• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Lirik bo‘lmagan komediya”. “Omadli jentlmenlar” filmi haqida

    “Omadli jentlmenlar” kriminal komediya filmi 1971-yil Aleksandr Seriy tomonidan “Mosfilm” kinostudiyasida suratga olingan bo‘lib, unga ssenariy Georgiy Daneliya bilan hamkorlikda yozilgan edi. Film katta ekranlarga 1971-yil 13-dekabrda chiqarilib, tezda mashhurlikka erishdi. 1972-yildan televideniye orqali uzatilishni boshlaganida, bir yil ichida 65 milliondan ortiq marta ko‘rildi. “Daryo” ushbu filmning siyosiy ahamiyati va u haqdagi qiziqarli faktlar haqida hikoya qiladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Bu natija o‘sha davr uchun mutlaq rekord bo‘lib, o‘zining aktualligini uzoq vaqt saqlab qoldi. Film ushbu fenomenal muvaffaqiyatga o‘zidagi iboralar, iqtibos va suhbatlar sabab erisha oldi. Filmda rollarni Yevgeniy Leonov (Yevgeniy Ivanovich va Dotsent), Georgiy Vitsin (Gavrila Petrovich), Saveliy Kramarov (Fyodor Petrovich), Radner Muratov (Vasiliy Aliboboyevich), Erast Garin (Nikolay Maltsev) va boshqalar ijro etgan edi.

    Syujet

    O‘rta Osiyoda arxeologik qidiruv qilayotgan Nikolay Maltsev o‘z jamoasi bilan Aleksandr Makedonskiyning oltin dubulg‘asini topib oladi. Bir guruh o‘g‘rilar esa bu dubulg‘ani o‘g‘irlab ketadi. Arxeolog Moskvaga qaytganida o‘g‘ri bilan qiyofadosh bo‘lgan bog‘cha mudiri — Yevgeniy Ivanovichni uchratadi. Militsiya xodimlari asl jinoyatchilarni qo‘lga oladi, lekin ular oltin dubulg‘a qayerda ekanini aytmaydi. Har qanaqa yo‘l bilan arxeologik topilmani qaytarishga uringan militsiya xodimlari Yevgeniy Ivanovichni Dotsent bo‘lib yashashiga ko‘ndiradi.

    Yevgeniy Dotsent qiyofasida sheriklari Gavrila va Fyodor (g‘ilay) oldiga qo‘shiladi. Yevgeniy militsiya xodimlari bilan birga tuzgan rejaga ko‘ra, u xotirasini yo‘qotgan, oltin dubulg‘ani qayerda ekanini eslay olmayotgan bo‘ladi va uni topishda sheriklaridan foydalanishi kerak edi. Lekin muammo paydo bo‘ladi: dubulg‘a qayerda ekanini Dotsentdan boshqa hech kim bilmas edi. Endi ular yangi reja qo‘llaydi — o‘g‘rilarga qamoqdan qochishga va dubulg‘ani topishga sharoit yaratib berish. Lekin voqealar rejalashtirilganiday yuz bermaydi, qochish davomida Vasiliy ham ularga qo‘shilib oladi.

    Yevgeniy sheriklari bilan qamoqdan qochadi va dubulg‘ani qidirish davomida birgalikda yashay boshlaydi. U Dotsent ko‘rinishida dubulg‘a haqida ko‘pchilikdan so‘raydi, lekin hech narsa topa olmaydi. Bu vaqtda haqiqiy Dotsent qamoqdan qochishga muvaffaq bo‘ladi. Militsiya Yevgeniyni ogohlantiradi, u o‘z ishini oxiriga yetkazishini aytadi. Dotsentning o‘zi ham oltin dubulg‘ani qidirishni boshlaydi.

    Yevgeniy sheriklari bilan ko‘l oldidagi muzlikdan dubulg‘ani topganida, Dotsent allaqachon ularni o‘sha yerda kutayotgan bo‘ladi. Bir-biriga ikki tomchi suvday o‘xshash Yevgeniy va Dotsent dubulg‘a uchun kurashadi, Dotsent endi to‘pponchani chiqarganida esa Vasiliy, Gavrila va Fyodor ularning har ikkalasini hushidan ketkazadi. Ular Dotsent va Yevgeniyni militsiyaga, dubulg‘ani arxeologga topshiradi. Film ozodlikka chiqqan Vasiliy, Gavrila va Fyodorga Yevgeniy barcha ishlarni aytib berishga shoshilishi bilan yakunlanadi.

