• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ziyouz” portali asoschisi Davronbek Tojialiyev Istanbulga kiritilmay, O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

    “Ziyouz.com” portali asoschisi, jurnalist Davronbek Tojialiyev o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali Istanbulga kiritilmay, O‘zbekistonga deportatsiya qilinganini yozib qoldirdi.

    Foto: Facebook / Davronbek Tojialiyev

    Foto: Facebook / Davronbek Tojialiyev

    Jurnalist bunga qadar Turkiyaga 5 marotaba borganini va hech birida bu kabi muammo kuzatilmaganini ma’lum qilgan. Turkiya Ichki ishlar vazirligi migratsiya bo‘limi xodimlari kirish taqiqi uchun biron sababni bilmasliklarini, taqiq hukumat tarafidan qo‘yilgani bildirgan. Jurnalist o‘z sahifasi orqali migratsiya bo‘limida o‘tkazgan bir tuni, u yerdagi sharoitlar, internet muammosi, turli davlatlardan kelib, mamlakatga kirishini kutib yotgan xorijliklar haqida post qoldirgan.

    ‘Terminal’ degan filmni ko‘pchilik maza qilib tomosha qilgan-a? Krokoziya degan davlat tugatilib, uning fuqarosi Nyu-York aeroporti terminalida qolib ketadi va ajoyib sarguzashtlarni boshidan o‘tkazadi.

    Kecha menda ham shunday bo‘ldi. Turk havo yo‘llari orqali Toshkentdan uchib, Istanbul yangi aeroportiga qo‘ndik. Pasport nazoratidagi hijobli xizmatchi yangi qizil pasportimni uzoqroq tekshirdi. Ikki marta qayoqqadir telefon qildi. Keyin kutib turing dedi. Bir polis keldi, pasportimni olib, men bilan yuring dedi. Undan muammo nimadaligini so‘radim. U sizga Turkiyaga kirish uchun taqiq qo‘yilgan dedi. Nega degan savolimga buni bilmasligini, politsiya idorasida tushuntirishlarini aytdi.

    Politsiya idorasidagi xodim kompyuterdan nimalarnidir tekshirib, qog‘ozlarni chop etdi. Keyin meni Ichki ishlar vazirligi migratsiya bo‘limiga olib bordi.

    U yerdagilar ham kirish taqiqi uchun biron sababni bilmasliklarini, taqiq hukumat tarafidan qo‘yilganini, bu holatda biron narsa qilish imkonsizligini, meni kechki reys bilan Toshkent uchog‘iga mindirishlari lozimligini aytishdi. Tortishuvlar ish bermadi. Ularga jurnalist ekanimni, avval 5 marta kelgan bo‘lsam hech qachon muammo bo‘lmaganini aytdim. Ular meni tinglab, tizimda taqiq borligini, bu holatda qanday tartib joriy qilingan bo‘lsa, shuni bajarish majburiyatida ekanliklarini aytishdi. Balki biron harfda xato ketganmikan, desam, yana tekshirishdi. Ism, familiya, tug‘ilgan sana va boshqa ma’lumotlar hammasi mos tushyapti.

    Qo‘limga Turkiyaga kirishim taqiqlangani uchun keyingi reysgacha vaqtincha saqlash xonasida qolishim, taqiq tugaguncha esa konsullikdan faqatgina maxsus viza orqaligina Turkiyaga kira olishim, bu haqda sudga da’vo ochishim mumkinligi haqida qog‘oz berishdi. So‘ng ichkariga kuzatib qo‘yishdi.

    Ichkari kirganda dimoqqa urilgan ilk hid burqsigan sigaret isi bo‘ldi. Ko‘rinishidan iroqlik va eronlik bo‘lgan “brat”lar oshxona to‘g‘risidagi tualetda rosa tortishmoqda.

    Salom berib, asta o‘tirdim. Hech kim kimsan, nima bo‘ldi deb so‘ramadi ham. Telefonimni titib o‘tiraverdim.

    Darvoqe, bu yerga kirishdan avval fotoapparatimni saqlash kamerasiga olib qo‘ydilar. Laptop va telefonim o‘zimda qoldi. 20 daqiqacha o‘tirganimdan so‘ng yotoq kameralariga bir-bir mo‘ralab, bo‘sh joy qidirdim. Hammaga buyruq berayotgan baquvvat eronlik anuv xonaga kir, dedi. Xona 12 kishilik. Sassiq paypoq hidi anqib turibdi. 3 ta qoratanli, bir xitoylik, bir ispan, qolganlari eroni va iroqliklar. Noiloj joylashib, telefonimni quvvatlab turgandim, qo‘riqchi chaqirib qoldi.

    Nonushta olib kelibdi: kattagina buterbrod va ikki stakan sharbat. Taomlanib, atrofdan muloqot uchun ko‘zga yaqin odamlardan qidirdim. Bittasi boshqasiga o‘rischa gapirib qoldi. Ayni muddao bo‘ldi. Tanisha boshladim. Biri chechen, yana biri kabardin ekan.

