• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi Xitoy vaksinasining sinovlari boshlandi

    Xitoy vaksinasining O‘zbekistondagi klinik sinovlari boshlandi, deya xabar bermoqda Innovatsion rivojlanish vazirligi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ma’lum qilinishicha, vazirlik binosida 10-dekabr kuni O‘zbekistonda yangi koronavirus rekombinant vaksinasi (CHO hujayra) xalqaro klinik sinovlarining 3-fazasi boshlanishiga bag‘ishlangan marosim o‘tkazildi. Marosimda bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev, innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Xitoyning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Szyan Yan, Chongqing Zhifei Biological kompaniyasining raisi va bosh direktori Szyan Renshen, Xitoy Fanlar akademiyasining Mikrobiologiya instituti ilmiy xodimlari qatnashdi.

    Innovatsion rivojlanish hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklari tomonidan Xitoyning Xitoy Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutining ishlanmasi asosida Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi ishlab chiqqan koronavirusga qarshi vaksinaning uchinchi bosqich klinik sinovlarini o‘tkazish ishlari boshlandi.

    Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi

    Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi

    Xitoydagi O‘zbekiston elchixonasi yordamida O‘zbekistonga Zhifei kompaniyasi tomonidan 6000 dona sinov vaksinasi (50 foiz haqiqiy vaksina, 50 foiz platsebo), 12 ming dona PZR testlar, 8 ming dona antitanalarni aniqlovchi testlar hamda barcha ishlatiladigan yordamchi materiallar (shprits, niqob, ko‘zoynak, krioprobirkalar, homiladorlik testlari) olib kelindi.

    Klinik sinovlarni o‘tkazish uchun jami 5 ming nafar ko‘ngilli tanlab olindi. Jarayonning ba’zi jihatlarini e’tiborga olgan holda ko‘ngillilarning shaxsi oshkor qilinmasligiga kelishildi.

    Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi

    Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi

    Shuningdek, Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasining 8 nafar mutaxassislari Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligidagi Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari bilan birgalikda sinov o‘tkaziladigan poliklinikalari vrach va hamshiralari uchun vaksinatsiya tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha treninglar o‘tkazdi.

    Mazkur kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan va hozirda klinik sinovdan o‘tishi boshlanadigan vaksina koronavirus yuza antigenining genetik–muhandislik oqsili bo‘lib, u adenovirus hamda inaktivlashgan vaksina turlari bilan taqqoslanganda yuqori darajada xavfsiz hisoblanadi. Ya’ni rekombinant oqsil ko‘rinishidagi vaksina virusning bir bo‘lagini yuqori texnologiyalar asosida sun’iy ko‘paytirib olishga asoslangan. Genetik–muhandislik oqsili zararlangan organizmda aynan unga qarshi antitanachalar ishlab chiqaradi.

    Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi

    Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi

    Ma’lum qilinishicha, vaksina 1- va 2-faza klinik sinovlarda nisbatan yuqori xavfsizlik profiliga egaligini namoyon etgan. Innovatsion rivojlanish vazirligi rahbariyatining 20 ta ko‘ngilli oila a’zolari Xitoydan olib kelingan rekombinant vaksina bilan birinchi dozada emlandi.

    Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari Shahloxon Turdiqulova “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimovga bergan qisqacha intervyusida Xitoy vaksinasining O‘zbekistondagi klinik sinovlari Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ruxsat berganidan so‘nggina boshlanishini ma’lum qilgandi.

    Eslatib o‘tamiz, 21-oktabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi koronavirusga qarshi rekombinant vaksinaning klinik sinovlarini O‘zbekistonda tashkil etish masalasi bo‘yicha Xitoy Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti va Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazgan edi.

    Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi bergan ma’lumotga ko‘ra, vaksina ustida sifat nazorati tekshiruvlarini o‘tkazish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligining Ilg‘or texnologiyalar markazi agentlikka 21-oktabr kuni emas, balki 19-noyabr kuni taqdim etgan. Xitoy vaksinasining platsebo namunalari va tegishli standartlar hamda reagentlar Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi Davlat markazi tomonidan qabul qilingan.

    Avvalroq innovatsion rivojlanish vaziri, biolog olim Ibrohim Abdurahmonov Xitoy vaksinasini ijobiy baholagan. Vazir vaksina oluvchilar 18 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lgan bitta guruh, ikkinchi guruhga esa 60 yoshdan yuqori bo‘lganlar kirishini ta’kidlab o‘tgan. Vaksinaning nojo‘ya xavfli ta’sirlar paydo bo‘lganda, ya’ni 15 foiz odamlarda shu holat kuzatilsa, zudlik bilan zarur chora-tadbirlar ko‘riladi hamda o‘rganish boshlanadi. Lekin bu agar 30 foizga yetadigan bo‘lsa, vaksina sinovlari to‘xtatiladi.

    Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Xojiboyev 2020-yil oxiri yoki 2021-yil boshlarida O‘zbekiston “Sputnik V” vaksinasining klinik sinovlariga kirishishni mo‘ljallayotganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, O‘zbekiston Rossiyaning “Vektor” ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqarilgan “EpiVakKorona” vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng uning qo‘shma sinovlarini o‘tkazishga qiziqish bildirgandi. Hindiston ham koronavirusga qarshi vaksinalarini O‘zbekistonga taklif qilgan. O‘zbekistonda 2021-yilning iyuniga qadar 60 foizgacha aholini koronavirusga qarshi emlash rejalashtirilgan.

    10.12.2020, 18:56   Izoh (0)   35750
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan videoanjuman tarzida uchrashuv o‘tkazadi

    10.12.2020, 18:32

    Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

    10.12.2020, 18:09

    Akmal Burhonov: Davlat amaldorlarining xorijda aktivlar sotib olishini tartibga solish vaqti keldi

    10.12.2020, 17:27

    “O‘zeltexsanoat” “Foton”ning davlat aksiyalari paketini Rossiya investorlariga taklif qildi

    10.12.2020, 17:03

    Korrupsionerlar shaxsi haqidagi ma’lumotlar e’lon qilib boriladigan platforma ishlab chiqilmoqda – Akmal Burhonov

    10.12.2020, 16:50

    Vazirlar Mahkamasining Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyatiga mudir tayinlandi

    10.12.2020, 16:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Dunyo | 23 avgust, 13:22

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.