
    Quyidagilar universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilanadi:
    • psixoprofilaktika, psixodiagnostika, psixokorreksiya, psixologik maslahat, psixoterapiya kabi sohalarida kasbiy bilim, malaka va kompetensiyalarga ega yuqori malakali va zamonaviy fikrlovchi, mehnat bozori uchun raqobatbardosh bo‘lgan oliy ma’lumotli kadrlarni xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq tayyorlash;
    • zamonaviy ta’lim dasturlari va shakllarini ishlab chiqish va joriy etish, o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogika va axborot texnologiyalarini hamda fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini qo‘llash, ilmiy-pedagogik salohiyatni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash;
    • psixologiya sohasida ta’lim, ilm-fan va amaliyotning uzviy integratsiyalashuvi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarga iqtidorli talabalarni keng jalb qilish, ularni samarali rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish;
    • talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilarda vatanga muhabbat, uning taqdiriga daxldorlik, kasbga sadoqat hissini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirib borish;
    • psixologiya sohasida professor-o‘qituvchilarning respublika hamda xorijiy mamlakatlarda stajirovka o‘tash va ularning malakasini oshirish ishlarini muntazam tashkil etish;
    • oliy ta’lim, xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim tizimidagi psixologlar faoliyatini, oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan aholiga psixologik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini metodik qo‘llab-quvvatlash;
    • xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda respublika uchun istiqbolli bo‘lgan yangi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda xalqaro loyihalarni amalga oshirish.
    Avvalroq Andijonda Varshava institutining Andijon filiali, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti hamda Toshkentda Yaponiya raqamli universiteti tashkil etilishi haqida xabar berilgandi.

    21.12.2020, 13:25   Izoh (0)   35934
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Deputat Alisher Qodirov Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasini UzAuto Motors’ning obro‘siga putur yetkazishda aybladi

    21.12.2020, 12:48

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga sakkizinchi hafta ko‘tarildi

    21.12.2020, 12:11

    Andijonda 65 yoshli erkak va uning 18 yoshli nabirasi kanalga cho‘kib ketdi

    21.12.2020, 11:47

    Qo‘rg‘ontepa tumaniga 15 yil hokimlik qilgan Avazxon Ergashev Sirdaryo hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi

    21.12.2020, 11:27

    Buxoro shahri prokurori Jasur Fozilov lavozimiga tiklandi

    21.12.2020, 10:38

    Kattaqo‘rg‘onda 9 tup chinor kesgan fuqaro 274 mln so‘m jarimaga tortildi

    21.12.2020, 10:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.