    Birdan ichkaridan bir tojik chiqib, to‘g‘rimda o‘tirgan qozoqqa yarim o‘zbekchalab nimadir dedi. Tojik juda qiziquvchan ekan. Umrida birinchi marta sochi uzun jingalak qoratanlini ko‘rib, u bilan suhbatlashmoqchi bo‘ldi. Jingalak Fransiya fuqarosi ekan. Aqal-taqal inglizcha bilarkan. Xatlonlik o‘zbekcha biladigan tojikka fransuz bilan inglizcha muloqot qilishiga tarjimonlik qildim. Men bilan yaqin bo‘lib qolgan tojik sekin imladi-da, anavi eronidan ehtiyot bo‘ling. G‘irt moshennik ekan. Kecha kechqurun o‘zbek bolalardan pul olib, internet sotdi, dedi.

    Xonaboshilikka da’vogarlik qilayotgan baquvvat eroni turkcha yaxshi gapirar ekan. Oshxonada ko‘pchilik turib yesa-da, menga o‘tirgani joy taklif etdi. Qozoq aka gap orasida bu eronlik ozarbayjon degandi, menam unga qarab, “Qarabag Azerbajandir!” dedim. Ochilib ketdi. Afsus, yarmi qopketdi-da, dedim. E nimasini aytasan deydi.

    Italiya fuqarosi bo‘lgan iroqlik kurd poliglot ekaney. Inglizcha, fransuzcha, ispancha, nemischa, italyancha, arabcha, forscha, ruscha gapirib tashladi. Anov xitoylik bilan xitoycha gaplashdi-ey. U bilan ham chiqishib qoldik. Tranzit zonada Italiya pasportini soxta deb o‘tkazishmabdi. Poliglotligiga havas qilib, Italiyada qayerda ishlaysan, desam, politsiyada tarjimon bo‘lib ishlayman, hech yerda bunaqa muammo bo‘lmagandi, deydi.

    Turk Telekom’dan olgan bepul internetim bir soatlik ekan, tugab qoldi. Darvoqe, Istanbul aeroportida, siz telefon raqamingizga kod olib, bir soat bepul internetdan foydalanishingiz mumkin.

    Chechendan internetingdan Wi-Fi tarqata olasanmi desam, baraka topsin, bemalol deb ulab berdi. Ancha-muncha foydalanib, ishqilib cheksizmidi desam xijolat chekmay foydalanaver, dedi.

    Chechen o‘tgan safar kelganda aeroportda qo‘polroq muomala qilgan bir polisning ta’zirini bergan va ‘obezyanka’ga tushgan. Biroz ushlab turilib, deport qilmasdan reysga chiqarvorilgan ekan. O‘shanda taqiq qo‘yishgan ekan, deydi. Chechen, kabardin va qozoq yur sani tozaroq va sigaret va boshqa hidlardan yiroq xonaga opkiramiz deb o‘z xonalariga taklif qildilar. Xonada 2 ta soqolchali o‘zbek savdogar yigitchalarni ko‘rdim. 1 kundan beri shu yerda ekanlar. Ularni pasport nazoratga bormasdanoq xavfsizlik xodimlari so‘roq qilib, kirishga taqiq qo‘yishibdi. Nega kelding, bu yerda kimlarni taniysan, deb so‘rashibdi. Oxiri senga kirishga taqiq qo‘ydik deb qo‘yishmabdi.

    Yigitlar bir savdo shartnomasini tuzgani kelishgan ekan. Bu yoqdagi firma bilan gaplashdik. Xat qiberadigan bo‘ldi. Shu orqali maxsus viza olib, shu bilan yana qaytib kelovramiz deyishdi.

    Ular menga Turk Telekom internetidan qanday qilib yana bepul foydalanish mumkinligini o‘rgatishdi. Raqam yoziladigan joyga O‘zbekistondagi biron tanishigiz raqamini yozasiz va avval internet ishlab turgan paytda ularni ogohlantirib, kodni sizga SMS orqali yuborishlarini tayinlaysiz. Qarabsizki, yana bir soat internetdan foydalanaverasiz, bunisi tugagandan so‘ng shu usulni boshqa raqamda qo‘llaysiz.

    Tushlikka Burger King va Coca-Cola berishdi. Yaxshi boqisharkan. Ichimlik suvi doimiy turibdi.

    O‘zbek aka-ukalar UzAirways reysida qaytishdi. Xonada chechen, tojik, qozoq aka va men qoldim. Qozoq akaning oilasi Anqarada, o‘zi esa Turkiya vizasida noaniqlik borligi sabab 7 kundan beri shu yerda ekan. Aniq javobni kutyapti. Qayta Nur-Sulton reysiga chiqishga unamabdi.

