Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shvetsiya bosh vaziri mamlakat sog‘liqni saqlash idoralari COVID-19’ning yangi to‘lqini xavfini yetarlicha baholamaganini bildirdi, deb xabar bermoqda “Interfaks” Associated Press’ga tayanib.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

“Menimcha, aksariyat mutaxassislar virusning yangi to‘lqinini ko‘rmadi, ular faqat kasallikning alohida o‘choqlarini gapirgandi”, — degan bosh vazir.

Bosh vazirning bayonoti mamlakatda pandemiyaga qarshi kurashni o‘rgangan hukumat komissiyasi dastlabki xulosasini ma’lum qilishidan bir necha soat oldin e’lon qilingan.

Shvetsiya hukumati boshidanoq virusga nisbatan past darajadagi pozitsiyada bo‘ldi va qat’iy cheklovlar qo‘ymadi.

Mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon 320 mingdan ortiq kishi koronavirusga chalindi, 7,5 mingdan ortig‘i vafot etgan. Shu bilan birga, mamlakatda o‘limlar darajasi qo‘shni Norvegiya, Finlyandiya va Daniyaga qaraganda ancha yuqori bo‘ldi.

Mamlakat bosh epidemiologi Anders Tegnell karantindan voz kechilgani sababli mamlakatda juda ko‘p odam vafot etganini tan olgan va buni xato deb atagandi.

Associated Press’ning qayd etishicha, shu kungacha hukumat qo‘llagan eng qattiq cheklov sakkiz nafardan ortiq fuqarolar yig‘ilishi taqiqlanishi bo‘ldi xolos. Shvetsiyada aholiga berilgan karantin tavsiyalarining natijasizligi sababli qat’iy karantin joriy etishga qaror qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston SSV ro‘zadorlarga sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi
Mahalliy
O‘zbekistonda bir kunda ikkinchi zilzila qayd etildi
Shou-biznes
G‘ulomjon Yoqubovning sozandasiga turmushga chiqqan, 32 yoshida “xalq artisti”ga aylangan Gulsanam Mamazoitova 42 yoshda