• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Uyg‘onish davridagi Italiyani titratgan fojia. Neapoldagi 7,2 balli zilzila tarixi

    Hozirgi ba’zi olimlarning fikriga ko‘ra, katta zilzilalar zamon va makonda ancha tartibli tarzda sodir bo‘ladi. Shu sababli ham bugungi kunda zilzilalarga oldindan tayyorlanish, undan keladigan talafotlarning oldini olish mumkin. Zamonaviy dunyoda bu odatiy narsadek tuyuladi, ammo texnika rivojlanmagan davrlardachi? “Daryo” bugun XV asrning talafotli zilzilasi haqida hikoya qiladi.

    Italiya yarimorolidagi eng kuchli zilzila

    1456-yilning aynan shu kunida sodir bo‘lgan zilzilaning ma’lumotlari qayta o‘rganilishi natijasida, ushbu yer silkinishi Italiya yarimorolida sodir bo‘lgan eng kuchli zilzila ekani ma’lum bo‘ldi. Ushbu zilzila haqida ma’lumotlar cheklangan bo‘lsa-da, olimlar silkinishning zararlari, xarakteri va tektonik harakatlarini o‘rganishga muvaffaq bo‘ldi. Italiya tarixidagi eng kuchli zilzila ko‘lami juda keng bo‘lgan, butun Italiya hududining olti foizi undan aziyat chekdi. Italiya va Germaniyaning ko‘plab shaharlari vayron bo‘ldi. Ko‘plab aholi punktlari, ayniqsa, qirg‘oq bo‘yida yashovchi aholidan hatto iz ham qolmadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    1456-yildagi seysmik inqirozda kamida ikkita kuchli shok bo‘lgan bo‘lib, ularning biri 5-dekabrda, yana biri esa 25 kun o‘tib bo‘lgan — 30-dekabrda. Birinchi meynshokdan so‘ng, 5—10-dekabrgacha maksimal zarar yetgani haqida xabarlar qoldirilgan. Bu haqda u zamonda eng aktual bo‘lgan xatlar, rasmiy bayonotlar, hisobotlarda yozib qoldirilgan.

    Oyning qolgan qismida, ikkinchi asosiy shok sodir bo‘lgunicha, bir nechta bilinar-bilinmas silkinishlar sodir bo‘ldi. Ketma-ketlik 1457-yil boshiga qadar (ba’zi manbalarda maygacha) davom etdi va bu ko‘proq zarar yetkazdi.

    Talafot

    Neapol zilzilasini ikki xil yo‘l bilan tasvirlash mumkin: xalq tili yoki qurbonlar soni bilan. Birinchi variant bilan aytadigan bo‘lsak, Italiya tarixidagi eng kuchli yer silkinishi “shaharni ildizi bilan qo‘porib tashladi”. Ikkinchi variantda raqamlar so‘zlaydi — 35 ming qurbon. 5-dekabrda sodir bo‘lgan silkinishda asosiy zarar ko‘rgan hududlar Napoli va Piana Kamapana bo‘ldi. Butun shahar vayronaga aylandi. Ko‘pchilikning oxirgi so‘zlari tuproq ostida aytilmay qolib ketdi...

    Italyan seysmologlari ushbu davomli zilzilani ikkita alohida silkinishga ajaratadi. Birinchisi — 5-dekabrdagi — 7,2 magnitudali. Ikkinchisi 30-dekabda sodir bo‘lgan — 6,6 magnitudali. O‘rganishlar natijasida bundan keyin ham kuchliroq zilzilalar sodir bo‘lsa-da, ushbu silkinish zararlari hisoblab chiqilib, eng talafotli zilzila deb topilgan.

    Italiya tarixidagi eng kuchli zilzilalar

    Yuqorida so‘z yuritilgan yer silkinishi, ta’kidlanganidek, yarimorol tarixidagi eng kuchlisi edi. Undan so‘ng Italiya yana bir necha marotaba “titradi”.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    30-iyul, 1626-yil. Yana Neapol. Ushbu zilzila bu safar 10 minglab qurbon talab qildi.

    8-sentabr, 1905-yil. Kalabriya yarimorolida (Italiya) Rixter shkalasi bo‘yicha 7,9 balli zilzila sodir bo‘ldi. Taxminan, besh ming kishi halok bo‘ldi, 25 ta qishloq deyarli vayron bo‘ldi.

