Fransiyaning France Football nashri futbol tarixidagi eng yaxshi yarim himoyachilar nomini ma’lum qildi.
- Eng yaxshi qanot yarim himoyachilari — Diyego Maradona, Pele.
- Eng yaxshi markaziy yarim himoyachilar — Xavi, Lotar Matteus.
Xavi faoliyatining katta qismini “Barselona”da o‘tkazgan va Ispaniya terma jamoasi yetakchisi bo‘lgan. Matteus esa “Bavariya” va Germaniya terma jamoasidagi harakatlari bilan tanilgan.
Nashr 3-4-3 sxemasi bo‘yicha barcha davrlar ramziy terma jamoasini tuzib chiqmoqda. G‘oliblar “Oltin to‘p” sovrini ovoz berish jarayonida ishtirok etadigan 140 nafar jurnalist o‘rtasidagi so‘rovnomaga ko‘ra aniqlandi.
Avvalroq barcha davrlarning eng yaxshi darvozaboni va eng yaxshi himoyachilar aniqlangandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)