Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) O‘zbekistonda “Inklyuziv qishloq xo‘jaligi siyosatini amalga oshirishda ko‘maklashish” loyihasini ishga tushirmoqda. Bu haqda FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Umumiy qiymati 100 ming dollar bo‘lgan loyihani 2022-yilning oxirigacha amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Dasturning asosiy vazifasi — inklyuziv qishloq xo‘jaligini amalga oshirish hamda ayollarning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish asosida qishloq hududlarida hayot sharoitlarini yaxshilash.

“Qishloq xo‘jaligida gender tafovutini bartaraf etish qishloq xo‘jaligi sohasi va jamiyatga sezilarli foyda keltiradi. Gender notengligi jinslar rollari haqidagi stereotiplarga bog‘langan, bu esa ayollarning qishloq xo‘jaligidagi muhim hissasini kamaytirib ko‘rsatadi. Qishloq ayollariga investitsiya — bu kambag‘allikni bartaraf etish va barcha uchun oziq-ovqat xavfsizligiga erishish uchun muhim bo‘lgan o‘zgarishlar omiliga investitsiya”, — deya ta’kidlagan FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi loyihalari koordinatori Sherzod Umarov.

Mazkur loyihaning amalga oshirilishi FAOning O‘zbekistondagi gender harakatlar rejasi tomonidan muvofiqlashtiriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar