• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.92
    • RUB155.96
    • EUR14630.36
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Farg‘onalik o‘qituvchilarning tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tish to‘g‘risidagi da’vosi sudda qanoatlantirildi

    Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumani ma’muriy sudida hududdagi 4-maktabning olti nafar o‘qituvchisi manfaatini ko‘zlab adliya bo‘limi tomonidan kiritilgan da’vo arizasi ko‘rib chiqildi. Ma’muriy sud raisi Kamoliddin Rahimov raisligida o‘tgan sud majlisida o‘qituvchilarni tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tkazish talabi qanoatlantirilgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Uchko‘prik tumani adliya bo‘limi boshlig‘i Shukurjon Xolmatovning ma’lum qilishicha, tumandagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari — M.Qodirova, N.Qodirova, O.Bozorova, D.Tojiyeva, D.Masoliyeva, Z.Ermatovaning bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tish huquqidan foydalanish masalasida amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati o‘rganib chiqilgan.

    Aniqlanishicha, umumiy o‘rta ta’lim va maktabgacha ta’lim muassasalarining pedagog va boshqa xodimlari Uchko‘prik tumani tibbiyot birlashmasining xo‘jalik hisobidagi pullik xizmat bo‘limi tomonidan to‘lov asosida majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tib kelgan.

    Mehnat kodeksining 214-moddasiga muvofiq ish beruvchi umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim va boshqa muassasalarning bevosita bolalarga ta’lim yoki tarbiya berish bilan mashg‘ul bo‘lgan pedagog va boshqa xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilishi shartligi, tibbiy ko‘rikdan o‘tilishi munosabati bilan xodimlar chiqimdor bo‘lmasligi ko‘rsatilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 45-moddasiga ko‘ra, pedagog xodimlar davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tish huquqiga ega.

    Qayd etilishicha, Uchko‘prik tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi rahbariyati 2020-yilning 7-oktabr kuni tuman tibbiyot birlashmasiga maktab ishchi-xodimlarini belgilangan tartibda bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish masalasida murojaat qilgan. Lekin tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan maktab ishchi-xodimlarini bepul tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilmagan.

    Mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tumani adliya bo‘limi tomonidan 2020-yil 8-oktabrda tibbiyot birlashmasiga tumandagi davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlarining pedagog va boshqa xodimlarining bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini ta’minlash to‘g‘risida taqdimnoma kiritilgan. Ushbu taqdimnomaga javoban tuman tibbiyot birlashmasi budjet tashkilotlari xodimlarining tibbiy ko‘rikdan o‘tish xarajatlarini ish beruvchi shartnoma asosida pul ko‘chirish yo‘li bilan qoplashi kerakligi ma’lum qilingan. Vaholanki, sog‘liqni saqlash vazirining 2012-yilning 10-iyuldagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda tibbiy ko‘riklar shartnoma asosida o‘tkazilishi ko‘rsatilmagan.

    Sud majlisida ta’kidlanishicha, Uchko‘prik tumani tibbiyot birlashmasi mansabdor shaxslari tomonidan mazkur qonun hujjatlari talablari qo‘pol ravishda buzilib, davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari ishchi-xodimlarining davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tish huquqi poymol qilingan.

    Sud qarori bilan javobgar Uchko‘prik tumani tibbiyot birlashmasi mansabdor shaxslarining harakatlari yoki harakatsizligi qonunga xilof deb topilib, tibbiyot birlashmasiga 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari M.Qodirova, N.Qodirova, O.Bozorova, D.Tojiyeva, D.Masoliyeva, Z.Ermatovani belgilangan tartibda bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish majburiyati yuklangan.

    Mavzuga doir: 

    • Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va UzAuto Motors o‘rtasidagi sud ishi qayta ko‘rib chiqiladi
    • “Yangi O‘zbekistondagi eski O‘zbekistonga ‘g‘alaba’ muborak” — Rasul Kusherbayev UzAuto Motors’ning sudda yutib chiqqaniga munosabat bildirdi

    04.12.2020, 10:08   Izoh (0)   19795
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    2020/21-yilgi o‘quv mavsumidan boshlab bola 7 yoshga to‘ladigan yilida 1-sinfga qabul qilinadi

    04.12.2020, 09:40

    Rossiyada qiyin ahvolga tushib qolib, o‘rmonda yashayotgan o‘zbekistonlik erkak va uning 7 yoshli o‘g‘li vatanga qaytarildi

    04.12.2020, 08:43

    Uzbekistan Airways Toshkent va Nur-Sulton o‘rtasidagi doimiy qatnovlarni tiklaydi, Olmaotaga qo‘shimcha reys qo‘yiladi

    04.12.2020, 08:27

    O‘zbekiston Adliya vazirligi fuqarolardan ortiqcha hujjat talab qilgan o‘nga yaqin OTMni jazoladi

    04.12.2020, 07:36

    Toshkentda bir oy ichida sovuq qurol bilan yurgan 500 dan ortiq kishi aniqlandi

    04.12.2020, 06:37

    “O‘rikzor” bozori ikki yil ichida minusdan bir necha milliard so‘mlik foydaga chiqib oldi

    04.12.2020, 06:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 

     

    Tavsiya etamiz

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
    Audio Icon

    Kichik xonada istiqomat, saraton tashxisi va tarixiy rekord. Hamzat Chimayevning chempionlikka qadar bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘li haqida

    19 avgust, 14:57

    Belgiya maktablarida telefondan foydalanish taqiqlanadi

    19 avgust, 11:31

    “Skibidi”, “delulu”: Kembrij lug‘atiga TikTok’da mashhur bo‘lgan o‘smirlar so‘zlari qo‘shildi

    19 avgust, 10:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda “Yosh tadbirkorlar” chempionati o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 20 avgust, 14:47

    O‘zbekistonda mehmonxona qurmoqchi bo‘lgan tadbirkorlardan yerlarni sotib olish uchun to‘lov undirilmaydi

    O‘zbekiston | 20 avgust, 14:37

    Neslihan Atagul 32 yoshda: turk kino yulduzi ishtirokidagi eng sara film va seriallar

    Kino | 20 avgust, 14:30

    Kilian Mbappe yangi raqami haqidagi savolga hazilomuz javob qaytardi

    Sport | 20 avgust, 14:22

    Qiz yigitini 14 ming dollarga qul qilib sotib, Tailandga dam olishga ketdi

    Dunyo | 20 avgust, 14:20

    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi

    Reklama | 20 avgust, 12:00

    O‘zbekistonda tadbirkorlarga eksportda muddati o‘tgan qarzdorlik uchun jarima undirishga bir yillik moratoriy e’lon qilinadi

    O‘zbekiston | 20 avgust, 14:11

    “Yangi Toshkent darvozalari biznes qilaman, degan barcha tadbirkorlar uchun hamisha ochiq bo‘ladi” — prezident

    O‘zbekiston | 20 avgust, 13:57

    Andijon va Toshkent viloyatida fuqarolarni pul evaziga Latviyaga ishga jo‘natmoqchi bo‘lganlar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 avgust, 13:54
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.