FIFA tomonidan 17-dekabr, payshanba kuni yilning eng yaxshilarini aniqlash marosimi o‘tkazildi.
Yilning eng chiroyli goli muallifiga “Pushkash sovrini” topshirildi. Unga ko‘ra, “Tottenhem” hujumchisi Son Hyon Minning urgan goli yilning eng chiroyli goli deya e’tirof etildi.
Ushbu sovrin uchun Luis Suares (“Atletiko” / “Barselona”, Urugvay) va Jorjian de Arraskaeta (“Flamengo”, Urugvay) ham da’vogar edi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)