• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Rasul Kusherbayev “snos”lar bilan bog‘liq muammolarni yechish uchun moratoriy e’lon qilishni taklif etdi

    O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev mamlakatda xususiy mulk obyektlarining hokimiyat organlari tomonidan buzilishi va bo‘shagan yerlarni olib qo‘yish bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun buzish ishlariga moratoriy e’lon qilishni taklif etdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Deputatning qayd etishicha, buzilgan obyektlar uchun kompensatsiyani qoplashga mablag‘ bor yoki yo‘q ekanligiga qaramay “ura-ura”chilik oqibatida qisqa vaqt ichida qo‘plab xususiy mulklarga zarar yetkazildi, ayrimlarda xususiy mulk daxlsizligiga bo‘lgan ishonch sindi va sinmoqda.

    “Bugun esa yetkazilgan zararlarni qoplash o‘lganning ustiga tepgandek ko‘pgina rejalarning to‘xtab qolishiga ham sabab bo‘lyapti. Ayniqsa, rivojlanishning asosiy kafolati bo‘lgan investitsiya jalb etish masalasi hammasidan ham xavotirli.

    Birovning peshona teri bilan qurgan joyini asossiz, roziliksiz buzishni hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi. Bunga yo‘l qo‘yish zulm bilan barobar, zulm esa yomon”, — deb yozdi Rasul Kusherbayev.

    Rasul Kusherbayevning fikricha, investitsiya jalb etishda xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash eng muhim talab ekanligi va asosiy ish o‘rni yaratuvchilar, soliq to‘lovchilar ham xususiy mulk egalari bo‘lgan tadbirkorlar hissasiga to‘g‘ri kelishini inobatga olinsa, aynan “snos” masalasida ma’lum muddatga moratoriy e’lon qilish ayni paytda muammoni yechishning to‘g‘ri yo‘li hisoblanadi.

    Uning qayd etishicha, moratoriy bo‘lmas ekan, joylar alohida guruhlarning manfaati uchun buzilishi, yerlarning asossiz olib qo‘yilishi davom etishi mumkin.

    “‘Snos’ga qarshi moratoriy ayrim joylarda xususiy mulk daxlsizligi nima ekanligini tushunmaydigan, Konstitutsiya va qonunlardagi talablardan chuqur xabardor bo‘lmagan faol ‘ijrochi’larning qayernidir buzib, yerni olib qo‘yaman, degan fikridan voz kechib, shu yurt kelajagi uchun o‘z harakatlarini o‘ylab ko‘rishga undagan, fuqarolarda esa ishonch uyg‘otib, investitsiya ishtiyoqini oshirgan bo‘lar edi.

    Biz nafaqat qog‘ozda, balki amalda ham xususiy mulk daxlsizligi ta’minlangan, turmushi farovon, Konstitutsiyasi ustuvor jamiyatda yashashni istaymiz xolos”, — deya fikr bildirgan deputat.

    Kusherbayevning ma’lum qilishicha, 18-dekabr kuni soat 15:00 da Uchtepa tumanlararo sudida “snos” bilan bog‘liq yana bir sud ishi ko‘rib chiqiladi.

    Fuqaro S.Nogay Shayxontohur tumanidagi Navoiy ko‘chasida joylashgan 125 kvadrat metr do‘koni buzib tashlanganligi uchun Toshkent shahar hokimiyatidan 1,2 milliard so‘m zarar undirishni so‘ramoqda. Ishni sobiq deputat, ayni paytda fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi sudyasi N.Murodov ko‘rib chiqishi belgilangan.

    “Bunday ishlarni ko‘rib chiqish oson emas. Ayniqsa, haligacha ijro hokimiyati tizimida har qanday hokimiyatga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlari saqlanib qolayotgan bir paytda katta miqdordagi mablag‘ni fuqaroga undirib berish masalasini hal etish sudyadan ham professional bilim, malaka va jur’at talab qiladi.

    Biroq nima bo‘lganda ham biz jarayonning ta’sirlardan xoli, mustaqil va adolatli hal etilishi tarafdorimiz va voqealar rivojini kutamiz”, — deya qo‘shimcha qilgan deputat.

    Avvalroq fuqaro S.Nogayning Navoiy ko‘chasida joylashgan do‘koni buzib tashlanganligi va kompensatsiya to‘lanmagani uchun Shayxontohur tumani prokuraturasi Toshkent shahar hokimligini sudga bergani xabar qilingandi.

    Eslatib o‘tamiz, Rasul Kusherbayev 2021-yilgi davlat budjeti loyihasida “snos”lar bo‘yicha tadbirkorlarga ajratilgan pul juda kamligini tanqid qilgandi.

    10.12.2020, 22:10   Izoh (0)   20758
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda 3 nafar maktab o‘quvchisini aldab, ularning ziragini yechib olgan ayol ushlandi

    10.12.2020, 21:57

    UNISEF O‘zbekistonda bolalarning vaqtida emlanganini monitoring qilish uchun 16 ta avtomobil taqdim etdi

    10.12.2020, 21:33

    “So‘x voqealari”ni o‘rganayotgan sudda so‘z olgan ayblanuvchi Vatanini himoya qilganini ma’lum qildi

    10.12.2020, 21:09

    Qoraqalpog‘istonda bir oilaning 4 nafar a’zosi va 2 nafar mehmon is gazidan zaharlanib vafot etdi

    10.12.2020, 20:59

    Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi

    10.12.2020, 20:35

    O‘zbekistondagi qaysi sohalarda korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori ekani ma’lum qilindi

    10.12.2020, 20:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.