Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

17-dekabr kuni Qoraqalpog‘istonning Nukus shahri markaziy ko‘chalardan birida ayollar yozda karantin paytida jamoat ishlari uchun ish haqi to‘lanmaganligi sababli yo‘lni to‘sib qo‘ydi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston yangiliklarini yoritib boruvchi “Makan.uz” xabar bermoqda.

Foto: “Makan.uz”

Foto: “Makan.uz”

Foto: Videodan kadr /  “Makan.uz”

Foto: Videodan kadr /  “Makan.uz”

“Gazeta.uz”ning ma’lum qilishicha, ayollar A.Do‘snazarov va M.Jumanazarov ko‘chalari kesishmasidagi shaharning markaziy chorrahalardan biriga borgan va shahar Bandlikka ko‘maklashish markazi ro‘parasida turib olgan. Keyinroq ularni shahar hokimiyati qabul qilgan.

Foto: Yandeks xaritalar

Foto: Yandeks xaritalar

Voqea joyidan olingan suratlarni e’lon qilgan “Makan.uz”ning ma’lum qilishicha, hokimlik ulardan ushbu suratlarni o‘chirib yuborishni so‘ragan.

Avvalroq gaz va elektr ta’minotidagi uzilishlar sabab Buxoro va Andijon viloyatlarida aholi avtomobil yo‘llarini to‘sib qo‘ygani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Tata Steel Chess 2023. Nodirbek Abdusattorov amerikalik raqibi bilan durang o‘ynadi va hamon musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi. Javohir Sindorovda ham durang
Mahalliy
Surxondaryodan topilgan ayiq bolasi zooparkka topshirildi
Mahalliy
O‘zbek tili darsligida musiqa asboblari nomi xato yozilgani aytildi (video)