• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: Turkiya va o‘zbek jurnalistlari, endi kunduzi chiroq yoqmaymiz, tadbirga taqiq, Tashkent City narxi – 10 ming

    “Daryo” saytida haftaning eng muhim va muhokamali xabarlari sharhini boshlaymiz.

    Yangi yil bayram tadbirlarini o‘tkazmoqchi bo‘lganlar rejani roppa-rosa bir yilga orqaga surishi mumkin. Budjet tashkilotlariga Yangi yil munosabati bilan korporativ bayramlar o‘tkazish taqiqlandi. Vazirlik, idora, davlat ulushi bo‘lgan korxonalar va boshqa tashkilotlarga korporativ bayram tadbirlaridan tejab qolingan mablag‘ni ta’lim, sog‘liqni saqlash, mehribonlik uylari va boshqa ijtimoiy sohalarga yo‘naltirish tavsiya qilinadi.

    Shuningdek, o‘quvchi va talabalar ishtirokida Yangi yilga bag‘ishlangan bayram tadbirlarini o‘tkazish ham taqiqlandi. “Prezident archasi” bayram tadbirlari faqatgina mehribonlik uylari va bolalar shaharchalari tarbiyalanuvchilari uchun o‘tkaziladi. Fuqarolarga yangi 2021-yil bayrami tadbirlarini oila davrasida o‘tkazish tavsiya etiladi.

    Bir so‘z bilan aytganda – uyda qoling!

    * * *

    Uzoq cho‘zilgan ish bu hafta ham davom etdi. 18-dekabr kuni Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining  UzAuto Motors ishi bo‘yicha bergan apellyatsiya shikoyati ko‘rib chiqildi. Apellyatsiya sudlov hay’ati taraflarning tushuntirishlari va prokurorning fikrini eshitib, ishni ko‘rish natijasi bo‘yicha qaror qabul qildi. Qarorga ko‘ra, birinchi instansiya sudining 2020-yil 30-oktabrdagi hal qiluv qarori va xususiy ajrimi o‘zgarishsiz, keltirilgan apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirildi.

    Sud ishining uzundan uzoq tafsilotini berib o‘quvchini zo‘riqtirmoqchi yoki zeriktirmoqchi emasmiz. Taraflarning pozitsiyasi va maqomi aniq bo‘lgan. Faqat bu haqda deputat Rasul Kusherbayevning holat yuzasidan sharhini havola qilamiz.

    Antimonopoliya va “O‘zavtomotors” sudi bugun tugadi, menimcha. Muammo esa qoldi.

    Biroq bu muammoning tugashimi yo boshlanishi, bu yog‘ini vaqt ko‘rsatadi. Endi ochiq aytaman: nima bo‘lgandayam men bu ishlardan rozi emasman va buni hech qachon unutmayman!

    Kimsan o‘zing, deguvchilarga esa aytmoqchi bo‘lganim: biz hech bo‘lmasa o‘rmonga o‘t ketganda uni o‘chirmoqchi bo‘lib, bir tomchi suv olib ketayotgan va shu harakati bilan o‘zining qaysi tomonda ekanligini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan kamida bir chumolimiz.

    Biz xalq ko‘zini shamg‘alat qilib, yashirin imtiyoz va yolg‘onlar bilan yallo qilib yashamoqchi bo‘lgan barcha monopolistlarga doim qarshimiz. Va biz monopoliyachilik, yolg‘onchilik ishlarida vatanparvarlikni, g‘ururni ko‘rmaymiz.

    Vatanparvarlik avvalo mardlik va rostlikdir. Rostakam vatanparvarlik va g‘urur o‘lmasin, ishqilib!

    * * *

    Ba’zida bir zumda yangi qoida paydo bo‘lib, bir zumda bekor bo‘ladi. O‘tgan yili aprelda kunning yorug‘ vaqtida barcha avtomototransport vositalarining yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi kerakligi belgilangan, ammo jamoatchilik noroziligi hisobga olinib, majburiy qoidaning amal qilishi 2021-yil 1-yanvargacha kechiktirilgan edi. Shunday qilib, kelasi oydan avtomobilning kunduzi chiroqlarini yoqib yurishi yana majburiy bo‘lishi eslatildi.

    Foto: “Zamin.uz”

    Ammo bir guruh deputat bu tartibni bekor qilishni so‘rab Vazirlar Mahkamasi va IIVga so‘rov kiritdi.  Oradan ikki kun o‘tib, O‘zbekistonda kunduzi avtomobil faralarni yoqib yurish talabi bekor qilindi. Ammo avtokolonna va boshqa ayrim holatlar uchun kunduzi chiroqni yoqib yurish talabi saqlanib qoldi.

    * * *

    Turkiyada o‘zbek jurnalistlari bilan muammolar kuzatilmoqda. Shu hafta Ziyouz portali asoschisi Davronbek Tojialiyev Istanbulga kiritilmay, O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Turkiya Ichki ishlar vazirligi migratsiya bo‘limi xodimlari kirish taqiqi uchun biror sababni bilmasligini, taqiq hukumat tarafidan qo‘yilganini bildirgan. Davronbek Tojialiyev avval ham Turkiyaga besh marta borgan va hech qanday muammo bo‘lmagan.