    Tahlil

    “Omadli jentlmenlar” filmi kinorejissor Aleksandr Seriyning eng muvaffaqiyatli kartinasi hisoblanadi. Film katta ekranlarga chiqqanida tomoshabinlar uzoq vaqt davomida uni Georgiy Daneliya tomonidan suratga olingan, deb o‘ylaydi. Aleksandr Seriy endigina qamoqdan ozod bo‘lgani va moddiy qiyinchiliklari sabab Daneliya oldiga filmni suratga olish taklifi bilan chiqdi va birgalikda ssenariy yozishni boshlaydi. Daneliya, o‘z navbatida, filmni suratga olish uchun homiylik vazifasini ham bajardi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Film asosiy e’tiborini boshqa komediyalardan farqli ravishda sevgi rishtalariga emas, balki do‘stlikka qaratgan. Boshlanish sahnalaridagi qo‘shimcha qilingan “lirik bo‘lmagan komediya” yozuvi ham bunga ishora sanalar edi. Ammo film o‘zi bilan jinoyat olamini aholi orasida “romanizatsiyasi”ga sabab deb ko‘rilib, ko‘plab senzuralarga uchrashni boshladi. “Omadli jentlmenlar” filmi jinoyatchilar bosh rolda tasvirlangan ilk sovet kinosi hisoblanib, o‘zidan so‘ng “jinoiy” fenomen qoldirdi. 1972-yildan keyin ko‘plab filmlarda jinoyatchilar bosh rolda chiqa boshladi. Undan oldin esa faqat chet el kinolarida jinoyatchilar bosh rolda ko‘rsatilgan edi. Ushbu omil sabab avvaliga film senzuraga uchradi.

    Film muvaffaqiyatiga asosiy omil bo‘lgan jinoiy iboralarning barchasi Seriy tomonidan qo‘shildi. Rejissor bu iboralarni qamoqda bo‘lgan vaqtida qayd qilib kelgan bo‘ladi. Ushbu “ko‘cha tili” deb atalgan jargon sabab film o‘zining tabiiy ko‘rinishini saqlab qolgan. Lekin ayni shu omil sabab katta ekranlarga chiqishi uzoq muddat talab qilgan. Leonid Brejnevning o‘zi kinokartinani tomosha qilganidan so‘ng namoyish cheklanishiga sabab ko‘rmaganini aytib, kinoteatrlarga yo‘l ochib beradi.

    Suratga olish ishlari

    Filmning surat olish ishlari 1970-yil dekabrdan to 1971-yil apreligacha davom etgan va ancha mashaqqatli kechgan. Boshlanish sahnalaridagi O‘rta Osiyo deb tanishtirilgan joy, qamoq sahnalari va o‘g‘rilarning bir-biri bilan tanishgan joylar Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida bo‘lib o‘tgan. Filmda amalga oshirish eng qiyin bo‘lgan sahna ishtirokidagi lavha bo‘lib, ushbu qisqa voqea uchun salkam bir oy vaqt sarflangan.

    Kasting ham uzoq vaqt talab qilgan, bosh roldagi Yevgeniy Leonovdan boshqa barcha aktyorlar bir necha bor o‘zgargan. Filmda Leonovning xarizmatik faoliyati yaqqol ko‘rinib turgan. Bundan tashqari Vasiliy rolini ijro etish uchun aktyor topish eng uzoq vaqtni talab qilgan, Radner Muratov esa ilk katta roli orqali mashhurlikka erishishni boshlagan.

    2006-yili filmning 35 yilligiga Qozog‘istonning Taraz shahrida bosh qahramonlar uchun haykal o‘rnatildi.

    2012-yilda esa film “Jentlmenlar, omad!” nomi ostida qayta ishlangan. Undagi barcha voqealar deyarli bir xil bo‘lib, faqatgina davr o‘zgarishi: 1970-yillarning 2010-yillarga ko‘chishi kuzatildi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Xulosa

    Barchamizga qadrdon bo‘lgan kinokomediya “Omadli jentlmenlar” davrlar almashib, yillar o‘tsa-da, haligacha eng ko‘p qayta ko‘riladigan sevimli filmlarimiz qatoridan joy olgan. Buning asosiy muvaffaqiyatlari deb, shubhasiz, aktyorlar mahorati-yu, ularning ssenariyda yozilgan ajoyib gaplarini misol qila olamiz. Bosh roldagi Yevgeniy Leonov samimiy tarbiyachi va qo‘pol jinoyatchi obrazlari orqali tomoshabinlarga shedevr komediyani taqdim etgan. Voqealar davomidagi qahramonlarga ishlatilgan laqablar va jarayonlarga nisbatan jargonlar kinoning qiziqarli tus olishini ta’minlab turadi.

    Shu sabab, filmning suratga olinishiga hissa qo‘shib, o‘zidan buyuk iz qoldirgan ijodiy guruh a’zolariga bemalol “Omadli jentlmenlar” iborasini ishlatsak ham bo‘ladi.

    Farrux Adhamjonov tayyorladi.

    13.12.2020, 15:13   Izoh (0)   36543
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ishonish qiyin, ammo fakt: Qo‘shiq va raqslarsiz suratga olingan Bollivud filmlari (foto)

    11.12.2020, 20:18

    “Shukrona”dagi Maryam — Odina To‘xtasinova: Tarjimondan aktrisaga aylangan hamshira (foto)

    11.12.2020, 11:27

    Jorj Kluni suratga olish ishlari uchun keskin ozgani sabab kasalxonaga tushib qoldi

    11.12.2020, 09:26

    “Dovod”, “Soprano klani” va “Taxtlar o‘yini”: Reddit yilning eng ko‘p muhokama qilingan film va seriallarini reytingni e’lon qildi

    10.12.2020, 16:14

    “Ishdagi ishq” filmi yulduzi Alisa Freyndlix 86 yoshda. Aktrisa haqida ko‘pchilik bilmaydigan qiziqarli ma’lumotlar (foto)

    08.12.2020, 22:47

    “Uddalab bo‘lmas topshiriq-8” filmi kosmosda suratga olinadi

    08.12.2020, 19:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.