    1908-yil 28-dekabrda Sitsiliya orolida Rixter shkalasi bo‘yicha 7,5 balli zilzila bo‘lib, Messina shahri va yaqin atrofdagi 25 ta aholi punktini butunlay vayron qildi. Turli manbalarga ko‘ra, 80 mingdan 250 minggacha odam qurbon bo‘ldi.

    1915-yil 13-yanvarda Apennin tog‘ tizmasining markaziy qismida, Avezzano yaqinida zilzila sodir bo‘ldi. Taxminan, 1600 kvadrat kilometr maydonga, yuzlab shahar va qishloqlarga ushbu tabiiy ofat ta’sir ko‘rsatdi. Kuchli silkinishlar Adriatikadan tortib yarimorolning Tirren qirg‘oqlariga qadar bo‘lgan hududlarda sezildi. Taxminan, 30 ming kishi vafot etdi.

    1980-yil 23-noyabr. Italiyaning janubida Rixter shkalasi bo‘yicha 6,8 gacha bo‘lgan yetti zarbadan iborat zilzila uch ming kishining hayotiga zomin bo‘ldi, 1,5 ming kishi g‘oyib bo‘ldi, sakkiz ming kishi jarohat oldi, 200 ming kishi uysiz qoldi. Zilzila Neapol va Potentsa orasidagi 26 ming kvadrat kilometr kenglikdagi maydonni qamrab oldi.

    Italiyada oxirgi ikki dekadada sodir bo‘lgan kuchli zilzilalar ham yo‘q emas. Masalan, 2002-yil 31-oktabrda Italiyaning markaziy va janubiy mintaqalarida kuchli yer silkinishi qayd qilindi. Rixter shkalasi bo‘yicha 5,4 balli zilzila San-Juliano qishlog‘idagi maktabni vayron qildi. 29 kishi halok bo‘ldi, ulardan 26 tasi bolalar. 61 kishi jarohat oldi, uch ming kishi boshpanasiz qoldi.

    2009-yilning 6-aprel sanasida Abrusi tog‘li hududida 6,7 magnitudali yer qimirlashi qayd qilindi. Eng ko‘p zararni Akvila shahri ko‘rgan bo‘lsa, Rim ham ushbu silkinishni sezdi. Ba’zi aholi punktlarida binolar 50 foizgacha zarar ko‘rdi. Kuchli, ammo talafotsiz o‘tgan kam sonli zilzilalardan biri desak ham bo‘ladi.

    Mijalol Qosimov tayyorladi.

    05.12.2020, 21:54   Izoh (0)   49408
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 66 milliondan oshdi

    05.12.2020, 20:11

    Qirg‘iziston barcha mamlakat fuqarolarining o‘z hududiga kirishiga ruxsat berdi

    05.12.2020, 19:08

    Rossiyada yana 28 782 kishida COVID-19 qayd etildi. Bu sutka davomida kasallanganlar soni bo‘yicha yangi antirekord

    05.12.2020, 16:53

    Koronavirusga qarshi vaksina yaratgan BioNTech kompaniyasi rahbari dunyodagi eng boy 500 odam qatoriga kirdi

    05.12.2020, 15:37

    Shimoliy Koreyada karantin qoidalarini buzgan erkak omma oldida otib o‘ldirildi

    05.12.2020, 15:16

    Financial Times Nursulton Nazarboyevning kuyovi Markaziy Osiyodan Xitoyga gaz quvuri qurish loyihasidan bir necha o‘n million dollar topganini ma’lum qildi

    05.12.2020, 14:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fuqarolarni xorijga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan litsenziyasiz tashkilotlar jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 12 may, 23:50

    “Daryo” dayjesti: 12-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 12 may, 23:30

    Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:50

    Samarqandda uch kishi bir bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:40

    Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:30

    Navoiyda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:20

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 900 mln yevro ajratadi

    Dunyo | 12 may, 22:20

    Pentagon migrantlarni Guantanamoga olib borish va qaytarish uchun millionlab dollar sarfladi

    Dunyo | 12 may, 22:10

    Qamchiq dovonida ikki kishi yuk mashinasi xandaqqa tushib ketishi oqibatida kabinaga qisilib qoldi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.