    Chechen bilan Ramzan haqida gaplashdik. U haqda mendan so‘rama, yoqtirmayman deydi. Baraka topsin, internetidan rosa foydalanibmiz shekilli, limiti tugab qoldi. Unga Turk Telekom’dan foydalan desam, uni senga bera qolay (telefonimga kelgan kodni beraman), mening reysimga yaqin qoldi, sen esa hali shu yerdasan dedi. Qozoqqa iPhone zaryadkasini tashlab ketdi.

    Birozdan keyin xonaga yig‘lagudek bo‘lib 4 ta tojik yigitcha kirib keldi. Birinchi marta kelgan bo‘lsam, nega zapret qiladi, deydi. Falon pulga bilet olgan, ishlab qarzlarimni uzmoqchi edim, deb zorlanadi. Ularni ham pasport nazoratga yetmasdan xavfsizlik xodimlari ushlab, suhbatlashib, kirishlariga taqiq qo‘yibdi.

    Ularni ozroq tinchlantirgan bo‘ldim. Yaxshi niyatda 3—4 so‘m topaman deb niyat qilgan beg‘ubor bolalar. Xonadoshimiz xatlonlik tojik 3 kundan beri shu yerda ekan. Keyingi reysgacha yana 4 kun turishi kerak ekan. Yangi kelgan dushanbelik yigitlar ham yana 4 kun shu yerda bo‘ladi.

    Ichkarida tahorat, namozga sharoit yetarli. Bomdodni migratsiya idorasi polislari xonasida o‘qidim. Peshin, asr va shomni “obshyag”da. Eng qizig‘i tualetda hamma sharoit bor. Qo‘l artishga qog‘ozlarni ham tez-tez yangilab turishadi. Tualet va oshxonani alohida aeroport xodimi tozalaydi.

    Qo‘riqchilar men bilan yaxshi muomala qilgan bo‘lsa-da, turg‘unlarning aytishicha, til bilmaganlarga yaxshi muomala qilmas ekan. Ko‘pchilik taqiq sababi nimaligini bilmaydi. Xizmatchilar ham buni biz qo‘ymaganmiz deb aniq javob bermaydi. Nihoyat, meni chaqirishdi. Hoynahoy reysga olgani. Xonadoshlar bilan xayrlashib, ishlarini O‘zi o‘nglashini tiladim.

    Pasportimni qo‘limga berishmadi. Toshkentga borganingda olasan deyishdi. Polis meni uchoqqa qadar kuzatib qo‘ydi. Uchoqning eng oxiridan joy qiberishdi. Hammadan keyin tushar ekanman.

    Istanbulga kira olmadim. Rejalarim amalga oshmadi. Lekin aslo xafa emasman. Rabbimning menga tuzgan boshqa xayrli rejalari bordir!

    Davronbek Tojialiyev, jurnalist

    Ma’lumot uchun, Davronbek Tojialiyev o‘z faoliyatini 2001-yili sentabr oyidan “Ma’rifat” gazetasida muxbir bo‘lib boshlagan. 2011-yili Nyu-York shahrida chop etilgan birinchi o‘zbek gazetasi — “Vatandosh”ning bosh muharriri bo‘lgan. O‘zNetdagi ilk blogerlardan. 2004-yili “Ziyouz.com” portaliga asos solgan. Ayni paytda uning bosh muharriri hisoblanadi. Oilali, 1 o‘g‘il va 2 qizi bor.

    15.12.2020, 11:35   Izoh (0)   48639
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijon shahrida yashovchi 10 mingga yaqin ayol ishlash uchun xorijga ketgani ma’lum bo‘ldi

    15.12.2020, 11:10

    Qoidabuzarlik haqida xabar berish — illatmi yo fazilat?

    15.12.2020, 10:14

    “Hokimga ko‘p narsa bog‘liq”. Shavkat Mirziyoyev Xorazm qishloq xo‘jaligini tanqid qildi

    15.12.2020, 10:11

    Toshkentda BMW X5 haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avtomobil ag‘darilib ketdi (foto)

    15.12.2020, 09:26

    Yoshlar ittifoqi ochlik e’lon qilmoqchi bo‘lgan tadbirkorning pulini to‘lab bergani ma’lum qilindi

    15.12.2020, 08:33

    Namanganda “ZIL” va Nexia ishtirokidagi YTH oqibatida 3 kishi vafot etdi

    15.12.2020, 08:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Sistit — bu uyat emas!


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30

    AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 may, 23:25

    Nepalda o‘n minglab namoyishchilar monarxiyani tiklashni talab qilmoqda

    Dunyo | 30 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 may, 22:55

    Toshkent viloyatida svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmagan haydovchining mashinasidan giyohvand modda topildi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:40

    Surxondaryodagi 5 ta “dom”da 1,5 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:30

    Fransiya prezidenti Isroilga qarshi siyosat yuritishda ayblandi

    Dunyo | 30 may, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.