Soligorskning “Shaxtyor” klubi hujumchisi Jasur Yaxshiboyev “Energetik-BGU”ning 2020-yilgi mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
Jasur so‘rovnomada 22 foiz ovoz to‘plagan holda birinchilikni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, o‘zbekistonlik futbolchi yana ikki nominatsiyada tengsiz bo‘ldi. Yaxshiboyev “Energetik-BGU”ning mavsumdagi eng yaxshi legioneri (46%) va eng yaxshi hujumchisi (50%) sifatida ham e’tirof etildi.
Eslatib o‘tamiz, Jasur minskliklar safida bir davra harakat qildi va shundan keyin “Shaxtyor” safiga yo‘l oldi. U “talabalar” safida Belarus chempionatida 14 o‘yin o‘tkazib, 9 gol va uchta golli uzatma amalga oshirdi.
Yaxshiboyev “Shaxtyor” bilan 2020-yilgi mavsum chempionligini qo‘lga kiritdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)