“Borussiya D” hujumchisi Yussufa Mukoko Germaniya chempionati 13-turidan o‘rin olgan “Union”ga qarshi 19-dekabr kungi bahsda (1:2) gol urishga erishdi.
Hujumchi bu orqali Bundesliga tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylandi. Uchrashuv kuni futbolchi 16 yosh-u 28 kunlik edi.
Mukoko “Bayer” yarim himoyachisi Florian Virtsning rekordini yangiladi. Virts gol urgan vaqtda 17 yosh-u 34 kunlik edi.
Avvalroq Mukoko Bundesliga tarixidagi eng yosh futbolchi, Germaniya chempionatida asosiy tarkibda maydonga tushgan eng o‘yinchiga aylangandi. Shuningdek, Yevropa Chempionlar Ligasi tarixidagi eng yosh debyutant bo‘lgandi.
https://youtu.be/fF4pEoqLTRk
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)