    Mavzuga doir: Ziyouz portali asoschisi Davronbek Tojialiyev Istanbulga kiritilmay, O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

    19-dekabr kuni esa taniqli jurnalist va suxandon Abdukarim Mirzayev Turkiyada qamoqqa olingani xabari tarqaldi. U aslida bir hafta oldin hibsga olingan ekan.

    Abdukarim Mirzayev va Davronbek Tojialiyev.

    Abdukarim Mirzayev va Davronbek Tojialiyev.
    Kollaj: “Daryo”

    Abdukarim Mirzayev Turkiyaning Kastamonu universiteti Kommunikatsiyalar fakulteti jurnalistika bo‘limi magistranti  edi. Advokatning aytishicha, jurnalist shubhali shaxslar bilan muloqotda bo‘lgani uchun qo‘lga olingan. Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda unga nisbatan biror jinoiy ish ochilmagan va u qidiruvda emas, binobarin, O‘zbekiston tomoni Mirzayevning hibsga olinishiga aloqador emas.

    Abdukarim Mirzayev Turkiyadan deportatsiya qilinishi mumkin.

    * * *

    Haftaning eng shov-shuvli voqeasi, shubhasiz, Tashkent City’ga kirish pulli bo‘lganidir. 17-dekabrdan boshlab Tashkent City bog‘iga bayram arafasi va Yangi yil kunlarida kirish pullik etib belgilandi. Kattalar uchun kirish 10 ming so‘m, yosh va nogironlik uchun chegirmalar mavjud. Bu darhol internet foydalanuvchilari e’tiboriga tushdi, yuqoridagi xabar ostida ham norozi ohangda o‘nlab izoh qoldirilgani buni tasdiqlaydi.

    Xo‘sh, bunga Toshkent shahar hokimi nima deydi? Jahongir Ortiqxo‘jayev parklarni saqlab turish uchun boshqa chora yo‘qligini, bunga budjetdan pul ajratilmasligini, shu bois Tashkent City o‘zini o‘zi boqishi adolatli bo‘lishini aytdi. Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik direksiyasi rahbari Bahrom Rizayev esa “Pullik rejimni bir oyga rejalashtirganmiz” dedi.

    Foto: “UPL.uz”

    Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rahbari Aziz Abduhakimovdan bunga munosabat so‘ralganida “Tashkent City direksiyasi – tijoriy tashkilot. Nima uchun pullik etib belgilanganligi to‘g‘risida uning egalaridan ham so‘rab ko‘rish kerak. Bu holatni hali o‘rganmasdan turib, xulosa berish qiyin... Boshqa bog‘larga borsangiz ham, ayniqsa, xususiy bog‘larning barchasi kirishni pullik qilib qo‘ygan”, dedi.

    Shariatga mos kelmagani bois yaqinda san’atni tark etgan sobiq qo‘shiqchi Jahongir Otajonov Toshkent shahar hokimiga videomurojaat qilib, “...aziz xalqim, deb Tashkent City’ga taklif qilyapsiz, u yerga kirishni 10 ming so‘m qilib qo‘yibsizlar. Endi bu uyat, to‘g‘risi, uyat. O‘sha yerda ham 10 ming olinglar endi”, dedi.

    Hozircha to‘plagan yangiliklarimiz shular. Tashkent City’ga bormoqchi bo‘lsangiz, yoningizda 10 ming so‘m olishni unutmang. Karantin qoidalariga rioya qiling.

    20.12.2020, 23:02   Izoh (0)   50935
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqand viloyati aholisining tabiiy gazdan qarzdorligi 785 milliard so‘mni tashkil etishi ma’lum qilindi

    20.12.2020, 22:17

    Erkinjon Turdimov: Samarqand shahrida 40 mingdan ortiq xonadon oqova suv xizmati bilan ta’minlanmagan

    20.12.2020, 21:19

    “O‘zgidromet” 21-dekabr kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    20.12.2020, 19:38

    “UzAuto motors”ga ishga joylashtiraman deb, odamlarni chuv tushirgan sobiq bandlik va advokatlik byurosi xodimlariga sud hukmi o‘qildi

    20.12.2020, 19:18

    DXX O‘zbekiston davlat chegarasi to‘g‘risidagi qonunni yangi tahrirda qabul qilishni taklif etdi

    20.12.2020, 17:32

    “Toshkent hududidan birorta yer Toshkent viloyatiga o‘tib ketmaydi” — Jahongir Ortiqxo‘jayev

    20.12.2020, 16:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda Onix haydovchisi 13 yoshli bolani urib yubordi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 00:00

    “Daryo” dayjesti: 4-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:35

    “Do‘stlik” chegara bojxona postida 12,7 ming dollarni yashirincha olib chiqayotgan yo‘lovchi to‘xtatib qolindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:30

    Jamoat tartibiga qarshi jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs BAAdan ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:10

    Dunyoning eng go‘zal 10 nafar ayol tennischilari

    Layfstayl | 4 iyun, 22:55

    Insofsiz raqobat yoxud ko‘chirmakash “Surxon oshpazi”: xorijiy kompaniya shikoyat bilan chiqdi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 22:50

    Samarqandda transformator yonib ketdi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.