• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Leypsig universiteti tarixi va buguni: 600 yillik qadriyatlar va novatorlik o‘chog‘i

    Leypsig universiteti Germaniya oliy ta’lim muassasalari orasida Geydelberg universitetidan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi qadimiy universitetlardan biri sanaladi. 2009-yilda shu kuni Leypsig universiteti 600 yillik yubileyini nishonladi. “Daryo” sana munosabati bilan universitet tarixi, ta’lim va fakultetlar haqida hikoya qiladi.

    Universitetning tashkil topishi

    1409-yilda Pragadagi Karl universitetida guschilar harakati natijasida mingga yaqin nemis professor o‘qituvchilari va talabalari Leypsigga ko‘chib o‘tdi va fakultet tashkil qildi. Shahar hokimiyati universitetga zudlik bilan Pitershtrassedan joy ajratdi. Saksoniya kurfyursti Fridrix I Jangchi va Vilgelm II Boy universitetni ta’minlash uchun yiliga 500 gulden ajratdi.

    Foto: picture-alliance.com

    1409-yilning ikkinchi dekabrida teolog olim Iogannes Otto fon Myunsterberg rektor etib tayinlandi va universitet nizomini o‘qib eshittirdi. 1415-yilda tibbiyot fakulteti, 1446-yilda yurisprudensiya fakulteti tashkil qilindi. 1543-yilda esa Albertina kutubxonasi ochildi. Universitet kurfyurstlar tomonidan taqdim qilingan yerlarga mustaqil tarzda egalik qilar va daromad olardi. XIX asr oxirlariga kelib Leypsig universiteti 18,5 million marka foyda olardi. Universitet kutubxonasida XIX asrning oxirida 438 ming dona kitob va to‘rt ming dona qo‘lyozmalar saqlanardi.

    Leypsig universitetining tashrif qog‘ozi

    Keyingi asrlarda Leypsig universiteti talabalari va professorlari miqdori hamda shahar aholisi soni ham keskin tarzda ko‘payib bordi. XIX asrga kelib universitet Germaniyadagi ilmiy tafakkurning markazi sifatida tanilishga ulgurdi. Universitet maydoni kengaydi, talabalar soni ham ortdi. Universitetda yangi o‘quv binolari paydo bo‘ldi va mashhur Albertina kutubxonasi ham yangi binodan joy oldi.

    XX asrning boshlariga kelib ayollar ham universitetda o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Natijada, universitet talabalari soni 12 ming nafarga yetdi. Nasistlarning hokimiyat tepasiga kelishi natijasida universitet talabalar soni bir ming besh yuz nafarga tushib ketdi.

    Ikkinchi jahon urushida Leypsig universitetining ko‘p binolari yakson qilingandi. Shunga qaramasdan, 1946-yilda Leypsig universiteti qaytadan ochildi. 1953-yilda Leypsig universiteti Karl Marks nomidagi universitetga aylandi. Leypsig universitetida shu davrdan boshlab fakultetlar soni ko‘payishi bilan birgalikda, talabalar soni ham orta boshlaydi. XX asrning 80-yillariga kelib universitetda turli davlatlardan kelgan 40 mingdan ziyod talabalar tahsil olardi. Leypsig o‘ziga xos talabalar shahri nomini ham oldi.

    Tiklangan eski nom

    1990-yilda Germaniyaning birlashuvi voqealaridan so‘ng Leypsig universitetiga avvalgi nomini qaytarib berishdi. Hozirda universitetda 14 fakultet mavjud bo‘lib, ulardan 28 mingini xorijiy talabalar tashkil qiladi. Bu talabalar orasida Xitoy, Vyetnam, Rossiya, Ukraina va Polshadan kelgan talabalar ko‘pchilikni tashkil etadi.

    XX asrning 80-yillariga solishtirganda sobiq Sovet Ittifoqidan kelgan talabalar soni ancha qisqardi. Universitet matbuot kotibi fikricha, buning sabablarini tushunish qiyin emas. Sovet Ittifoqi parchalanib ketdi, Germaniya birlashdi.

    Leypsig universitetining yangi maydoni.

    Leypsig universitetining yangi maydoni.
    Foto: Picture-alliance

    Universitetning bugungi hayoti

    Universitet rasmiy vakili Tobias Xyon nazarida, ayni paytda sobiq sovet respublikalaridan kelib o‘qiyotgan talabalar soni ancha ortdi. Ular Leypsig universitetida iqtisod, kimyo, informatika, matematika va nemis tili borasida o‘z bilimlarini yanada oshirmoqda.

