AQShning Yuta shtatida topilgan metall monolitning yana bir nusxasi Buyuk Britaniyaning Uayt orolida ham topildi, deb yozadi Sky News.
Monumentga birinchi bo‘lib 29 yoshli Tom Danford ismli fuqaro duch kelgan. 6-dekabr tongida u turmush o‘rtog‘i va singlisi bilan itini aylantirgani olib chiqqanida plyajda ko‘zgusimon monolitga duch kelgan. “So‘nggi vaqtlardagi monolitlar tarixiga oid barcha narsadan xabarim bor, shu sababli uni darhol tanidim”, — deydi erkak. Monument aynan kim tomonidan o‘rnatilgani noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, 18-noyabr kuni AQShning Yuta shtatida hamda 26-noyabr kuni Ruminiya shimolida tashqi ko‘rinishi bilan Stenli Kubrikning “Fazoviy sayohatnoma” filmidagiga o‘xshash uchburchak monolitlar topilgani, keyinroq ular joyidan yo‘qolib qolgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, 4-dekabr kuni Kaliforniyada ham yangi monolit topilgan — uni ham kim o‘rnatgani noma’lum.
Izoh (0)