Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan tashkil qilinadigan barcha tadbirlarda ishtirok etishi taqiqlandi. Bu haqda qo‘mita prezidenti Tomas Baxga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Taqiq Olimpiada o‘yinlariga ham taalluqli bo‘ladi. Hozircha mazkur chora vaqtinchalik hisoblanadi. Baxning so‘zlariga ko‘ra, Aleksandr Lukashenko rahbarlik qiladigan Belarus Milliy olimpiya qo‘mitasining hozirgi rahbariyati sportchilarni siyosiy kamsitishdan himoya qilmaydi.
Kelgusi Olimpiada o‘yinlari 2021-yilning yozida Tokioda bo‘lib o‘tishi kerak. O‘yinlar koronavirus pandemiyasi sababli bir yilga qoldirilgandi.
Belarusda 9-avgustdagi prezidentlik saylovidan keyin boshlangan ommaviy norozilik namoyishlari to‘rt oydan buyon davom etmoqda.
Izoh (0)