    Universitet bugunda xalqaro talabalarni nimasi bilan o‘ziga jalb qilmoqda? Avvalo, 600 yillik an’analari va udumi xalqaro talabalar orasida tilga tushgan. Bundan tashqari, ayni paytda universitetda 150 ta soha bo‘yicha ham bakalavr, ham magistr darajasini olish imkoniyati mavjudligi ham yutuq hisoblanadi.

    Leypsig bo‘lg‘usi kadrlar uchun o‘z nazariyalarini amaliyot bilan bog‘lash imkoniyatini ham berib kelmoqda. Maks Plank, Leybnits, Fraungofer va Atrof-muhitni himoya qilish markazi kabi tadqiqot institutlari bo‘lg‘usi kadrlarga eng zamonaviy qulayliklarni yaratmoqda. Shuningdek, Leypsig kutubxonasida 1913-yildan beri nashr etilgan kitoblarning betakror jamlanmasi ham talabalarni bu dargohga jalb qilib kelmoqda.

    Nihoyat, universitetda Iogan Volfgang Gyote, Robert Shuman, Rixard Vagner, Fridrix Nitsshe, Gotfrid Leybnits kabi taniqli shaxslarning ham tahsil olgani Leypsig universitetini tanlovchi talaba nomzodlar orasida ancha mashhur. Hozirgi davr siyosatchilaridan Angela Merkel, sobiq Germaniya tashqi ishlar vaziri Gans Ditrix Gensher va Chili prezidenti Mishel Bachelet ham aynan ushbu universitetda tahsil olgan edi.

    Foto: Google Photos

    Leypsig universitetining o‘ziga xos jihatlari:

    • eng qadimgi universitetlardan biri;
    • germaniyadagi universitetlar reytingida yuqori o‘rinda;
    • strategik yo‘nalishlarda tadqiqotlar olib boriladi;
    • 150 ta tadqiqot institutiga ega;
    • xalqaro biznes boshqaruvi dasturlari borasida ta’lim beradi;
    • talabalar almashinuvi dasturlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan;
    • universitetda dinshunoslik, yurisprudensiya, filologiya, pedagogika, sharqshunoslik, iqtisod, kimyo, matematika va informatika, tibbiyot, biotexnologiyalar va psixologiya, fizika hamda veterinariya bo‘yicha kerakli darajalarga ega bo‘lish mumkin.
    Mazkur sohalarni tamomlagan talabalarga bakalavr, magistr va fan doktori kabi ilmiy darajalar berilishi kafolatlangan.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    02.12.2020, 17:11   Izoh (0)   26450
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Koronavirus faolligini so‘ndiruvchi damlama nomi ma’lum bo‘ldi

    22.11.2020, 11:55

    NASA koronavirus sabab sayyoraning qanchalik tozalanganini namoyish etdi (video)

    19.11.2020, 10:00

    Olimlar koronavirus mutatsiyasining vaksinani qabul qilishga kirishuvchanligi kuchli ekanini bildirdi

    16.11.2020, 07:29

    Amerikalik olimlar: “Koronavirus mutatsiyaga uchradi, biroq uning xavflilik darajasi ortmagan”

    14.11.2020, 18:59

    Olimlar koronavirusning eng aniq 3D modelini yaratdi

    12.11.2020, 10:58

    Yaponiyada ko‘rshapalaklarning 7 yil avval olingan biomaterialida SARS-CoV-2’ga o‘xshash virus topildi

    09.11.2020, 08:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda aholining uchdan bir qismi kamida bitta bank kreditiga ega

    O‘zbekiston | 3 iyul, 12:14

    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?

    Reklama | 3 iyul, 12:00

    Dunyo bo‘ylab har soatda yuz kishi yolg‘izlikdan vafot etmoqda — JSST

    Salomatlik | 3 iyul, 11:56

    “Manchester Siti” “Portu” darvozabonini sotib oladi

    Sport | 3 iyul, 11:55

    Nodavlat oliy taʼlim muassasalarining faoliyati takomillashtirilmoqda

    O‘zbekiston | 3 iyul, 11:48

    Saudiya Arabistoni Isroilga uchirilgan Eron dronlarini tutib olgan — OAV

    Dunyo | 3 iyul, 11:28

    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi

    Reklama | 3 iyul, 10:30

    “O‘zgidromet” 4-iyulda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 11:15

    Zelenskiy AQSHdan qurol yetkazib berish cheklangach bayonot berdi

    Dunyo | 3 iyul, 11:07
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.