“Chelsi” hujumchisi Olivye Jiru Yevropa Chempionlar Ligasining 5-tur yakunlari bo‘yicha haftaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
Fransiyalik 34 yoshli hujumchi “Sevilya”ga qarshi uchrashuvda (4:0) poker qayd etdi.
Shuningdek, ushbu nom uchun quyidagi futbolchilar kurash olib borgandi:
- Irfon Kahveji (“Istanbul Bashakshehir”) — “Leypsig”ga qarshi uchrashuvda (3:4) 3 ta gol;
- Merim Berisha (“Zalsburg”) — “Lokomotiv”ga qarshi bahsda (3:1) ikkita gol;
- Romelu Lukaku (“Inter”) — “Borussiya M”ga qarshi bellashuvda (3:2) 2 ta gol.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)