Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ikkinchi tipdagi diabetga chalinganlarga iste’mol qilish tavsiya etiladigan qora non qondagi shakar miqdorining oshishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda diyetolog Maykl Mosliga tayanib, “Korrespondent.net” xabar beradi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Ta’kidlanishicha, qora nonni tanlash vaqtida ehtiyotkor bo‘lish lozim, chunki do‘konlarda sotiladigan uning ko‘plab turlari tarkibida turli qo‘shimchalar mavjud.

Moslining so‘zlariga ko‘ra, “qora nonlarning aksariyati — shunchaki bo‘yab qo‘yilgan oq non”. U diabeti borlarga ovqatga qo‘shib non emas, boshoqli donlarni (javdar, arpa, qora guruch, grechka), shuningdek, dukkakli o‘simliklarni iste’mol qilishni maslahat beradi.

Ushbu mahsulotlar tarkibida qondagi shakar miqdorining keskin o‘zgarishini to‘xtatib turadigan va ichak mikroflorasini ushlab turuvchi to‘qimalar uchun murakkab uglevodlar mavjud.

Shuningdek, dieta vaqtida shirinliklar yeyish, mevali sharbatlar va gazlangan ichimliklar ichishni minimumga tushirish kerak.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova