• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Britaniyada koronavirusning yangi shtammi sentabrda paydo bo‘lib, noyabr o‘rtalaridan faol tarqalishni boshlagan

    Koronavirusning yangi shtammi Buyuk Britaniyada sentabrda paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin, ammo noyabr o‘rtalarida faol tarqalishni boshlagan. Bu haqda mamlakat Jamoatchilik sog‘lig‘ini saqlash xizmati bayonotiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Olimlar genetik ma’lumotlardan foydalanib, koronavirus tarqalishi zanjirini teskari tartibda o‘rganib chiqib, fuqarolar uni kimdan yuqtirganligini aniqlashga urindi.

    “Koronavirusning bu turi sentabrda paydo bo‘lgan, noyabr o‘rtalarigacha unga juda kam odamlar chalingan. Koronavirusning aynan yangi variant bilan bog‘liq kasallanish holatlarining o‘sishi birinchi marta noyabr oxirlarida qayd etildi, o‘shanda Jamoatchilik sog‘lig‘ini saqlash xizmati joriy qilingan cheklovlarga qaramay, Kent grafligida kasallanish darajasi pasaymayotgani sababini aniqlagan edi. Keyinroq biz koronavirusning bu variant Londonda va Esseks grafligida tez tarqalayotganini aniqladik”, — deyiladi xabarda.

    Koronavirusning yangi turi tezroq tarqaladi, lekin u kasallikning og‘irroq kechishiga olib kelishi yoki u bilan bog‘liq o‘lim darajasi yuqori bo‘lishi borasida hozircha dalillar yo‘q, deya ta’kidlamoqda olimlar. Bundan tashqari, Pfizer kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi unga qarshi qanchalik samarali ekanligi ham hozircha noma’lum. Buyuk Britaniya undan foydalanishni dekabr boshida ma’qullagan edi.

    Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusning yangi turi aniqlangani haqida 14-dekabr kuni ma’lum qilgan edi. Angliya bosh sanitar shifokori Kris Uitti bu turdagi virus “odatiy” SARS-CoV-2’dan ko‘ra tezroq tarqalayotganini qayd etdi. Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusning yangi genetik variant 70 foizga yuqumliroq bo‘lishi mumkin.

    Infeksiyaning yangi shtammi aniqlangani munosabati bilan Angliya janubi-sharqida, xususan, Londonda 20-dekabrdan e’tiboran cheklovlarning yuqori, to‘rtinchi darajasi joriy etildi, hozircha bu tartib yaqin ikki hafta amalda bo‘ladi. Unga ko‘ra, mahalliy aholi o‘ta zaruratsiz uydan chiqishi, shuningdek, Yangi yil bayramiga tantanalariga bir necha oila bo‘lib to‘planishi mumkin emas. Xavfning to‘rtinchi darajasi e’lon qilingan hududlarda faqat dorixonalar va birinchi zarurat do‘konlari ishlaydi. Xuddi shunday cheklovlar 20-dekabrdan Uelsda, 26-dekabrdan esa Shotlandiyada ham joriy etiladi. Yangi cheklovlar haqida e’lon qilinishi bilan londonliklar shaharni ommaviy tarzda tark eta boshladi, deya xabar bermoqda Sky News.

    Yevropaning bir qator mamlakatlari — Niderlandiya, Belgiya, Avstriya va Italiya kabilar Buyuk Britaniya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatishini e’lon qilib ulgurdi. Irlandiya, Fransiya va Germaniya, shuningdek, Isroil ham shunday qaror qabul qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bild nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniya kansleri Angela Merkel Yevropa Ittifoqidagi hamkasblari bilan Buyuk Britaniyadan Yevroittifoqqa parvozlarni 20-dekabr oqshomidan to 2021-yil 6-yanvarigacha muvofiqlashtirilgan holda taqiqlash bo‘yicha kelishishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi va JAR o‘rtasidagi aviaqatnovlar cheklanishi, Buyuk Britaniya bilan temiryo‘l va parom aloqasi ham to‘xtatilishi mumkin, deya yozmoqda Meduza.

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 20-dekabr kuni Britaniyanikiga o‘xshash koronavirus Niderlandiya, Daniya va Avstraliyada ham aniqlanganini e’lon qildi. Avvalroq Janubiy Afrika Respublikasi (JAR)da ham o‘xshash mutatsiyadagi virus topilgani haqida xabar berilgan edi.

    Mavzuga doir:

    • JSST Buyuk Britaniyada tarqalgan yangi koronavirus shtammlarini o‘rganmoqda
    • Buyuk Britaniyaning ortidan yana bir qator mamlakatlarda koronavirusning yangi varianti aniqlandi. Yevropada aviaqatnovlarni cheklash boshlanmoqda
    • London aholisiga Rojdestvo munosabati bilan yig‘ilish taqiqlandi. Bunga koronavirusning yangi varianti sababchi, u 70 foizga yuqumliroq bo‘lishi mumkin

    21.12.2020, 11:10   Izoh (0)   13006
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qozog‘istonda pora uchun mahkum qilinganlarni muddatidan ilgari ozod qilish taqiqlandi

    21.12.2020, 08:30

    Braziliyadagi ayrim tropik o‘rmonlar karbonat angidrid gazini yutish o‘rniga ajratishni boshladi

    21.12.2020, 06:42

    COVAX orqali qariyb 2 mlrd doza vaksina zaxiraga olingani ma’lum bo‘ldi

    20.12.2020, 22:32

    Chili prezidenti o‘zi ustidan shikoyat qildi va niqob kiymaganligi uchun jarima to‘ladi

    20.12.2020, 21:34

    Buyuk Britaniyaning ortidan yana bir qator mamlakatlarda koronavirusning yangi varianti aniqlandi. Yevropada aviaqatnovlarni cheklash boshlanmoqda

    20.12.2020, 20:54

    JSST Buyuk Britaniyada tarqalgan yangi koronavirus shtammlarini o‘rganmoqda

    20.12.2020, 20:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.